Savol va topshiriqlar
1. «Vaqt» she’rida kapalakumri nega g‘uncha ochilguncha o‘tgan fiirsatga
tenglashtirilyapti?
2.
«Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda о ‘z kurrasidan
Yasab chiqa oluryangidan jahon...»—
satrlarida ifoda qilingan ilmiy haqiqatni boshqa fanlardan olgan bilimlaringiz
yordamida ochib berishga harakat qiling.
3. Shoir «
Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram...»
deydi. Shu fursat
insonui yana ne ko‘ylarga solishi mumkin?
4.
«Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so ‘raydi qadrin», —
degan chaqiriq bugun qanday yangraydi? Siz «bu da’vatning menga ham
daxli bor», deb o‘ylaysizmi? 0 ‘ylasangiz, unga javoban nimalar qilmoqdasiz?
5. U mr daliarini bezashi mumkin bo‘lgan shoh satrlar nimalar bo‘lishi
mumkin? Sizning umr daliaringizga birorta shunday satr tushdimi?
6. «Vaqt» she’rini o ‘qishli qilib turgan eng muhim jihatlar nimalarda
aks etgan, deb o‘ylaysiz? Fikringizni misollar bilan tushuntiring-chi.
7. Xalqimizning uzoq va yaqin o‘tmishidan «tarixiy lahzalar»ga misollar
toping.
8. Sizningcha, lahza insonni, voqeani abadiyatga daxldor qiladimi yoki
inson lahzaga shunday qismat bag‘ishlaydimi? Bu savolga javobni
sinfdoshlaringiz bilan birgalikda topishga harakat qiling.
9. G ‘afur G ‘ulomning «Vaqt» she’rini, albatta, yod oling. Uni keyingi
hayotingizda ham tez-tez eslab turishga, unda aytilgan haqiqatlarga amal
qilishga harakat qiling.
SOG‘INISH
Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek,
Intizor ko'zlarda halqa-halqa yosh.
Eng kichik zarradan Yupitergacha
О‘zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.
Uzilgan bir kiprik abad yo'qolmas,
Shunchalar mustahkam xonai xurshid,
Bugun sabza bo‘ldi qishdagi nafas,
Hozir qonda kezar ertagi umid.
Xoki anjir tugab, qovun g‘arq pishgan,
Baxtli tongotar chog‘ uni kuzatdim,
Bir mal’un gulshanga qadam qo‘ymishkan,
Joni bir jondoshlar qolarmidi jim.
Unda yetuk edi meros mard g‘umr,
Ostonani o‘pib, qasamyod qildi.
Ukalarin erkalab o'zimday mag‘mr,
Ya’ni obod uyimni u dilshod qildi.
Iblisning g‘arazi bo‘lgan bu urnsh
Albatta, yetadi o'zin boshiga.
0 ‘g‘lim omon keladi, g'olib, muzaffar,
Gard ham qo'ndirmasdan qora qoshiga.
Ne qilsa otaman, meros hissiyot...
Jondan sog'inishga uning haqqi bor,
Kutaman uzoqdan ko‘rinsa bir ot,
Kelayapti, deyman ko'rinsa g‘ubor.
...Kechqumn osh suzsak, bir nasiba kam,
Qo‘msayman birovni — allakimimni.
Doimo umidim bardam bo‘Isa ham,
Ba’zan vasvasalar bosar dilimni.
Balki bir g‘alat o‘q yo xavf-u xatar
Xazinai umrimdan yo‘qotdi olmos...
Yo‘q, u o'lmas, qadami olam yaratar,
Hayotiy bu olam siz-u bizga xos.
Tong otar chog'ida juda sog‘inib,
Bedil o'qir edim, chiqdi oftob.
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
Pok-pokiza yurak bir qatra simob.
0 ‘rog‘-u gulqaychi, istak ko‘tarib,
Hovrimni bosishga boqqa jo'nadim.
Hasharchi qo‘shni qiz — uning sevgani,
Ma’yus bosar edi orqamdan odim.
...Dur bo‘lib taqilar yoring bo‘yniga,
Sadafday ko‘zimda behuda bu yosh,
Ikkoving ikki yosh, labing labiga
Qo'yar. Vasvasamdan kuladi quyosh.
...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni
0 ‘zing to'qib ketgan katta savatda
To'latib shaftoli uzib chiqaman,
G ‘alaba kunlari yaqin albatta.
Yayov, ko‘ksim ochiq, boshda shaftoli,
Xuddi mo‘ylovingdek mayin tuki bor.
Har bitta shaftoli misoli kulgu,
Shafaqday nimpushti, sarin, beg‘ubor.
Suyganing labida reza ter kabi,
Unda titrab turar sabuhiy shabnam.
Munchalik mazani topa olmaydi
Uyquda tamshangan chaqaloqlar ham.
Ye, o'g'lim, jonginang salomat bo‘lsin,
0 ‘z bog‘ing, o‘z mevang danagin saqla.
Shu meros bog'ingni o‘z qo'lingga ol,
Menga topshirilgan merosiy haq-la.
Bog‘da tovus kabi xiromon bo'lib,
Umid danagini birga ekingiz.
G'olib kelajakni sayr qilaylik
Mushfiq onaginang bilan ikkimiz.
1942
Siz «o‘zbek onasi» degan ibora anglatadigan mazmun-mohiyatni,
har qalay, yaxshi anglaysiz. Uni eshitganingizda farzandi uchun
jonini berishga tayyor, butun fikr-zikri bolasining baxt-u iqboliga
qaratilgan munis ayol qiyofasi ko‘z oldingizda gavdalanadi.
Yaxshi bilasizki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashab-
busi bilan poytaxt Toshkentdagi Mustaqillik maydonida Ikkinclii
jahon urushi qurbonlari xotirasiga so‘lim xiyobon barpo etilgan.
0 ‘zbekona ayvonlar bilan o‘ralgan Xotira xiyobonining to ‘rida
urushga ketgan bolasini intizor kutayotgan ona siymosi gavda-
lantirilgan. « 0 ‘zbek onasi» tushunchasining ko‘z o‘ngimizda aniq
reallashuvida bu siymo beqiyos rol o‘ynaydi.
Endi shunga yaqin boshqa bir tushuncha to ‘g‘risida o‘ylab
ko‘raylik. Bu — «o‘zbek otasi» tushunchasidir.
Albatta, bu iborani esliitisliingiz bilan ko‘z oldingizda o‘z padari
buzrukvoringiz siymosi gavdalanishi bor gap. Otangizning Sizga
b o ‘lgan e ’tibori, Sizni boqib katta qilish yo‘lida qilayotgan
m ehnatlari, kun-u tun oila tashvishlari bilan band yurishi...
bulaming bari mana shu tushunchada jamuljamdir.
Biroq «o‘zbek otasi»ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun
tanish, yaxlit siymosini aynan G ‘afur G ‘ulom hozirgina o‘qiganimiz
«Sog‘inish» she’rida aks ettirgan desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu she’rda otalarimizga xos bo‘lgan jamiki fazilatlar o‘zining
yorqin ifodasini topgan. Ulaming samimiyligi, jonsarakligi, har
doim ham oslikor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhabbati,
kuzatuvchanligi, tantiligi, andishasi... barcha-barchasi shu she’rda
nam oyonbo‘ladi.
Asar misralari ichra umshga ketgan o‘g‘lidan bir mujda — nedir
yaxslii xabar kutayotgan Otaning bezovta yuragi gupillab urib turibdi.
Uning ko‘ngliga goh vahima-vasvasa ko‘lanka soladi. Atrofga har kuni
yuzlab «qoraxat» qo‘nayotgan tahlikali kunlarda bu bezovtalikka,
albatta, o‘rin bor —
«Ne qilsa otaman, meros hissiyot...»
K o‘pchiligingizga sog‘inch hissi hozircha bir qadar uzoqroq
bo‘lishi tabiiy. Negaki, hozir ota-onangiz, aka-ukalaringiz yonida-
siz — har kuni ularni ko‘rish, diydoridan bahramand b o ‘lish
imkoniyatingiz bor. Lekin harbiy xizmatdami, uzoqroq xizmat
safaridami bo‘lgan otangiz yoki boshqa qarindoslilaringiz suhbatiga
quloq solsangiz, ular uyni, yaqin qarindoshlami, Vatanni qan-
chalar qo‘msaganliklarini liikoya qilishadi. Ayniqsa, tunlari oyga
qarab, «uyimdagi ota-onam ham uni ko‘rishayotgandir, men ham
qarab turibman, demak, bir-birimizni ko‘rgandek bo‘lyapmiz», —
degan ilinj mana shu sog‘inch taftini, biroz bo‘lsa-da, bosadi...
«Sog‘inish» she’rining lirik qahramoni — Otaning sog‘inchi
shunchalar zo‘rki, u har bir narsadan umidlanadi, najot so‘rab
to quyoshga qadar zorlanadi:
Eng kichik zarradan Yupitergacha
О‘zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.
She’rning:
Tong otar chog‘ida juda sog‘inib,
Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
Pok-pokiza yurak bir qatra simob, —
degan bandiga e’tibor bering. Nima uchun Ota sog‘inch o‘rtagan
paytlari aynan Bedilni o‘qiydi? Nega uni o‘qigach, «loyqa xayolotlar
chashmaday» tinadi?
Gap shundaki, asli nasli turkiylardan bo‘lgan fors shoiri Bedil
she’riyati o‘zining falsafty chuqurligi, o‘quvchini o‘tkinchi dunyo
g‘am-tashvishlaridan yuqoriroq turib ftkrlashga undashi bilan ajralib
turadi. Bedil mutolaasi Otaga abadiy haqiqatlardan, o‘lmas va yuksak
tuyg‘ulardan saboq beradi. A bdulqodir Bedil she’riyatida,
jumladan, shunday misralarni ucliratamiz:
Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy,
Agar otash furu aftad baxokistar dehad jaro...
(
Mazmuni
:
Zolimning maqomi — qudrati, zulmi oxir-oqibat zaiflashib,
kuchdan qoladi. Lovullab yonayotgan olov ham bir kun kelib kulga aylanadi.)
Endi bu fikming G ‘afur G ‘ulom she’ridagi ifodasiga e’tibor
beraylik:
Iblisning g‘arazi bo‘lgan bu urush
Albatta, yetadi o'zin boshiga...
Bedilning Otaga — shoirga bergan daldasi, yupanchi, loyqa
xayolotlarini chashmaday tindirislii shu emasmi?
Aytadilarki, shoirlar yarim avliyodirlar. Bu qaraslining naqadar
to‘g‘riligini G ‘afur G ‘ulornning «Sog‘inish» she’ri ham to‘la isbotlaydi.
Qarang, bu she’r 1942-yilda yozilyapti. Urushning tugashiga
hali uch yil bor. 0 ‘zbek otasi esa:
...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni,
0 ‘zing to'qib ketgan katta savatda
To'latib shaftoli uzib chiqaman,
G'alaba kunlari yaqin albatta, —
deydi. Urush esa 1945-yilning mayida tugagan, unda tirik qolgan
jangchilar ayni shaftoli pisliig‘ida uylariga qayta boshlaganlar...
Xulosa qilib aytganda, G ‘afur G ‘ulomning «Sog‘inish» she’ri
nafaqat urush davri va nafaqat o‘zbek she’riyati, balki insoniyat
badiiy tafakkurining eng yuksak cho‘qqilarida turishga arzigulik,
o‘zida eng pokiza insoniy liislami badiiy mukammal tarzda mujassam
etgan noyob badiiy asardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |