2. Etnonim va etnooykonimlarning sintaktik usul bilan yasalishi
Ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha atoqli va turdosh otlar ma’nosi, atash
vazifasi bilangina emas, morfologik va yasalish xususiyatlari bilan ham
farqlanadi. Negiz va affiksdan tashkil topgan so’zlarning yasalishi morfologik usul
deyilgani kabi, birdan ortiq negizdan tuzilgan so’zlarning yasalish usuli sintaktik
usul yoki kompozistiya usuli deb nomlanadi. Tilshunoslikda so’z yasashning bu
yo’li so’z qo’shish, negiz qo’shish, morfologik usul, analitik usul, kompozistiya
usuli kabi turli atamalar bilan ataladi
.
Qo’shma etnonimlarning yasalishi tilda so’z
yasalishining eng qadimiy bir usuli bo’lib, u mahsuldorlik jihatidan morfologik
usuldan keyin ikkinchi o’rinda turadi va til lug`at tarkibini boyitishda muhim rol
o’ynaydi.
Sintaktik usul bilan paydo bo’lgan etnooykonimlarning komponentlari
birikma xarakteridan kelib chiqib bir butun holga keladi. Ularning komponentlari
orasidagi semantik munosabatlar o’zgarib bir tushunchani ifodalovchi monolit
murakkab birlik holiga kelib qoladi.
Kompozitsiya usuli bilan etnonim yasash qo’shma etnonimlar yaratish bo’lib,
bunda ikki yoki undan ortiq so’zning qo’shilishi yangi leksik birlik ― etnonimni
hosil qiladi. Sintaktik usul o’zbek tilidagi faol usullardandir. Qo’shma etnonimning
qismlari ayrim so’z tusida bo’ladi: bu birlik shu ko’rinishida boshqa
kombinatsiyalarda o’zak yo negiz vazifasida kela oladi. Lekin bu birlikning ikki
holati ayrim so’zligi va qo’shma etnonim tarkibida kelishi bir-biridan jiddiy farqlar
bilan ajralib turadi.
Qo’shma etnonimlarning ko’pi tashqi ko’rinishi “aniqlovchi-aniqlanmish”
shaklidagi so’z birikmasiga o’xshaydi. Masalan¸
Qoranayman
etnooykonimi
qora
va
nayman
kabi so’z birikmasi va qo’shma so’zdir. Bunda tabiiy so’z ― ikki o’zak
morfemaning birikib ketishidan tuzilgan bir so’z sanaladi, lekin u genetik jihatdan
qaraganda, grammatik aloqaga kirishgan ikki mustaqil so’zdir.
Qo’shma etnonim bir butun leksik ma’no ― bir murakkab tushuncha va
yaxlit shakllanish ― grammatik tuzilishning ham yaxlitligi, fonetik butunlik bilan
xarakterlanadi, demak, u bir so’zdir. Qo’shma etnonimning bir turi tug`ilishi
jihatdan so’z birikmasi bilan aloqador. So’z birikmasi yoki gapning biror jiddiy
fonetik o’zgarishsiz muayyan bir joy nomini ifodalovchi etnonim sifatida
qo’llanishi ― so’zga aylanishi leksikalizatsiya sanaladi. Bu hodisaning turli
ko’rinishlari mavjud:
a) sifatlovchili yoki bitishuv munosabatidagi so’z birikmalarida yuz beradi:
Kattaturk, Oqmang`it
kabilar;
b) qaratqichli yoki moslashuv munosabatidagi birikmaning bu yo’l bilan
etnonimga aylanishi sodir bo’ladi:
Uzunovul
(uzun urug`ining ovuli),
Boyovul
(boyning ovuli).
So’z birikmasidagi kabi qo’shma etnonimlar tarkibidagi birliklar moslashuv,
bitishuv va boshqaruv yo’li bilan birikadi. Bu hodisa tilshunoslikda izofa deb
atalib, uning uch tipi farqlanadi
.
Ko’pgina etnooykonimlar aniqlovchili birikma
(birinchi tip izofa) xarakterida bo’lib, ularning birinchi qismi sifat so’zlardan
bo’ladi. Sifat so’zli etnooykonimlarning quyidagi ko’rinishlarini farqlash mumkin:
1. Etnooykonim asosida yotgan so’z birikmasining birinchi qismi rang
bildiradi:
Sariqqipchoq, Qoramang`it
kabilar.
2. Etnooykonim asos leksemalarining birinchi qismi ob’ektning hajmi va
joylashishini ifodalaydi:
Mingqishloq, Kattaqora
kabilar.
3. Qo’shma etnooykonimlarning birinchi qismi belgi-xususiyat bildiradigan
sifatlardan bo’ladi:
Yomonqang`li, Yomonqo’ng`irot
kabilar.
Etnooykonim sifatida qo’llanadigan so’z birikmasi soddalashuv tufayli biror
joyning doimiy nomi sifatida ishlatiladiganlarigina qo’shma etnonim bo’ladi va
qo’shib yoziladi. So’z birikmalarining soddalashuvi bir qator olimlar tomonidan
turlicha bayon qilingan. Ba’zi tilshunoslar soddalashuv atamasini sintaktik jihatdan
murakkab bo’lgan
toshbaqa, oqqush, olabug`a
kabi so’zlarning jonli nutqda sodda
so’z kabi o’qilishi ma’nosida qo’llagan bo’lsa, boshqalari bu atamaning
dietimologizatsiya ma’nosida, ya’ni yasama so’zlar tarkibidagi morfemalarning
o’zaro zich birikishi tufayli so’zning asli bilan ma’noviy bog`lanishining yoki
etimologik aniqligining yo’qolishi ma’nosida qo’llanishini ko’rsatgan
.
Soddalashuv
natijasida
birikma
tarkibida
qolgan
komponentlarning
grammatik, fonetik va semantik tuzilishida turlicha o’zgarishlar sodir bo’ladi, eng
muhimi, ular orasidagi sintaktik munosabat yo’qoladi. So’z birikmalarining
soddalashuvi ellipsis va fonetik soddalashish qonuniyatlari asosida sodir bo’ladi
.
Bu jarayonning quyidagi ko’rinishlarini qayd etish mumkin:
1. So’z birikmalari, ko’pincha, o’z tarkibidagi ba’zi qo’shimchalarning tushib
qolishi tufayli etnonimga ― qo’shma etnonimga aylanadi. Bunda, asosan, birikma
komponentlari orasidagi sintaktik munosabatni ifodalovchi so’z o’zgartuvchi
qo’shimchalar tushib qoladi:
Qirqovul
(qirqning ovuli),
Bayatkent
(bayat
urug`ining kenti) kabilar.
2. Elipsis usulida yasaladigan qo’shma etnonimlarga asos bo’lgan uch
komponentli so’z birikmalarining birinchi komponenti qaratqichdan boshqa
kelishiklarda bo’lib, qo’shma etnonimga aylanish jarayonida undan ko’pincha
sifatdosh bilan ifodalangan o’rta komponent va u bilan birga kelishik
qo’shimchalari tushib qoladi: Omondara (Omon yashagan dara), Xolturkman (Xol
gilam to’qiydigan turkman) kabilar.
3. Fonetik-sintaktik usul bilan mavjud so’zlardan yangi etnonimlar yasaladi.
Bu usul bilan so’z birikmalaridan qo’shma etnonimlar, ko’pincha etimologik
qo’shma etnonimlar hosil bo’ladi: Avazali oykonimi avar-avыr-avaz-ali-eli kabi
yo’lni bosib o’tgan.
Ba’zi qo’shma etnooykonimlarning qo’shma ot sifatida dastlab etnonim bo’lib
yasalganmi yoki toponimli bo’lib yasalganmi ekanini aniqlash ancha mushkuldir.
Qo’shma tuzilmali etnonim va etnooykonimlar komponentlarning lug`aviy
materialiga ko’ra ham turli tumandir.
«Devonu lug`otit turk» asarida kompozitsiya usulida yasalgan toponimlar
ma’lum o’rinni egallaydi. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1. Ot+ot tipidagi etnotoponimlar:
arab+qishloq, arab+mahalla,
qirg`iz+qo’rg`on, qirg`iz+ovul, turk+qishloq
kabi.
2. Sifat+ot tipdagi etnotoponimlar:
oq+bo’yra, qora+teyit, katta+arab,
qora+sadoq, qora+bog`ish
kabi.
3. Sifat+son tipidagi etnotoponimlar:
qaropchi+yuz, g`anchi+yuz, marqa
+yuz, ulug`+yuz
va boshqalar.
4. Son+ot (sifat) tipidagi etnotoponimlar:
besh+kal, besh+mirza,
etmish+mergan, to’qqiz+bog`
kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |