Savol va topshiriqlar
1. G ‘afur G ‘ulomning bolalik va o‘smirlik yillari qanday sharoitda
kechgan?
2. Adibning qaysi asarlarida bolalik davri voqealari yoritilganini eslang
va hikoya qilib bering.
3. «Senyetim emassan» she’ridagi:
«Yetimlik nimadir, bizlardan so‘ra,
0 ‘ninchi yillarning sargardonligi,
Isitma aralash qo‘rqinch tush kabi
Xayol ko‘zgusidan o ‘chmaydi sira...»—
kabi satrlarda shoir qanday armonlarini ifodalagan edi?
4. Shoiming dastlabki she’riy to ‘plamlaridagi yutuq va kamchiliklar
nimalardan iborat bo‘lganini o‘qituvchingizdan so‘rab bilib oling.
5. Insoniyat urushni nima uchun qoralashini mulohaza qilib ko‘ring.
Fikringizni misollar bilan asoslashga harakat qiling.
6. G ‘afur G ‘ulomning urushga, fashizmga bo‘lgan nafrati qaysi
she’rlarida, ayniqsa, kuchli namoyon bo‘lgandi?
7. G ‘afur G ‘ulom asarlari asosida qanday spektakllar, kino va video-
filmlar yaratilganini bilasizmi?
8. Adib va uning zamondoshlari boshidan o‘tkazgan davr sinovlarini
qanday misollarda ko‘rsatish mumkin?
9. G ‘afur G ‘ulom xotirasi va adabiy merosiga bugungi munosabat
to ‘g‘risida sinfdoshlaringizga gapirib bering.
10. Maktabingizda G ‘afur G ‘ulomga bag‘ishlangan qanday tadbirlar
o ‘tkazilgan? Bu tadbirlarda Siz ham ishtirok etganmisiz? Ularning yuqori
saviyada o‘tishiga nima bilan hissa qo‘shgansiz?
VAQT
G ‘uncha ochilguncha o‘tgan fiirsatni
Kapalak umriga qiyos etgulik,
Ba’zida bir nafas olgulik muddat
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik.
Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o‘z kurrasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.
Yarim soat ichida tug'ilib, o‘sib,
Yashab, umr ko‘rib o‘tguvchilar bor.
Ko‘z ochib-yumguncha o‘tgan dam — qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.
Bir onning bahosin o'lchamoq uchun
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning
Barini tutolmas ayhannos ovoz.
Yigit termiladi qizning ko'ziga,
Kiprik suzilishi, mayin tabassum...
Qo‘sha qarimoqqa m uhrbo‘ladi
Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.
Yashash darbozasi ostonasidan
Zarhal kitob kabi ochilur olam,
Tiriklik ko‘rkidir mehnat, muhabbat,
Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram.
...Reyxstag ustiga g‘alaba tug‘in
Qadashda otilgan jangchining o‘qi
Yalt etgan umri-la barqaror qildi
Basharning muqaddas, oliy huquqin.
G ‘alaba amri-la mag'lub nemisning
Generali qo‘l qo‘ydi. Uch sekund faqat...
Shu mal’un imzoda odamlar o‘qir
Million yil fashistning umriga la’nat.
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so'raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq onidir umr daftarin.
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma’badin yoqmoq shart emas.
Ko‘plarning baxtiga o‘znikin jamlab
Shu ulug‘ binoga bir g'isht qo‘ysak, bas.
Har laliza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal.
Umrdan o‘tajak har laliza uchun
Qudratli qo‘l bilan qo'yaylik haykal.
Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
1945
Urushda qozonilgan g‘alaba to ‘g‘risida har kim har xil yozishi
tabiiy hoi. Kimdir bu g‘alabani ko‘tarinki ohang, ko‘tarinki so‘z
bilan ifoda qiladi. Kimningdir icliiga sig‘magan quvonclii g‘alabani
olqislilash shaklida qog‘ozga to ‘kiladi.
G ‘afur G ‘ulom ijodiy tafakkuriga faylasufona mulohazakorlik,
kichik tuyulgan hayotiy detallardan katta umumlashmalar yasay
olish xos edi. Bu noyob fazilatlar shoiming 1945-yilda fashizm
ustidan qozonilgan g‘alaba munosabati bilan yozgan «Vaqt» she’rida
yaqqol ifodasini topdi.
Shoir mazkur she’rda lahza(sekund)ning mohiyatiga nazar
tashlaydi.
D arhaqiqat, yuzaki qaraganda, lahza nima? K o‘z ochib
yumguncha o‘tadigan fursat. G o‘yo e’tiborga, diqqatga arzimaydi.
0 ‘z umrini poyonsiz deb o‘ylaydigan aksariyat odamlar uchun
lalizaning sariq chaqalik qimmatibo‘lmasligi ham mumkin. Biroq...
Biroq shoir ijodiy tafakkuri butun insoniyat hayoti — uning
quvonch-u tashvishlari, hatto qismati ham mana shu lahzalarga jo
ekanini favqulodda misollar bilan isbotlab beradi:
Bir onning bahosin o'lchamoq uchun
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Hayotning abadiy qonuniyatlarini anglagan, liis qilgan odam
uchun behuda lalizaning o‘zi yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas.
Zero, inson necha yil umr ko‘rishidan qat’i nazar, bu umming
asosini mana shu lahzalar tashkil qiladi. Buyuk qahramonliklar
ham, isnodli sharmandaliklar ham ayni lahzalar oralig‘ida ro‘y
beradi. 0 ‘zini, o‘zligini unutgan odam bir lahzada yo‘l qo‘ygan
xatosi, qo‘rqoqligi, sliijoatsizligi tufayli umrbod yuzi qora bo‘lib
qolishi hech gap emas. Va aksincha, Amir Temurdek, Jaloliddin
Manguberdidek, Bobur Mirzodek bobolarimizning shon-shavkati
aynan bir lahzada qabul qilgan qat’iy qarorlari, biror lahza unutma-
ganlari — yurtga sadoqatlari tufayli abadiyatga daxldor bo‘ldi.
Endi ayting-chi, ular kabi j o ‘m ard insonlarning um ri,
faoliyati, millat taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini oltindan yasalgan
tarozi-yu olmosdan qilingan tosh bilan o‘lchab bo‘ladimi?!
G ‘alaba amri-la mag‘lub nemisning
Generali qo‘l qo‘ydi. Uch sekund faqat...
Shu mal’un imzoda odamlar o'qir
Million yil fashistning umriga la’nat.
Yanagi o‘quv yilida Siz Ikkinclii jahon urushining barcha
tafsilotlari, u keltirgan kulfatlar to ‘g‘risida batafsil m a’lumot olasiz.
Hozir esa shuni eslatib o‘tamizki, insoniyat tarixidagi eng dahshatli
hodisa bo‘lgan bu urush 50 milliondan ortiq kishining umriga
zavolbo‘ldi. Minglab shahar va qishloqlar, Yevropa, Afrika, Osiyo
qit’asining eng noyob madaniy yodgorliklari shu urush olovida kuyib
kulga aylandi. Qanchadan-qancha bolalar o‘z ota-onalaridan, ota-
onalar esa farzandlaridan ajrab, hayotlari sarson-sargardonlikda o‘tdi.
Bu urush yetkazgan jarohatlar o‘mi hali-hamon bitgani yo‘q. Hali-
hamon Yaponiyaga tashlangan atom bombalarining zahri avlodlar
tan-u joniga, atrof-muhitga ozor bermoqda...
Holbuki...
Holbuki, fashizmning o‘z mag‘lubiyatini tan olib, german
armiyasining so‘zsiz taslim bo‘lishi to ‘g‘risidagi hujjatga imzo
chekishi uchun uch sekund vaqt talab qilindi, xolos. Biroq shu
uch sekundga yetib kelish insoniyatga qanchalar qimmatga
tushganini bir tasavvur qilib ко‘ring-a.
Darvoqe, 1939-yil 1-sentabrda Ikkinclii jahon urushini bosh-
lash — Polshaga hujum qilish to ‘g‘risidagi qaromi qabul qilishga
ham, balki uch sekund kifoya qilgandir.
Shoir dunyoda shuhrat qozonmoqning yo‘llari ko‘p ekani,
biroq bu yo‘llaming biri odamni sharmandali shuhratga olib kelsa,
boshqasi abadiyatga olib borishini quyma satrlarda eslatadi:
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma’badin yoqmoq shart emas...
Darhaqiqat, o‘z davrining buyuk mutafakkirlari goh ilm-fan,
goh san’at, goh falsafada ulkan natijalarga erishayotganidan ichi
kuygan Gerostrat degan kimsa odamlar uni ham doimiy yodlab-
yo‘qlab turishlarini xohlab qoladi. Bunga arzirli biror ish qo‘lidan
kelisliiga ko‘zi yetmay, ulkan buzg‘uncliilik, vahsliiylikka qo‘l uradi.
Dunyo arxitekturasining noyob namunalaridan biri bo‘lgan Diana
m a’badi — ibodatxonasiga o‘t qo‘yadi. Qarabsizki, hali-hamon
Gerostratning nomini ham insoniyat eslashga majbur.
Lekin bu eslov-yo‘qlovning qimmati va ahamiyati qanchalik?
Hamma gap mana shunda!
Shukrki, insoniyatga xotira degan ulkan saboq — xazina ato
etilgan. U o‘zining baxt-u iqboli yo‘lida kurashgan ulug‘lar bilan
birga, odamzod tirikligiga xavf-u qo‘rqinch solgan yovuz kimsalami
ham unutmaydi. Ularning qilmishlari takrorlanisliidan ogoh turadi.
Faylasuf shoir G ‘afur G ‘ulom o‘zining m o‘jazgina asari —
«Vaqt» she’ri bilan lahzaga abadiy haykal qo‘ydi, deb bemalol
aytsak bo‘ladi! Bu she’r bag‘riga jo bo‘lgan mantiq va m a’no, san’at
va sayqal ko‘lamini anglamoq uchun, qarangki, asrlar talab
qilinmoqda. Chinakam she’riyatning, adabiyotning m o‘jizaviy
qudrati, balki mana shundadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |