Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134
( x o ‘b, deb ketar.
Mahmudxon hamon tizzasiga urub).
Eh, johil otalar, johila onalar, 
man orzu-havasni nima qilay? Orzu-havas o‘zimning istaganimdan 
boshqa nimarsa emas.
Biroz sukut qilub turar. Bu orada M a r y a m x o n i m kelub, eshikni qiya 
qilib qarab turar. Mahmudxon xabarsiz.
Man orzu-havasni nima qilay, suyganim bolmagandan keyin manga 
ming orzu — bir qora chaqa, balki manga zahar, o‘lim, aza 
(birozgina
to
‘xtab
).
Man boy qizini nima qilay? Ho, o‘zimni endigina jaholatdan 
qutqazgan vaqtda yana bir johilaga, ro‘dapoga umrdosh bo'lamanmi? 
Manga hayot kerak, hayot uchun eng ko‘nglim istamish maqsad 
kerak, u maqsad esa 
(bosh qimirlatub)
Maryamxonimdan boshqa 
emas, boshqa emas...
Oh, oning manga shirin-shirin yozmish maktublari 
(yugurub turub
stol g ‘aladonidan bir dona maktubni kelturub ochub).
Mana, mana 
buni yozmish maktublariga qara, birinchisi bu 
(birinchi maktubni
о

qir):
«Ardoqli millatim, g‘unchai muhabbatim, suyukli afandim 
Mahmudxon!..
Afandim, durust, man faqira eski maktabdagina tahsil etdim, 
lekin har bir millat va insoniyat, hayot masalalarin borin siz orqali 
tonidim... Gazeta kabi hayoti milliya ochqichlari-da1 sizning
1 Hayoti milliya ochqichlari —
m illat, xalq hayotini ochib, ko'rsatib beruvchi.


harakatingiz orqali banim qo‘lima tushdi. Demak, bu endigi maktu- 
bim awalg‘i maktublardan emas, balki chin ko‘nglum, sof qalbim 
sahifasi deb bilursiz, vassalom. Ikkinchi muddao, afandim, emdi 
tezdan ijtihod etingizki, ikkovimiz elimizni, zulmatda qolmish bu 
millatni, siz quyoshi bo‘lganda, man mohtobi bo‘lub, qorong‘u 
vatanni yorutaylik. Siz-da, erlarimizning holidan, ban mazluma 
oilalarimizning holidan gazetalarga yozushub, bir-birlarimizi ogohlan- 
turaylik.
Garchi siz tijoratda bo‘lsangiz-da, chin maqsudingiz bo‘lgan qizlar 
maktabi ochaylik, ban1 ma’naviy, siz moddiy xizmatda bo‘ling, qadrsiz 
hamshiralarimizning2 kasod o‘lmish bozorlarini ilm nuqudi3 bila 
ko‘tarishaylik, chin yashaylik, kelajakdagi avlodlarimizni mozorimizga 
borub, erlari sizga, qizlari bizni qabrimiz uzasina4 oq, qizil gullar 
sochub, Qur’on o‘qub, ruhlarimiz olqishlarlik darajada bir xizmat- 
larni maydonga qo‘yaylik. Afandim, man garchi zohirda5 bir kosib 
qizi, ammo sizing yordamingiz bila millat qizi o‘lub ma’nan ma’rifat 
va milliy xizmat bilag‘inaman...
Demak, orzu-havas o‘lsa-o‘lsun, milliyat, insoniyat o'lmasun. 
Xayr, xayrixohi milliy g‘amdoshingiz 
Maryamxonim zikriya». (M ah­
mudxon tizzasiga qo ‘lin urub.)
Oh, mana, mana bu maktub qanday 
laziz hayot beradi. Man qaysi vijdonim bila mundin yuzimni o‘gi- 
rayin, moshaollo. Bu maktubni har biri manga ming boy qizidan 
suyuklumasmi?.. Turkistonda asrlardan beri endigina yetishgon millat 
joriyasi qanday ruhlar bermoqda! Oh, man bu mal’un foniy davlatga 
mag‘m r bo‘lub ma’naviy davlatdan nechuk qolay? 
(Mahmudxon
birinchi maktubni q o ‘yniga solub, ikkinchi maktubni ochib к о ‘rub,
ch o ‘chib turub)
Oh, man ta’xir qilubman-ku. Maryamxonim kut- 
moqchi ekan, man to‘xtab qolubman-ku 
(xatlarni q o ‘yniga oshig'ub
solub, orqasiga qaramoq barobar, Maryamxonim eshikni ochub, boqib
turar. Mahmudxon yugurub borub salom ila qo ‘lin о ‘pub).
Buyuring, 
xonim afandim 
(olib kelub, kursiga o ‘tqazur-da, o ‘zi
).
Xonim, man 
chiqub, eshikni kishi qo‘yub poylatub kelay.
M a r y a m x o n i m
(M ahm udxon q o ‘lindan ushlab o ‘p u b).
Afandim, man kelganimga uzoq vaqt bo‘ldi, tez qaytaman.
M a h m u d x o n . Xo‘b, jonim, mabodo bir kishi xabarsiz 
kelmasun 
(chiqub ketar).
M a r y a m x o n i m
(y o lg ‘uz, kito b la rn i va boshqa jo y la r n i
ко ‘rsatub).
Oh, shirin hayot, chin yo‘ldosh bunday har bir jihatdan 
komil, fozil inson bo‘lsa. Afsus, faqira, bechoraman 
(yurub turar).
1Bart —
men.

Hamshiratarimiz —
qizlarimiz, ayollarimiz.
3 Nuqudi —
kuchi, yordami.
4 Uzasina —
tepasiga, uzra.
5 Zohirda —
tashqi jihatdan.


M a h m u d x o n kelur.
M a h m u d x o n
(kursiga taklif qilub).
Nechuk, xonim afandi, 
taklifsizgina tashrif etdingiz?
M a r y a m x o n i m
(o 'tir u b ) .
He ch taklifga ehtiyoj- 
siz! M uhabbatm i, boshqam i, yaqinlardan beri q o ‘rqinch- 
li bir tush k o ‘ram an. Xavflanub bir fursat q ild i-d a, 
k o ‘rgim keldi. Aziyat k o ‘rm asangiz, hech gap y o ‘q.
M a h m u d x o n
(turub).
Bosh ustina, xonim afandi. Na aziyat
marhamat emasmi?! Tushni, baningcha, e’tibori yo‘q, lekin...
Sukut.
M a r y a m x o n i m
(qo'rqubroq).
Afandim, sukut etdingiz?!
M a h m u d x o n
(ro ‘molchasin olub, k o ‘zyoshin artub).
Xonim 
afandi, oh, ikkimizga bir uqubat borga-da o‘xshaydi.
M a r y a m x o n i m
(cho‘chib, Mahmudxon qo'lini tutub, oshiqub).
Nima, nima? Uqubat?!
M a h mu d x о n 
(qo ‘lini tutub).
Qani til, oni sizga aytmakka, jonim!
M a r y a m x o n i m
(ham on yo lin u b ).
Men eshitub turgan 
so‘zlarimdangina emas, dedim-ku, ko‘rgan tushlarimdan-da xavflangan 
edim. Ayting, nima xabar ekan? Nima so‘z?
M a h m u d x o n . Endi o‘zim ham aytmoqqa majburman, lekin 
ko‘nglim bo‘lmaydi.
M a r y a m x o n i m
(yig‘lamsirab).
Yo‘q, ayting.
M a h m u d x o n . Man kecha bir kishini otamga yuborgan edim. 
Ul kishi so‘zicha, otam qabul qilmagan emish. Mayli endi ul qabul 
qilmasa, qiyinlik bir tarafda ekan, iloji oson edi. Endi sizning tarafda 
bir mushkul borki, har bir narsadan u masala og‘ir.
M a r y a m x o n i m . Xayr, afandim, nima ekan?
M a h m u d x o n . Sizni ota-onangiz hazrati eshonga nazr qilmish 
ekanlar 
(Maryamxonim cho'chur).
Ehtimol shu oylar orasinda to‘y 
o‘lur ermish 
(Maryamxonim yana cho ‘chub tushar, manglayin tutar).
Endi man esa, bu to ‘g‘rida ko‘p og‘ir o‘yga qoldim 
(tobctar, har
ikkilari y ig ‘Iab tobctar).
M a r y a m x o n i m
(b ir o z d a n k e y in ) .
A fandim , sizsiz 
dunyoda bir kun turm og‘imdan manga o ‘lim yaxshimasmi? 
M an 
( y i g ‘la b )
hech bi r vaqt qabul qilm asm an! Q o‘lim - 
dan kelgan qadar o ‘zi mni ul zolim q o ‘lid an qut qaza 
olurm an. Jonim , gap sizda. Siz-da o ‘z v a’dangizda qaror 
etsangiz, albatta, man jon boricha harakatda bo‘lurman 
(yig‘lar).
M a h m u d x o n . Jonim, man sizdan-da, ortuqdarajada, dunyoda 
sizsiz tura olmam. Bugun sizdan ajralmoq ma’lum bo‘lur ekan, bu 
kunning o‘zidagina o‘z-o‘zimni halok etarman. Jonim, menga sizsiz


hayot — zahar. Mandan amin bo‘lingizki, bugundan boshlab man 
harakatda bo‘lurman. Siz-da, albatta, u tarafdan mone bo‘lib 
tursangiz kifoya.
M a r y a m x o n i m
(Mahmudxon qo ‘lindan tutub, yaqinroq kelub).
Juda o‘1mas esa, bir boshqa mamlakatga qochmoq mum kin emasmi?
M a h m u d x o n . Albatta mumkin, jonim, ish bo‘lmagach, noiloj 
qilamiz. 
(Bu orada Mavsum ovoz berub: «Xojayin keldilar», deb qo'yar.
M ahm udxon sachrab turub)
Endi 
(M aryam xonim turar)
aybga 
buyurmaysiz, xabarsiz kelganingiz vaqtsiz bo‘ldi.
M a r y a m x o n i m
(Mahmudxon qo'lin tutub).
Yana mani faqir 
deb tashlamangiz, jonim. Man o‘zimcha faqir bo'lmadim.
M a h m u d x o n . Mangao‘t yoqmangiz. Manuvijdonsizdanemas 
(qo ‘Iin olub o ‘par).
M a r y a m x o n i m
(paranjisini yopinub).
Mani unutmang! 
Afandim, manga uvol qilmang...
M a h m u d x o n . Jonim, hech unutmasman! Siz xotirjam... 
(peshanasin silar).
M a r y a m x o n i m
(eshik ostina bomb).
Man har doim umidda 
turaman 
(kam zul oldidan tutub).
Afandim, aw alg‘i marhamat, 
va’dadagina bo‘lung, dunyoga aldanmang...
M a h m u d x o n
(qo'lini о ‘pub).
Jonim, siz unutsangiz ham, 
billohki, man hargiz unutmasman...
Birgalashub chiqar. Parda tushar.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish