misralarida tasvirlangan manzarani ko‘z oldingizga keltirib, sinfdoshlaringizga
aytib bering.
4. Ota o‘g‘lini yilning qaysi faslida urushga
kuzatganini aniqlash
mumkinmi?
5.
«Hasharchi — qo ‘shni qiz»
ning holatini izohlab bering-chi. Nega u
«та ’yus odim bosadi?»
6. N ima deysiz, «
Yayov, ko‘ksim ochiq, boshda shaftoli»
satrlarida ifoda
etilgan ota siymosini
«о ‘zbek otasi
» siymosi sifatida qabul qilish mumkinmi?
7. She’ming qaysi bandlarida avlodlararo azaliy davomiylik o‘z ifodasini
topgan?
8. «Sog‘inish» she’rining umidbaxshligi, shoirning kelajakka bo‘lgan
sobit ishonchi to‘g‘risida mulohaza yuriting.
9. «G‘afur G ‘ulom she’riyatida milliy ruh ifodasi» mavzusida uy inshosi
yozing. 0 ‘qituvchingiz yordamida insholar muhokamasini uyushtiring.
Nazariy ma’lumot
QOFIYA
Adabiyotning asosi bo‘lmish badiiy nutqning ikki shakli —
she’riy va nasriy ko‘rinishlari mavjudligini bilasiz. Adabiyotshunos-
laming ta’kidlashicha, she’riy nutq o‘zining kelib chiqishi jihatidan
qadimiyroq hisoblanadi. Buni shu narsa ham isbotlaydiki,
barcha
xalqlar adabiy yodgorliklarining ilk namunalari she’riy yo‘lda bitilgan.
Nasriy asarlar esa nisbatan keyinroq yaratilgan.
She’riy asarlar muayyan bir o‘lchov — vazn asosidagi ritm
(bir xil takrorlanuvchi ohang)ga ega b o ‘ladi. U lar o ‘zining
musiqiyligi, his-tuyg‘ular b o ‘rtm a
shaklda ifodalanishi bilan
o‘quvcliiga tez va samarali ta’sir ko‘rsatadi. Lirik asarlarda muayyan
bir kayfiyatga alohida urg‘u beriladi, ritmik ohang mazmun bilan
uyg‘unlashib ketadi.
Buning yorqin misolini biz G ‘afur G ‘ulom ning «Vaqt»,
«Sog‘inish» singari she’riarida ko‘rdik.
She’r
tuzilishida, uning musiqiyligini kuchaytirishda ohang
hosil qiluvchi va uni kuchaytiruvchi
qoftyaning katta ahamiyati
bor.
Misra yakunida so‘z, qo‘shimcha, ba’zan esa, so‘z birikma-
larining ohangdoshbo‘lib kelishi
she’riy qofiya
deyiladi.
Qofiya lirik
asarning musiqiyligi, ohangdorligi va ta’sirchanligini kuchaytiradi,
asarning yod olinishini osonlashtiradi. She’r o ‘qiganingizda,
yoddan aytganingizda yoki uni tinglaganingizda qofiya misraning
tugaganligidan darak berishini yaqqol his qilasiz:
Boshing egib, ta ’zim ayla, shukrona ayt
Seni guldek erkalagan chaman uchun,
Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
(Iqbol Mirzo)
She’riyatda qofiyaning bir necha turlari mavjud: to ‘liq (to‘q)
va to ‘liqsiz (och) qofiya, unlilar yoki
undoshlar ohangdoshligiga
asoslangan qofiyalar. To‘liq (to‘q) qofiyada qofiyadosh so‘zlaming
tovush tarkibi to ‘la mos keladi: «bahorim — dildorim», «so‘ralar—
m o‘ralar», «yuragimgacha — suyagimgacha» vaboshqalar. To‘liqsiz
(och) qofiyalarda so‘zlaming tovush tarkibi qisman mos keladi:
«dahriy— qahridan», «tutun — Alovuddin» singari.
Qofiyalarning tartibi degan tushuncha ham bor. U she’r
bandidagi misralarning o‘zaro qofiyalanish tartibini anglatadi.