Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134
(betoqatlanub Soraga).
Onajon, bas, ko‘p 
yig‘lamang! Q ulog‘imga yoqmaydi. H amm a ishga o ‘zingiz sabab 
b o ‘ldingiz. Dunyoni suydingiz, ammo joningizdan ortuq farzandingizi 
suymadingiz, m andan ko‘z yumdingiz...
S o r a
(boshlaridan silab, y ig ‘lab).
Jonim bolam, m anda nim a 
ixtiyor bor edi, otang sabab b o ‘ldi, mani o ‘z holimga q o ‘ymadi, 
m an qandoq qilay?..
M a r y a m x o n i m . ...Siz yo‘q deb tursangiz, albatta, otam ham 
biroz qabul qilar edi. Holbuki, siz ko‘proq hazrati eshonni davlatiga 
mag‘rur b o ‘lub harakat qildingiz-da, haqiqiy davlatingizdan ajralmoq 
martabadagi bir holga qoldingiz...»
Maryamxonimning ota-onasi o‘ta faqirlik, noilojlikdan bu ishga 
qo‘l urganlarini asarning ikkinclii pardasida eshon tomonidan 
Maryamxonimning yuziga aytilgan mana bu gaplar ham tasdiqlaydi:
« E s h o n . G apirm a, bezot. Tag‘in qaytaradi-ya! M ani uydagi 
beshov xotinimning qaysi biri sandan xunuk? Alar sandan boyroq 
odamlardi qizi. San bir gadoy kosibdi qizi-ku! Shu bechora holingga 
m uncha noz qilasan! M ani bergan yog‘, birinchim 1 bila ota-onang 
osh ko‘rdi-ku! 
(Bo ‘ynini ко ‘rsatub)
M ani pulim bila b o ‘yning marjon 
ko‘rdi-ku! Tag‘in nimaga noz qilasan?»
1 Birinch —
guruch.


Agar muammo Maryamxonim ota-onasining kambag‘alligi-yu, 
shu sabab qizni eshonga nazr qilib yuborishidagina bo‘lganda, 
uning yechimi topilishi ham mumkin edi. Boshqa bir jiddiy 
muammo Mahmudxonning otasi bilan bog‘liq.
Shu o‘rinda bir muhim holga e’tibor berishimiz kerak bo‘ladi. 
Ya’ni Mahmudxonning otasi Mirzo Hamdamboy sahnada umu- 
m an ko‘rinmaydi. Uning voqealarga munosabatini biz Abdi- 
qodirboyning hikoyasi orqaligina bilib boramiz. Shunday bo‘lsa- 
da, yozuvchi bu odamni «Qatnashuvchilar» ro‘yxatida ko‘rsatadi 
va uning tashqi ko‘rinishi va xarakteriga oid izoh ham beradi. 
Qiziq holat, shunday emasmi?
Yozuvchi farzandlari kelajagi, ulaming baxt-u iqbolini aqchaga, 
soxta obro‘-e ’tiborga, «xalq mani nima deydi» degan bahonaga 
almashgan zamon otalarining tipik qiyofasini ham o‘quvchiga 
tanitib qo‘yishni istaydi. Bu «o‘rta bo‘yli, mosh-birinch soqol, 
qizil yuzli, ro‘zi davlatlik bo‘lsa ham, ilm-ma’rifatdan yiroq kishi» 
lar jaholatga botib yotgan o‘lkaning har yerida topilardi. Mirzo 
Hamdamboyning «shunday obro‘ bilan borub bir bechora kosibdi 
qizini» o‘g‘liga olib bermasligiga ko‘rsatayotgan vajlariga e’tibor 
beraylik: «Axir uning katakdek ko‘hna hovlisi bor, to ‘y qayerda 
b o ‘ladi? X o‘sh, kelgan yor-do‘stlar borub qayerda o ‘lturadi? 
Sharmanda bo‘lamiz-ku!»
Qarang: yosh, aqlli, farosatli farzandlaming ko‘ngli, ularning 
istak-xohishlari, orzu-um idlari, baxt-u iqboli to ‘g‘risida bir 
chimdim o‘y-fikr yo‘q, valiima qilinayotgan «tashvish»— to ‘yga 
«kelgan yor-do‘stlar borub qayerda o‘lturishi»...
Mirzo Hamdamboy «olti yildan baqqa qancha pullar sarf qilib» 
o ‘g‘lini nega, nim a maqsadda o ‘qitganini ham o ‘zi deyarli 
tushunmaydi. Farzandining dunyoni tanigani, odamni tanigani, 
yaxshi-yomonni farqlab, millat dardi bilan yashaydigan inson 
bo‘lib yetishgani uning uchun sariq chaqalik ahamiyatga ega emas. 
Uning uchun o‘g‘lining «mulla bo‘lub qilib beradigan foydasi» 
boshqacha bo‘lislii kerak edi.
Asarda otalar va bolalar o‘rtasidagi ziddiyat faqat shu bilan 
cheklanmaydi. Ulaming diniy e’tiqodga bo‘lgan munosabatlari 
o ‘rtasida ham yer bilan osmoncha farq ko‘ramiz. Bu jihatdan 
eshonning qilmishlari, mog‘or bosib ketgan qarashlari tomoshabirining 
nafratini qo‘zg‘aydi. U o‘ziga «man hazrati eshon-a, kattadan-kichik, 
boydan kambag‘algacha mani ko‘rsa o‘rnidan turadi-yu, mani 
kavshlarimni ko‘zlariga surkab tabarruk qilishadi...» deyabaho bersa-


da, M aryamxonim bilan b o ‘lgan m unozarada kuchi baqirish- 
ga-yu, ojizani yerga urishga yetadi, xolos:
« E s h o n
(g 'a za b bila).
S h a ria t b u y u rs a , n im a q ila - 
s a n ?
M a r y a m x o n i m
(hamon yig‘lab-yig‘lab).
Shariat zolim emas, 
xoin emas. Shariat mandek bir sag‘ira mazlumani san kabi bugun- 
erta o ‘lim egasi b o ‘lgan noinsof cholga hargiz buyurmas. Shariat 
ham aw al mani qabul qilmog‘im bila buyuradi. N ikoh tarafaynning 
ijobi qabuli bila nikohi halol b o ‘lur...
E s h o n . O ta-onang bergan. Az ro ‘yi shariat, im om nikoh qilgan. 
U lar sanchalik bilmaydimu?
M a r y a m x o n i m
(hamonyig‘lab, qo‘lin siltab).
Dedim-ku, otam, 
onam johil, dunyoparast, molparast. Im om lar ham shul. Shariat 
boshinda turuvchilarga oqcha b o ‘lsa b o ‘lur. Bir sohibi taqvoyi zohid 
eshon sanmi, sanmi? Boshqasi n im ab o ‘ladi endi. Hammang qiyomat- 
da janobi haqga m as’ulsan.
E s h o n
(nihoyatda g'azab bila).
M an sani bila masala talashgani 
olganim yo‘q, tur deyman!..»
(Dramaning ikkinchi pardasidan)
Aslida, Mahmudxon va Maryamxonim ham dunyoviy, ham 
diniy bilimlami obdan egallagan, o‘z oldilariga «zulmatda qolmish 
bu millatni, vatanni biri quyoshi, biri mohtobi bo‘lib yorutishni» 
maqsad qilib qo‘ygan juvonmardlar edilar. Afsuski, johillikka to ‘la 
muhit bu ikki go‘zal vujudni, bu ikki dilbar qalbni juvonmarg 
qildi.
Hamza Hakimzoda Niyoziyning bundan bir asr muqaddam 
yaratilgan «Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari» asarida 
ko‘tarilgan muammolar u yoxud bu shaklda bugun ham yuzaga 
qalqib chiqib turibdi. Odamlarga jamiyatdagi mavqeyiga, mol- 
dunyosiga, zari va zo‘riga qarab muomala qiladiganlar, din niqobiga 
kirib olib, o‘rta asrlar jaholatini yoymoqchi bo‘layotganlar, mu- 
sulmon ayollariga past nazar bilan qarovchi kimsalar hamon topilib 
turadi. Hamzaning bu asari inson qalbi, erki va orzu-intilishlari 
bilan hisoblaslimaydigan, hamma narsaga o‘z qarichidan kelib 
chiqib baho berishga o‘rgangan m a’rifatsiz kishilami tanib, bilib 
olishimizda bizga doimo yordamga keladi.



Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish