Sultonova madinaning “Etnonim va etnooykonimlarning o’rganilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari” mavzusidagi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/36
Sana04.04.2022
Hajmi0,67 Mb.
#528095
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
etnonim va etnooykonimlarning organilishi hamda ularning tarixiy-lisoniy asoslari

UCHINCHI BOB. 
«DEVONU LUG`OTIT TURK» ASARIDAGI ETNONIM VA
ETNOOYKONIMLARNING YASALISHI VA GRAMMATIK
TUZILISHI 
Ma’lumki, tilshunoslikda so’z yasalishi alohida bo’lim, soha sifatida
o’rganiladi. Toponimlarning yasalish prinsipi ham so’z yasalishidan farq
qilmaydi. Leksemalar toponimga aylangach, ularda bir qator sifat o’zgarishlari 
sodir bo’ladi. Etnotoponimlarni tahlilga tortganda uning toponimga aylangunga
qadar bo’lgan ma’nosi, so’ngra toponimik ma’nosini farqlash muhim ahamiyatga 
ega. So’z yasalishi strukturasidagi yasovchi-yasalma munosabati
etnotoponimning yasalishi, etnotoponimik ma’no va toponimga aylangunga qadar 
bo’lgan ma’no munosabatlarida aks etadi. Masalan,
Tuyachi, Takali
nomlari 
tahlilida nomning dastavval
tuya+chi, taka+li
tarzida shakllanganligi, asta-
sekin asos bilan qo’shimcha birlashib, o’rtadagi aloqa yo’qolib, 
tuya, taka
ma’nolari unutilgani,
Tuyachi, Takali
kabi yaxlit nomga kelganligini sezish qiyin
emas. Bu toponimlar -chi, -li affikslari bilan hosil qilinmagan, ular so’z 
yasalishining o’ziga xos bosqichini bosib o’tgan. Ushbu usulga leksik-grammatik
harakterdagi usul yoki appellyativ toponimizatsiyalashuv (onomastik konversiya) 
deb qarash mumkin. 
Til yangi tushuncha va tasavvurlar bilan, ularni ifodalashga xizmat qiluvchi 
yangi so’zlar, ya’ni toponimlar bilan muntazam boyib boradi. Shu bilan birga, 
ma’lum vaqt o’tishi bilan til lug`at tarkibidagi, jumladan toponimiyadagi ba’zi 
so’zlar iste’moldan chiqadi yoki ular tilning nofaol (passiv) qatlamiga o’tadi. 
Ikkinchidan, til lug`at tarkibida yuz beruvchi o’zgarishlar tez yuz beradi va ularni 
ilg`ash osondir. Uchinchidan, tilda so’z yoki toponimlarni birdan yaratish va ijod 
qilish, ularning tezda iste’molga kirishi va muvaffaqiyatli qo’llanish hollari 
mavjud
.
Til oldiga qo’yilgan yangi ijtimoiy talablarni qondirishda etnonimiyadagi o’z 
qatlam muhim rol o’ynaydi. Biror yangi tushuncha yoki tasavvurni ifodalash uchun 


til, avvalo, o’z imkoniyatlaridan foydalanadi. O’zida imkoniyat topilmagandagina 
o’zga tillarga murojaat etadi. Mana shu qonuniyatga zid holda boshqa tildan 
olingan etnonimlar ko’p holda keyinchalik o’z birlik tomonidan siqib chiqariladi. 
O’z qatlam o’zlashma qatlamlarga mansub etnonimlarning tilga singishida ham 
muhim rol o’ynaydi. Til o’zlashma qatlamiga oid etnonimlar bazasida yangi 
etnonimlar hosil qiladi va ular o’z qatlamiga mansub bo’ladi.
O’zbek tilining o’z qatlamiga mansub etnooykonimlarning o’zgarishi va 
boyishi ikki yo’l bilan amalga oshiriladi:
1. O’z qatlamga mansub so’zlar, ya’ni turkiy so’zlar bazasida rivojlanish. 
Bunda ikki xususiyat ko’rinadi sof turkiy etnonimlar mavjud bo’ladi va ular 
bazasida o’zbek tilida yangi etnooykonimlar hosil qilinadi.
2. O’zlashma qatlam bazasida rivojlanish. Bunda arab, fors-tojik, mo’g`ilcha 
etnonimlar asosida etnooykonimlar yasaladi.
Etnonimlarning birinchi guruhi o’zbek tilida ko’p asrlardan beri mavjud 
bo’lib, ular o’zbek tili lug`at tarkibining uzviy qismi hisoblanadi. Joy nomlari 
ma’lum hududlarga tarqalgan. Bu nomlar aniq hududning mahalliy nomlari bo’lib, 
til tarixi va dialektologiya sohalari uchun ham nihoyatda qimmatli faktik 
materiallar hisoblanadi. Ular bizni uzoq-uzoq zamonlarga yetaklaydi, o’sha 
zamonlarda yashagan urug`lar, qabilalar, xalqlar, elatlar, ularning tillari, lahjalari 
bilan tanishtiradi. Bunga ishonch hosil qilish uchun «Devonu lug`otit turk» 
asaridagi joy nomlarining paydo bo’lish usullari bilan tanishishning o’zi kifoyadir.
O’zbek tili rivojining butun tarixi davomida o’z ichki imkoniyatlari negizida 
yangi etnonim va etnooykonimlar hosil qilish muhim o’rin tutgan. Buni «Devonu 
lug`otit turk» asaridagi etnonim va etnooykonimlar asosida ko’rib o’tamiz. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish