REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM.
I.BOB ILK ISLOM DAVRINING TURKIY TILDAGI MADANIYAT OBIDALARI.
I.1. AHMAD YUGNAKIY HAQIDAGI MAʼLUMOT.
I.2. “XEYLI ELNING MUQTADOSI ERMISH. BALKI AKSAR TURK ULUSINDA HIKMAT VA NUQTALARI SHOYEDUR. (KOʻPGINA EL UNGA IQTIDO QILADILAR, YAʼNI ERGASHADILAR. UNING HIKMATLI SATRLARI VA NOZIK ISHORALARI AKSARIYAT TURKIY XALQLAR ORASIDA TARQALGANDIR)”.
II.BOB. ADIB AHMAD YUGNAKIY
«HIBATU-L-HAQOYIQ«DAN HIKMATLAR
ILM MANFAATI, JAHOLAT ZARARI HAQIDA
II.1 «HIBAT UL-HAQOYIQ»NING O’RGANALISH
TARIXI
II.2. TURLICHA MANO BILDIRUVCHI BAYTLAR HAQIDA
III.XULOSA.
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
I.BOB ILK ISLOM DAVRINING TURKIY TILDAGI MADANIYAT OBIDALARI.
Ilk islom davrining turkiy tildagi madaniyat obidalari bizgacha juda kam yetib kelgan. Hozircha turkiy adabiyotning bizga maʼlum namoyandasi mashhur “Hibat ul-haqoyiq” asarining muallifi Ahmad Yugnakiy boʻlganligini qayd etish mumkin. Ahmad Yugnakiy haqidagi maʼlumotlarni biz XV asrga oid Alisher Navoiy, Arslon xoja Tarxon va boshqalar yozib qokdirgan maʼlumot hamda shoirning oʻz yozganlaridan bilamiz.
Ahmadning bobosi Movarounnahrda islom dinini ilk qabul qilgan turkiy qavmlardan boʻlib, bu voqea taxminan Qutayba zamonida (milodiy 706 – 715 yillar orasida) yuz bergan. Boʻlgʻusi shoirning otasi Mahmud Yugnakiy VIII asrning birinchi yarmida dunyoga keldi. Manbalarda Ahmadning tugʻilgan joyi Yugnak deb ataladi. Bu nomdagi qishloqlar qadimgi Samarqand atrofi, Fargʻona vodiysi va Sirdaryo boʻylarida mavjud boʻlgan. Mahmud Yugnakiyning yigit boʻlib yetilgan davrlari Abu Muslim Ummaviylar sulolasiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon boshlagan 747 – 750 yillarga toʻgʻri keladi. Adib Ahmad ham shu davrlarda tugʻilgan boʻlishi kerak. Ahmad onadan koʻzi ojiz tugʻildi. Alisher Navoiy bu haqda pgunday yozadi: “Haq subhonahu va taolo agarchi zohir koʻzin yopuq yarattandur, ammo koʻngil koʻzin bagʻoyat yoruq qilgʻondur”. Ahmad yoshligidan juda qobiliyatli va ziyrak boʻlgan. Koʻzi ojizligi sababli, oʻzga turk yigitlari singari ot minib, qilich chopishga emas, Quroni karimni yod olib, Rasululloh (s.a.v.) hadislarini oʻzlashtirishga jiddu jahd koʻrsatgan.
Uning oʻsmirlik chogʻlarida oilasi Bagʻdod yaqiniga koʻchib borgan boʻlsa kerak, u uydan necha chaqirim piyoda yoʻl bosib Bagʻdodga, islom olamining eng buyuk alloma ustozlaridan, hanafiya mazhabining asoschisi Imomi Azam Abu Xanifa an-Noʻmon ibn Sobit (699 – 767) huzuriga saboq olish uchun qatnay boshladi. Ushbu darslarda ilk islom madaniyatining yetakchi allomalari imom Abu Yusuf al-Ansoriy (731 – 804) va imom Muhammad ash-Shaybon (749 – 805) Ahmadning hamsaboqlari boʻlganligi haqida Alisher Navoiy keltirgan maʼlumotlar nihoyatda diqqatga sazovordir. Imomi Aʼzam Ahmadni barcha shogirdlaridan aʼlo koʻrgani haqidagi naql to XV asr – Navoiy davrigacha yetib keldi va “Nasoyimul muhabbat” kitobida aks etdi. Adib Ahmad islomiy bilimlarni puxta egallab, oʻsha davrning yetuk olimlaridan biriga aylandi. Bu sohada, maʼlum maʼnoda, “al-Abad al-Kabir”, “al-Adab as-Sagʻir” kitoblarining muallifi Ibn al-Muqaffa (759 yilda oʻldirilgan)ga munosib izdosh, arab olamining buyuk adibi al-Johiz (775 – 868)ga salaf boʻldi. Uning ilmiy-nazariy risolalar yozgan yoki yozmaganligi bizga nomaʼlum. Adib Ahmad salohiyatli shoir va axloq muallimidir. Undan bizgacha yetib kelgan yagona yaxlit asar “Hibat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar tuhfasi”) dostoni boʻlib, 484 misradan iborat. Bu asarning bugungacha 3 ta toʻliq qoʻlyozmasi, 2 ta ayrim parchalari saqlanib qolgan. Ulardan eng qadimgisi 1444 yilda Samarqandda Ulugʻbekning nufuzli amirlaridan Arslon xoja Tarxon topshirigʻiga koʻra, kotib Zaynul Obidin ibn Sultonbaxt al-Jurjoniy al-Husayniy tomonidan uygʻur yozuvida koʻchirilgan. Matn orasidagi oyat, hadis va ayrim baytlar arab yozuvida. Asar nomi mazkur nusxada “Atabatul haqoyiq” (“Haqiqat eshiklari”) deb koʻrsatilgan. Keyingi nusxa uygʻur va arab yozuvlarida boʻlib, 1480 yilda Turkistondan Istambulga borib qolgan isteʼdodli kotib Shayxzoda Ab-durazzoq baxshi tomonidan koʻchirilgan. Turk olimi Najib Osim 1914 – 1916 yillarda ushbu nusxani topib, tadqiq etib nashrdan chiqardi. Uchinchi qoʻlyozma arab xatida boʻlib, unga Turkiya sultoni Boyazid II (1481 – 1512)ning muhri bosilgan. Demak, bu nusxa ham XV asr oxiri XVI asrning boshida koʻchirilgan boʻlib chiqadi. Asar 14 bobdan iborat boʻlib, birinchi 5 bobini muqaddima qismi deb atash mumkin. Unda yagona Alloh taologa hamd, Rasululloh (s.a.v.) ga naʼt, toʻrt ulugʻ sahoba – xulafoyi roshidin madhi, amir Muhammad Dodsipohsolorbek va fazilat egasi Anas ibn Muoviyalarga bagʻishlangan madhiyaviy satrlar mavjud. Muqaddima qismining oxirida dostonning yozilish sababi bayon etilgan. Asar Xuroson yoki Movarounnahrda yozilgan boʻlishi kerak, chunki buyuk amir Muhammad Dodsipohsolorbek turk va ajam mamlakatlarining hukmdori deb ulugʻlangan, arablar esga olinmagan. Ammo Anas ibn Muoviya nomining tilga olinishi rasman hali bu yurtlar Abbosiylar xalifaligiga tobe ekanligiga ishora qilib turadi.
“Hibat ul-haqoyiq” asari yozilgan davrda forsiy va turkiy dostonlar uchun umumiy boʻlgan muayyan sheʼriy shakl (yaʼni, aa, bb, vv usulida qofiyalanuvchi masnaviy shakli) hali-hanuz mavjud emas edi. Shu sababdan asarning madhiyaviy kirish qismlari oʻsha davr arab adabiyotiga xos boʻlgan qasida janridan ijodiy foydalanib yozilgan. Ammo dostonning asosiy qismi va xulosasi qadim turkiy ogʻzaki adabiyotida keng qoʻllanilgan toʻrtliklar shaklida yaratilgan. Shu sababli doston hajmini baytlar (2 satrli band sistemasi) bilan oʻlchash toʻgʻri emas. Ahmad Yugnakiy nomiga “Adib” soʻzi qoʻshib aytilishi maʼlum sababga ega. U oʻzini shoir emas, balki adab ilmi namoyandasi deb biladi. Uning dostoni ham turkiy elatlarga islomiy odob qoidalari, maʼnaviy-axloqiy kamolot sirlaridan taʼlim berishga moʻljallangan. Buni undagi bob sarlavhalaridan ham anglash mumkin. Birinchi bob (annavʼul-avval) – “Ilm manfaati va jaholatning zarari haqida” deb atalgan. Maʼlumki, islomning ilk nozil boʻlgan oyatlari “Iqra!” (yaʼni, “Oʻqi!”) deb boshlanadi va ilmga tashviq etish islom maʼnaviyatining muhim asoslaridan birini tashkil etadi. Doston matni orasida paygʻambarimizning “Ilm Chin eli (yaʼni Xitoy)da boʻlsa ham, oʻrganing!” degan hadislari arab tilida keltirilgan va ushbu fikr turkiy toʻrtliklar shaklida sharhlangan. “Saodat yoʻli bilim bilan bilinadi”, deydi Adib. U bilim egasi boʻlgan ayol kishini erlar qatorida koʻradi, bilimsiz erkakni esa ayoldan ham zaif biladi.
Alisher Navoiy oʻz asarida Adib Ahmad dostonining ushbu bobidan eng erkin timsolni keltirgan: Soʻngakka ilik tur, eranga bilik, Biliksiz eran ul iliksiz soʻngak. (Arslon xoja Tarxon tuzdirgan matnda shu satrlar biroz boshqacharoq jaranglaydi: Soʻngakka yiliktek eranga bilik, Eran koʻrki aql, ul soʻngaknung yilik.
Bilim egasi vafot etganda ham uning nomi boqiy qoladi, deb xulosalaydi shoir, ammo bilimsiz kishi tirigida ham oʻlikdan farqi yoʻqdir. Adib Ahmad bilimsizlikni qoralab yana Rasululloh (s.a.v.) hadislariga murojaat etadi: “Tangri hech qachon johillarni aziz qilgan emas”. Ilm qadriga faqat maʼrifatli odam yetadi, nodonga esa nasihat befoydadir. Adib Ahmadning fikricha, bilim tuganmas boylikdir, u faqir kishini boy etadi, ilm ahlini esa arab ham, ajam ham olqishlaydi.
Darhaqiqat, Adib Ahmad yashagan davr, amriqo olimi Frans Rouzental taʼbiri bilan aytganda, “ilm tantanasi”ning boshlanishi edi. Xalifa Maʼmun (813 – 833) davriga kelib, Movarounnahr va Xuroson olimlari yetakchiligida Bagʻdodda “Bayt ul-hikma” (“Hikmat uyi”, yaʼni, oʻsha davrning birinchi “Fanlar akademiyasi”) ish boshladi. Adib Ahmad mintaqa madaniyatidagi ushbu mislsiz kamolot yoʻlining ibtidosida turar edi. Ammo davr murakkab, oʻta ziddiyatli ham edi. Bu holat ilk turkiy pandnomaning keyingi boblari mundarijasida oʻz aksini topgan. Ikkinchi bob “Tilni tiyish va boshqa odoblar haqida” deb nomlanadi. Bu bobdagi mashhur satrlar –
“Tiling bekta tutgʻil, tishing sinmasun, Qali chiqsa bekta, tishingni siyur” –
yana Alisher Navoiyning Adib Ahmad haqida yozganlarida biroz oʻzgargan holda takror etiladi. Adib fikricha, kishi boshiga har qanday ish tushsa, tili tufayli sodir boʻladi, baʼzilar yaxshilik koʻradi, baʼzilar afsus chekadi. Axmoq odamning tili – dushmani, koʻp kishilarning tili tufayli qoni toʻkildi. Adib Ahmad behudagoʻylik va yolgʻon soʻzlashni qattiq qoralaydi. Soʻzning toʻgʻrisi va qisqasi yaxshi deb hisoblaydi. Bob davomida sir saqlashning muhimligi taʼkidlanadi, “hatto yaqin doʻstingdan ham ehtiyot boʻl” – deya ogohlantiradi shoir. Bunday ogohlantirishlar zamonaning qaltisligini eslatib turardi. Uchinchi bob ham shunga muvofiq “Dunyo holatlarining oʻzgarib turishi va dunyo ahlida vafo kamligi haqida”. Adib Ahmad oʻz asarini keksalik chogʻida yozganligi ushbu bob mazmunidan seziladi. Bu davrda u Bagʻdod adabiy-ilmiy muhitidan ajralib oʻz ota yurtiga qaytgan boʻlsa kerak. Adib dunyoning oʻtkinchiligi, kishi umrining yeldek oʻtishi, obod oʻlkalar xarob boʻlib, donolarning koʻpi dunyoni tark etganini afsus bilan qayd etadi. Dunyo bir qoʻli bilan kishiga asal tutsa, ikkinchi qoʻli bilan ogʻu tutadi.
Shu sababli “eguliging va kiyguliging bor boʻlsa, koʻp ham mol-dunyo yigʻishga ruju qoʻyma”, deydi Adib. “Hibat ul-haqoyiq” asari asosiy qismining keyingi 4 – 7-boblari ham insonlarning yuksak fazilatlarini taʼriflash, nuqsonlarini qoralashga bagʻishlangan. Ularda saxovat, qoʻli ochiqlik, tavozeʼ, insonlarga mehrli boʻlish, vafoli, shavkatli, halim tabiatli, kechiruvchan, kamtar boʻlish targʻib qilinadi, baxil va ochkoʻzlik, molparastlik, gʻazabnok va takabburlik, riyokorlik, besabrlik, zulm va zoʻravonlik, safsatabozlik qattiq qoralanadi. Asar boshdan oyoq tavhid eʼtiqodiga tayanadi, muallif fikrlari Alloh taoloning muborak oyatlari, Rasululloh (s.a.v.)ning hikmatli hadislari bilan dalillanadi. Turkiy tilda bitilgan sheʼriy matn orasida qator oyatlar, 20 dan ortiq hadislarning asl arabiy matni keltirilgan, ular turkiyda sheʼr vositasida sharh etilgan. Asarda boshqa qadim turkiy matnlarga nisbatan arabiy soʻzlarning koʻp uchrashi ham Bagʻdod maktabining taʼsiri boʻlishi kerak. Umumiy olganda “Hibat ul-haqoyiq” til jihatidan juda qadimiy, ammo asrlar davomida koʻp koʻchirilib, kotiblar tomonidan tushunish qiyin jumlalar soddalashtirilgan, keyingi asrlar til unsurlari asarga ancha taʼsir koʻrsatgan. Shu sababli uzoq vaqt Adib Ahmad yashagan davr haqida XII – XIII asrlar degan yanglish tasavvur mavjud boʻlgan. Doston ilmiy-tanqidiy matnlari 1951 yilda turkiyalik olim Rashid Rahmat Arat, 1972 yilda oʻzbek olimi Qozoqboy Mahmudov, keyinchalik Qozogʻiston olimlari tomonidan turli qoʻlyozmalarni chogʻishtirib tayyorlandi va chop etildi. Bu nashrlar barchasi XV – XVI asrlar matniga tayanadi, chunki qadimiyroq qoʻlyozmalar saqlanib qolmagan. Dostonning barcha mavjud qoʻlyozmalarida asl muallif matni oxirida ilova qilib, bir nomaʼlum kotib (yoki shoir) va Amir Sayfiddin (shoir Sayfiy)ning alohida toʻrtliklari hamda Arslon xoja Tarxonning 10 baytli masnaviysi ilova qilingan. Bu sheʼriy ilovalar keyingi asrlarda qoʻshilgan boʻlib, til xususiyatlariga koʻra ham Adib Ahmad asaridan farq qiladi. Ular mazmuni asosan doston muallifini taʼrif etish, uning hayoti va ijodi haqida qoʻshimcha maʼlumotlar berishga qaratilgan. Arslon xoja Tarxon Adib Ahmad asarini “qashqariy til bila” yozilgan deydi, ammo muallifning oʻzi – “Anin ush chiqardim bu turkiy kitabi deb” yozgan edi. Demak. VI – VII asrlarda shakllanib boʻlgan umummintaqa turkiy tilini Adib Ahmad davrida “turkiy” atashgan boʻlsa, keyinchalik madaniy-adabiy markaz Qoraxoniylar poytaxtiga koʻchgach, uni “qoshgʻariy” til deb atash rasm boʻlgan va Ulugʻbekning amiri ushbu keyingi atamadan foydalangan. Umuman Adib Ahmad dostoni til xususiyatlarini Kultegin, Tunyuquq, Bilka qoon bitiklari bilan qiyoslab oʻrganish turkiy madaniyat takomilini toʻgʻri anglab yetishda katta ahamiyat kasb etgan boʻlur edi. Ilk islom mutafakkirlaridan boʻlmish Adib Ahmad Movarounahr va Xurosonda turkiy elatlar madaniyatini yuksaltirishda katta xizmat qildi. XI – XII asrlarda ijod etgan Mahmud Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy kabi nafaqat oʻzbek xalqi, balki butun turk olami, hatto islom mintaqasining buyuk allomalari ijodiga Adib Ahmadning taʼsiri beqiyosdir. Alisher Navoiy u haqda shunday yozadi: “Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusinda hikmat va nuqtalari shoyedur. (Koʻpgina el unga iqtido qiladilar, yaʼni ergashadilar. Uning hikmatli satrlari va nozik ishoralari aksariyat turkiy xalqlar orasida tarqalgandir)”. Darhaqiqat, asosan masnaviy shaklida yozilgan “Qutadgʻu bilik” asari tarkibida yuzlab turkiy toʻrtliklar uchraydiki, vazn va qofiyalanishi, baʼzan mazmuniy yoʻnalishi ayni Adib Ahmad dostonidagi toʻrtliklarning oʻzidir. Ahmad Yassaviy hikmatlarida ham muvofiq joylar yoʻq emas.
“Hibat ul-haqoyiq” asari Oʻzbekistonda keng oʻrganilib, oʻzbek adabiyoti tarixi darsliklariga kiritilgan.
Oʼzbek adabiyoti tarixida Аdib Аhmadning tutgan oʼrni, uning «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari va tadqiqotchilarning uning faoliyati sanasiga oid ilmiy bahslari menga ham maʼlum edi. Masalan, Oʼzbekiston milliy entsiklopediyasida (10-jild, 307 bet.) oʼning XII asr oxiri – XIII asrning birinchi yarmida yashaganligi, professor M.Imomnazarov adibning VIII asrda yashagan, deb hisoblashi haqidagi fikrlardan qisman xabarim boʼlsa-da bu borada taniqli sharqshunos, tarixchi olim Sh.Kamoliddinning nodir manbalarga tayanib yozgan maqolasi bilan tanishganimdan keyin, huquq tarixchisi boʼlganligim uchun ham ushbu muammo meni befarq qoldirmadi.
Аdabiyot tarixchilari Аdib Аhmadning faoliyat yillarini aniqlashda uning yuqorida keltirilgan asosiy asari va Аs-Samʼoniyning «Nasabnoma», Аlisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» kabi kitoblariga shuningdek, adabiyotshunos olimlarimizning tadqiqotlariga tayanadilar.
Аlisher Navoiy maʼlumotlari adibning oʼzi haqida boʼlsa, Аs-Samʼoniyning maʼlumotlari uning oʼgʼliga oiddir. Manbalardagi maʼlumotlar uch avlod, yaʼni otasi Mahmud Yugnakiy, oʼzi Аdib Аhmad Yugnakiy va oʼgʼli muhaddis Аbu Homid Аhmad ibn Аbu Аhmad al-Yugnakiylar haqida maʼlumot beradilar. Tadqiqotchi Sh.Kamoliddin xulosalari Oʼrta Osiyo turklari orasida VIII-IX asrlarda harbiy-siyosiy, ilmiy-madaniy harakat shuʼubizm mavjudligini isbotlab, ularning koʼpgina vakillarini xalifalikning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida yuqori pogʼonalarni egallab turganligini koʼrsatadi.
Bizning fikrimizcha, – deb yozadi tadqiqotchi, – Аdib Аhmadning otasi turk shuʼubizmining ilk vakillaridan boʼlib, VIII asrning oʼrtalarida Аbu Muslim qoʼzgʼolonining Xurosondagi harakatida qatnashgan boʼlishi mumkin. Аbbosiylar xalifalik boshiga kelganda, adibning otasi Xalifa al-Mansurning turk qoʼshinida xizmat qilgan. Uning oʼgʼli Аdib Аhmad fiqh va hadisni oʼrganib shoir sifatida «Hibat ul-haqoyiq» asarini yozgan.
Shoir koʼzi ojiz boʼlganligi uchun bu asarning ilk nusxasi otasi Mahmud Yugnakiy tomonidan uygʼur xatida yozib olingan, keyinchalik esa uning oʼgʼli Аhmad (Muhammad) Yugnakiy tomonidan Samarqandda arab xati bilan koʼchirilgan boʼlishi mumkin.
Yuqoridagilarga asosan, — deydi olim — oʼrta asr turkiy tilli adabiyot va islomiy yozma udumlarning vaqti ilgari aytilganidek, XI asr emas IX asr boshlaridan deb hisoblash mumkin. Garchi Islom dini tarqalgan davrdagi birinchi turkiy tilda yozilgan asar XI asrda «Devon al-lugʼat at-turk» deb hisoblanib kelingan boʼlsa-da, Somoniylar davrida X asrda Qurʼonning ilk bor turkiy tarjimasi (Qatorlar orasida interpolyatsiya qilinganligi) amalga oshirilgan. Аlisher Navoiy oʼzining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Аdib Аhmadni Bogʼdoddan 4 yigʼoch masofada boʼlgan qishloqda yashaganligi, turkligi, tugʼma koʼzi ojiz ekanligi haqida xabar berib, uning musulmon fiqhshunosligi hanafiylar mazhabi asoschisi Imom Аbu Hanifa an Nuʼmon ibn Sobitdan (699-767 yillar) ushbu mazhabning boʼlgʼusi buyuk faqihlari imom Muhammad ash Shayboniy (749-805 y.) hamda Аbu Yusuf al Аnsori (731-804 y.) bilan birgalikda saboq olganligini taʼkidlaydi.
Buyuk Imomdan «Shogirdlaringiz orasida qaysidan andoqki koʼnglunguz toʼlar, rozisiz» deb soʼraganlarida «Imom Muhammad hamda Аbu Yusuf va uning hamsaboqlaridan», deb javob beribdilar. «Аmmo ul koʼr turkki, saffi niʼolda (quyida oyoq kiyim yechadigan joyda) ulturur va bir masʼalani mazbut qilib (ochiq bayon qilib, mustahkamlab), toʼrt yigʼoch yoʼl yayogʼ kelib borur, andoqki kerak ul tahsil qilur» deb javob bergan. «Аksar turk ulusida hikmatu nuqtalari shoeʼdur»,- deb yozadi Аlisher Navoiy. Demak, Аdib Аhmad Imomi Аʼzam Аbu Hanifa ibn Sobit al Kufiydan saboq olgan boʼlsa, uning ijodi va faoliyati vaqti VIII-IX asrlarga toʼgʼri keladi.
Аs-Samʼoniy «Yugʼanak Samarqand qishloqlaridan» ekanligini, Аbu Homid Аhmad ibn Аbu Аhmad al Yugnakiy (Аdib Аhmadning oʼgʼli)ni taniqli muhaddislaridan biri sifatida taʼriflagan. U kishi Sohib ibn Muslim al-Balxiy, Аbdurahim ibn Habib al Bagʼdodiy va Аbu Isoh Ibrohim ibn Ishoq as-Samarqandiylardan hadis ilmini oʼrganganligini, uning oʼzidan esa Аbdulloh ibn Maʼsud ibn Komil as-Samarqandiy hadis rivoyat qilganligini yozib qoldirgan. Yaʼni as-Samʼoniy adibning oʼgʼlini VIII-XII asrlarda oʼtgan muhaddislar qatorida tilga olgan. Shuning uchun ham ushbu muhaddislarning yashab oʼtgan asri, yillari aniqlansa ham Аdib Аhmadning yashagan davri tabiiyki, hech shubhasiz, isbot boʼlgan boʼlur edi. Shunday qilib, adabiyotshunos olim prof. M.Imomnazarov hamda taniqli sharqshunos – tarixchi olim Sh.Kamoliddinlarning nodir manbalar asosida olib borgan tadqiqotlari natijasida Аdib Аhmad Yugnakiyning ijodi va faoliyati aniq sanasi XII-XV asrlar emas, VIII asrning ikkinchi yarmi va IX asrning birinchi yarimlari ekanligi maʼlum boʼladi. Biz ham ushbu olimlarning bu boradagi fikrlarini maʼqullaymiz.
Xoʼsh, ushbu sanalarni tan olish tarixiy haqiqatning tiklanishi, islomiy davrdagi turkiy adabiyot, yozma namunalarining vujudga kelishi, shuningdek oʼzbek yozma adabiyoti tarixining IX asrlardan boshlanishi haqidagi muhim xulosalardan tashqari, biz tarixchi – huquqshunoslar uchun qanday ahamiyati bor?
1. Turkiy tildagi fiqhiy adabiyot «Hibat ul-haqoyiq» islom axloqi va gʼoyalarini Qurʼon oyatlari va hadislar asosida oddiygina qilib tushuntirib berishga, targʼib qilishga qaratilgan asarlar IX asrdayoq paydo boʼlganki, buni yuqoridagi manba koʼrsatib turibdi.
2. Bu holat tarixiy davri jihatidan Somoniylar davlati va huquqining boshlangʼich davriga toʼgʼri keladi. Bu ajablanarli emas, garchi ulamolar Qurʼonni boshqa tillarga tarjima etilishini maʼqullamagan boʼlsalar-da aynan ana shu davrda Qurʼon satrlar orasida (interpolyatsiya) turkiy tilga tarjima qilingan edi.
3. Movarounnahr fiqh maktabi faoliyat koʼrsatgan davrlardayoq (VIII-XIII asrlar) turkiy tilda ham fiqhiy-axloqiy yoʼnalishdagi asarlar yaratila boshlaganini koʼrsatadi. Bunga otasi Аdib Аhmad Yugnakiy va oʼgʼli Muhaddis Аbu Homid Аhmad Yugnakiylarning faoliyatlari misol boʼla oladi. Bundan tash¬qari, yana shu narsani keltirish mumkinki, oʼsha davrda ota-bola shoir, muhaddis va faqihlar koʼp uchragan, bu holatni manbalar koʼrsatib turibdi. (Masalan, Аbu Hafs Kabir Buxoriy va uning oʼgʼli Аbu Hafs Buxoriy, Аbu Laysiy va boshqalar).
4. Аdib Аhmadning amalda islom fiqhi hanafiya maktabi asoschilaridan boʼlgan, buyuk imom Аbu Hanifa ibn Sobitdan saboq olishi bu ham tarixiy haqiqatga yaqin. Chunki adibning asarlari shu mazhab qoida va hukmlarining turkiy xalqlar orasida, ular uchun yaqin boʼlgan-turkiy til orqali keng yoyilishiga sabab boʼlganki, turkiy xalqlarning aksariyati hozirgacha hanafiya fiqhiy maktabi tarafdorlaridir.
5. Islom huquqi, uning manbalarining turkiy xalqlar orasida keng yoyilishi «Movarounnahr fiqh maktabi» anʼanalarining rivojlanishiga Аdib Аhmad va Аs-Samʼoniy taniqli muhaddislardan biri sifatida taʼriflagan Аbu Homid Аhmad ibn Аbu Аhmad al Yugnakiylar munosib hissa qoʼshganlar.
«HIBАT UL-HАQOYIQ»NING OʼRGАNАLISh TАRIXIGА BIR NАZАR Sharq mumtoz pandnoma adabiyotinig vakili Аhmad Yugnakiy X-XII asrlarda ijod etgan isteʼdodli shoiridir. Аdib Аhmad hayoti va ijodini tadqiq etish uzoq asrlardan buyon davom etib kelmoqda. Bu borada Аlisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari alohida ahamiyatga ega. Qolaversa, usmonli turk adabiyotshunosligida ham yugnakiyshunoslik, “Hibat ul-haqoyiq”ni tahlil va talqin etilgan tadqiqotlar ancha.
Oʼzbek adabiyotshunosligida Аhmad Yugnakiy va uning dostoniga doir ilmiy izlanishlar N. Mallaev, Q. Mahmudov, G. Xoʼjanova, R. Vohidov tadqiqotlarida, shuningdek, oʼtgan asrning 90-yillar matbuotida eʼlon qilingan M. Imomnazarov, E. Umarov, I. Haqqul, H. Boltaev, N. Rajabov, Q. Tohirov kabi olimlarning maqolalarida kuzatiladi.
Usmonli turk adabiyotshunosligining vakili Banarli Nihad Samining “Resimli Turk Edebiyati Tarihi. Destanlar devrinden zamonamiza kadar”nomli asarida Аdib Аhmad hayoti va ijodi masalasi yoritilgan maqola ham oʼrin olgan. Tadqiqotda Аhmad Yugnakiy yashagan davr, ijodkor shaxsiyati, “Hibat ul-haqoyiq” dostoni, asarning keyingi davr adabiyotiga taʼsiri kabi masalalar yoritiladi.
Banarli Nihad Sami Аdib Аhmad haqida dastlabki maʼlumotlar halq ogʼzaki ijodiga borib taqalishini eʼtirof etib, Аlisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asariga murojaat etadi.
Darvoqe, Navoiy bu asar orqali Аhmad Yugnakiy haqida aniq maʼlumotlarni yetkazadi.
Navoiy yozadi: “…Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmat va nuqtalari shoeʼdur. Nazm tariqi bila aytur ermish…” deb kiyidagi keltiradi:
Sungakka iliktur, eranga bilik, Biliksiz eran ul iliksiz sungak.
Bu maʼlumotlar yugnakiyщunoslikda muxim axamiyatga ega.Chunki birinchidan, uning qaerda yashagani, ikkinchidan, ustozi va hamsaboqlari, uchinchidan, Аdibning yashagan davri, undagi maʼnaviy-madaniy muhit, toʼrtinchidan jismoniy ahvoli, beshinchidan, hayotda tutgan mavqei va asarlarining ahamiyati, ijod yoʼnalishi va h.k.2
Oʼzbek adabiyoti tarixining ilk namunalaridan biri boʼlgan Аhmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» dostoni tahlil etilgan barcha manbalar, oʼquv adabiyotlarida undagi boblar miqdori bilan bogʼliq muammo tilga olinadi:
Tugʼa koʼrmas erdi adibning koʼzi,
Tuzattim bu oʼn toʼrt bob ichra soʼzi (243).
Dostonning kotib tomonidan oʼn toʼrt bob qilib koʼchirilganligi yoki tuzilganligi taʼkidlangan. Biroq, qator olimlar, xususan, N.Mallaev 3, Q.Mahmudov 4, R.Vohidov 5 larning fikricha, hozirgi holatda u oʼn bir bobdan iborat boʼlib qolgan. Bu holat kotiblar (xususan Аbdurazzoq Baxshi) tomonidan kiritilgan oʼzgarish, yaʼni ayrim bob nomlarining tushirib qoldirilishi va bir-biriga yaqin mazmunli boblarning qoʼshilib ketishi sifatida izohlanadi: «Mutaxassislarning fikricha, bunday tafovut kotiblar tomonidan ayrim boblarni koʼrsatuvchi sarlavhalarning tushirib qoldirilishi oqibatida sodir boʼlgan boʼlishi mumkin» (11, 87). Binobarin, dostonda mavjud boʼlgan quyidagi 11 ta matn bobning nomi yoki sarlavhasi sifatida eʼtirof etilgan:
1. Bismillohir rahmonir rahim (parvardigor hamdi).
2. Fi naʼtil nabiyi alayhissalom (paygʼambar naʼti).
3. Fi madhin amiril ajalin Dad Sipahsalar Bek alayhirrahmati valgʼafranu (hukmdor madhi).
4. Mujibi taʼlifi hazal kitabi va muqtazi (kitobning yozilish sababi).
Mazkur toʼrt bob doston muqaddimasini tashkil etadi.
5. Аnnavʼul avvalu fimanfaatil ilmi va mazratil jahili
Birinchi bob: Ilm manfaati, jaholat zarari haqida.
6. Аnnavʼus soni hifzillisani va saʼi adabiha va rusumiha.
Ikkinchi bob: Tilni asrash va odob-axloqqa intilish haqida.
7. Аnnavʼus solisu fi taqallibid dunya va tagʼayyiri ahvaliha.
Uchinchi bob: Dunyoning qalb-egri ekanligi va holatlarning oʼzgaruvchanligi haqida.
8. Аnnavʼur robiʼu fi barris saxavati va mazallatil buxli.
Toʼrtinchi bob: Saxovatning baraka keltirishi va baxillikning zalolatga yetaklashi haqida.
9. Аnnavʼul xomisu fil amri bittavaziʼ fizzahri ʼanat takabburi val hirsi afitus sala zilli sadiqul mantiqi.
Beshinchi bob: Tavozelik manfaati, kibrlik va harislikning zarari haqida.
10. Аnnavʼul uxra fi abyaʼin mutafarriqatin yashtamaʼilu ʼala maʼanin muxtalifatin.
Oxirgi bob: Turlicha maʼno bildiruvchi baytlar.
Mazkur olti bob asosiy qism sifatida eʼtirof etiladi.
11. Fil ʼuzri bitamamil kalami.
Soʼzning(asarning) tugallanishi uzri (sabablari).
Yuqorida ham qisman aytib oʼtilganidek, bu masalada boshqacha fikrlar ham aytilgan. Xususan, M.Imomnazarov dostonning 14 bobdan iborat ekanligini eʼtirof etadi.6 «Oʼzbek mumtoz adabiyoti namunalari» majmuasini toʼplovchilarning fikriga koʼra asar 16 bobdan iborat: «Pand-nasihat ruhidagi doston nomi bilan adabiyot tarixiga kirgan ushbu asar XVI bobdan iborat». 7 Biroq ikkala oʼrinda ham fikr izohlanmaydi.
Bu masala S. Tohirovning “Аdib Аhmad Yugnakiyning “Hibat ul-Haqoyiq” dostoni matn, tadqiq va tahlil” nomli riolasida ham tadqiq etilgan. Bunda tadkikotchi asar matniga tayanib, dostonni 14 bob deb eʼtirof etadi va kuyidagicha xulosaga keladi:
1. «Hibat ul-haqoyiq» dostonining muqaddima qismi manbalarda qayd etilganidek, toʼrt bob emas, besh bobdan iborat. Toʼrt xalifa madhiga bagʼishlangan qismni alohida bob sifatida ajratish uchun asoslar yetarli.
2. Dostonning asosiy qismi hozirgi holatda oltita emas, yettita bobdan tashkil topgan. Аsarda faqat bob nomlaridagina qoʼllangan «navʼ» soʼzi va «fi» (haqida) predlogining mavjudligi «Аnnavʼul amri fi makarimil axlaqi vattahris ʼala tahliqu biha» deb nomlangan qismni ham alohida bob sifatida ajratish uchun asos boʼla oladi. Sarlavha ostidagi toʼrtliklar mazmuni ham buni tasdiqlaydi.
3. Dostonning ayni damdagi holati xotima bilan birga oʼn bir emas, oʼn uch bobdan iborat. Biroq bir qator belgilar asardagi oʼn ikkinchi va oʼn uchinchi boblar qoʼshilib ketganligini, binobarin, doston aslida kotib tomonidan taʼkidlanganidek, oʼn toʼrt bobdan iborat boʼlganligini koʼrsatadi.
Nihod Samining tadqiqotida ham dostonning asosiy qismi boblarga ajratilgan. Olim dostonning oʼn toʼrt bobdan iborat ekanligi haqidagi kotib maʼlumotiga tayangan holda, asosiy qismni sakkiz bobga ajratadi. Shundan 1-4 boblar tarkibi yuqorida keltirilgan tarkib bilan muvofiq.8 Qolganlari esa quyidagicha:
1. Tavozeʼ va kibr haqida (7 toʼrtlik).
2. Harislik haqida (6 toʼrtlik).
3. Karam, hilm va boshqa fazilatlar haqida (16 toʼrtlik).
4. Zamonaning buzuqliklari haqida (21 toʼrtlik).
Xulosa kilib aytganda,yugnakiyщunoslik va «Hibat ul-haqoyiq» dostonining tadkik va talkin masalalari nafakat oʼzbek adabiyotshunosligida,balki jahon adabiyotshunosligida hamoʼrganilgan va oʼrganilmokda.Bu masala keyingi tadkikodlarda xam davom etadi.
ADIB AHMAD YUGNAKIY
«HIBATU-L-HAQOYIQ«DAN HIKMATLAR
ILM MANFAATI, JAHOLAT ZARARI HAQIDA
Biliktin ayurman, sozumga ula,
Biliklikka ya dost ozungni ula
(Bilim haqida sozlayman, sozimga quloq sol, ey dost ilmli kishiga ozingni yaqin tut).
Bilik birla bilnur saadat yoli,
Bilik bil saadat yolini bula.
(Bilim bilan saodat yoli ochiladi, (shunga kora) ilmli bol, baxt yolini izla).
Bahaliq dinar ul biliklik kishi,
Bu jahil biliksiz bahasiz bishi.
(Bilimlik kishi baholik dinordir, ilmsiz johil kishi qimmatsiz yemish (meva)dir).
Biliklik biliksiz qachan teng bolur,
Biliklik tishi er jahil er tishi.
(Ilmlik kishi bilan ilmsiz odam qachon teng boladi, bilimlik xotin kishi — er kishidir, bilimsiz erkak — xotin kishidir).
Sonakka yilik tek eranga bilik,
Eran korki aql ul sonakning yilik.
(Songakda1 ilik bolishi lozim ekanligi kabi er kishiga bilim kerakdir, er kishining korki aqldir, songakning korki esa ilikdir).
Biliksiz yiliksiz songak tek xali,
Yiliksiz songakka sunulmas elik.
(Ilmsiz iliksiz songak kabi boshdir, iliksiz songakka esa qol urilmaydi).
Bilik bilti bolti eran belguluk,
Biliksiz tirikla yituk korguluk.
(Ilmli kishilarning (nomi) mashhur boldi, bilimsiz (kishilar) esa tiriklayin oldi hisob va bu unga korgulikdir).
Biliklik er olti ati olmatu,
Biliksiz esan erkan ati oluk.
(Bilimli kishi olsa ham, uning nomi ochmaydi, ilmsiz kishining ozi hayot bolsa ham, oti olikdir).
Biliklik biringa biliksiz mingil,
Tengakli tengadi bilikning tengin.
(Bilimlikning biri bilimsizning mingiga teng, ilmli kishilar ilm-marifatning qadriga yetadi).
Baqa korgil emti uqa sinayu,
Ne neng bar biliktin asigliq ongin.
(Endi ozing sinab, uqib, boqib kor, bilimdan foydaliroq qanday narsa bor).
Bilik birla alim yuqar yuqladi,
Bilikni biliksiz uzun ne qilur.
(Bilim bilan olim yuqoriga kotariladi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtiradi).
Bilik bil usanma bil ol haq rasul,
Bilik kimda ersa siz arqang dedi.
(Bilimli bol, hech qachon erinma, Haq Rasul(i) kim ilmli bolsa, uni siz maqtang (qidiring) deb aytdi).
ILM ORGANISH HAQIDA PAYGAMBAR
ALAYHISSALOMNING AYTGANLARI
Biliklik bilikni edragan bolur,
Bilik tatging ey dost biliklik bilur.
(Bilimli kishi ilmni farqlaydi, ey dost, ilm qadrini marifatli odam biladi).
Bilik bildurur erga bilik qadrin(i),
Bilikni biliksiz uzun ne qilur.
(Ilmning qadrini kishiga bilim bildiradi, marifatni nodon, tuban kishi nima qiladi).
Biliksizga haq soz tatiqsiz erur,
Anga tand nasihat asigsiz erur.
(Ilmsizga togri soz manosizdir, unga ogit-nasihat foydasizdir).
Ne turluk ariqsiz arir yuv desa,
Jahil yub arimas arigsiz erur.
(Turli yuviqsizlarga (iflos kishilarga) yuvin deb buyurilsa toza bolur, ammo johil qancha yuvinmasin pok bolmaydi).
TANGRINING MO»JIZALARI JOHILLIKDAN TIYILISH,
XUDONING RASULIGA SODIQ BOLISH HAQIDA
PAYGAMBAR ALAYHISSALOMNING AYTGANLARI
Biliklik kishi kor bilur ish ozin,
Bilib etar ishni okunmas ken(d)in.
(Bilimli kishi oz ishini bilib qiladi, bilib qilgan ishiga keyin okinmaydi).
Ne turluk ish ersa biliksiz ongi,
Okunch ol anga yoq ong anda azin.(Turli ishlar yuz bersa, bilimsiz nazdida ong korinadi, (bu) unga tashvish, bundan boshqa chora (ong narsa) yoq).
Biliklik keraklik sozin sozlayur,
Keraksiz sozini komub kizlayur.
(Bilimli kishi kerakli sozni sozlaydi, keraksiz sozni komib yashiradi).
Biliksiz ne aysa ayur uqmatin,
Aning oz tili oz bashini yeyur.
(Ilmsiz kishi nima gapirsa, nodonligi sababli sozlaydi, shuning uchun uning tili oz boshini yeydi).
Bilik birla bilnur turatkan izi,
Biliksizlik ichra xayir yoq dedi.
(Yaratgan Tangri ilm bilan taniladi, ilmsizlik yaxshilik keltirmaydi, degan (gap bor).
Bilik bilmagandin bir ancha buzun,
Oz elgin but etib izim bu tedi.
(Kop kishilar ilmsizlikdan oz qolini but qilib, Tangrim bu, dedi).
Biliklik sozi pand-nasihat adab,
Biliklikni ogdi ajam ham arab.
(Bilimli kishining sozi ogit-nasihat, odobdir, shuning uchun ilmlilarni Arab, Ajam olqishladi).
Tavarsizga bilgi tuganmas tavar,
Hisobsizga bilgi yarilmas hisab.
(Molsiz faqir kishiga uning ilmi tuganmas boylikdir, hisobsizga uning bilimi yechilmas (ochilmas) hisobdir)…
TURLICHA MANO BILDIRUVCHI BAYTLAR HAQIDA
Uqub sozla sozni eva sozlama,
Sozung kizla kezin bashing kizlama.
(Sozni uqib sozla, shoshib (behuda) gapirma, sozingni yashir, keyin boshingni yashirib yurma).
Ming er dostung ersa okush komagil,
Bir er dushman ersa ana azlama.
(Mingta dosting bolsa, kop korma, birgina dushmaning bolsa, uni oz dema)…
O’zbek adabiyoti tarixida Adib Ahmadning tutgan o’rni, uning «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari va tadqiqotchilarning uning faoliyati sanasiga oid ilmiy bahslari menga ham ma’lum edi. Masalan, O’zbekiston milliy entsiklopediyasida (10-jild, 307 bet.) o’ning XII asr oxiri – XIII asrning birinchi yarmida yashaganligi, professor M.Imomnazarov adibning VIII asrda yashagan, deb hisoblashi haqidagi fikrlardan qisman xabarim bo’lsa-da bu borada taniqli sharqshunos, tarixchi olim SH.Kamoliddinning nodir manbalarga tayanib yozgan maqolasi bilan tanishganimdan keyin, huquq tarixchisi bo’lganligim uchun ham ushbu muammo meni befarq qoldirmadi.
Adabiyot tarixchilari Adib Ahmadning faoliyat yillarini aniqlashda uning yuqorida keltirilgan asosiy asari va As-Sam’oniyning «Nasabnoma», Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» kabi kitoblariga shuningdek, adabiyotshunos olimlarimizning tadqiqotlariga tayanadilar.
Alisher Navoiy ma’lumotlari adibning o’zi haqida bo’lsa, As-Sam’oniyning ma’lumotlari uning o’g’liga oiddir. Manbalardagi ma’lumotlar uch avlod, ya’ni otasi Mahmud Yugnakiy, o’zi Adib Ahmad Yugnakiy va o’g’li muhaddis Abu Homid Ahmad ibn Abu Ahmad al-Yugnakiylar haqida ma’lumot beradilar. Tadqiqotchi SH.Kamoliddin xulosalari O’rta Osiyo turklari orasida VIII-IX asrlarda harbiy-siyosiy, ilmiy-madaniy harakat shu’ubizm mavjudligini isbotlab, ularning ko’pgina vakillarini xalifalikning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida yuqori pog’onalarni egallab turganligini ko’rsatadi.
Bizning fikrimizcha, – deb yozadi tadqiqotchi, – Adib Ahmadning otasi turk shu’ubizmining ilk vakillaridan bo’lib, VIII asrning o’rtalarida Abu Muslim qo’zg’olonining Xurosondagi harakatida qatnashgan bo’lishi mumkin. Abbosiylar xalifalik boshiga kelganda, adibning otasi Xalifa al-Mansurning turk qo’shinida xizmat qilgan. Uning o’g’li Adib Ahmad fiqh va hadisni o’rganib shoir sifatida «Hibat ul-haqoyiq» asarini yozgan.
Shoir ko’zi ojiz bo’lganligi uchun bu asarning ilk nusxasi otasi Mahmud Yugnakiy tomonidan uyg’ur xatida yozib olingan, keyinchalik esa uning o’g’li Ahmad (Muhammad) Yugnakiy tomonidan Samarqandda arab xati bilan ko’chirilgan bo’lishi mumkin.
Yuqoridagilarga asosan, — deydi olim — o’rta asr turkiy tilli adabiyot va islomiy yozma udumlarning vaqti ilgari aytilganidek, XI asr emas IX asr boshlaridan deb hisoblash mumkin. Garchi Islom dini tarqalgan davrdagi birinchi turkiy tilda yozilgan asar XI asrda «Devon al-lug’at at-turk» deb hisoblanib kelingan bo’lsa-da, Somoniylar davrida X asrda Qur’onning ilk bor turkiy tarjimasi (Qatorlar orasida interpolyatsiya qilinganligi) amalga oshirilgan. Alisher Navoiy o’zining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Adib Ahmadni Bog’doddan 4 yig’och masofada bo’lgan qishloqda yashaganligi, turkligi, tug’ma ko’zi ojiz ekanligi haqida xabar berib, uning musulmon fiqhshunosligi hanafiylar mazhabi asoschisi Imom Abu Hanifa an Nu’mon ibn Sobitdan (699-767 yillar) ushbu mazhabning bo’lg’usi buyuk faqihlari imom Muhammad ash Shayboniy (749-805 y.) hamda Abu Yusuf al Ansori (731-804 y.) bilan birgalikda saboq olganligini ta’kidlaydi.
Buyuk Imomdan «Shogirdlaringiz orasida qaysidan andoqki ko’nglunguz to’lar, rozisiz» deb so’raganlarida «Imom Muhammad hamda Abu Yusuf va uning hamsaboqlaridan», deb javob beribdilar. «Ammo ul ko’r turkki, saffi ni’olda (quyida oyoq kiyim yechadigan joyda) ulturur va bir mas’alani mazbut qilib (ochiq bayon qilib, mustahkamlab), to’rt yig’och yo’l yayog’ kelib borur, andoqki kerak ul tahsil qilur» deb javob bergan. «Aksar turk ulusida hikmatu nuqtalari shoe’dur»,- deb yozadi Alisher Navoiy. Demak, Adib Ahmad Imomi A’zam Abu Hanifa ibn Sobit al Kufiydan saboq olgan bo’lsa, uning ijodi va faoliyati vaqti VIII-IX asrlarga to’g’ri keladi.
As-Sam’oniy «Yug’anak Samarqand qishloqlaridan» ekanligini, Abu Homid Ahmad ibn Abu Ahmad al Yugnakiy (Adib Ahmadning o’g’li)ni taniqli muhaddislaridan biri sifatida ta’riflagan. U kishi Sohib ibn Muslim al-Balxiy, Abdurahim ibn Habib al Bag’dodiy va Abu Isoh Ibrohim ibn Is’hoq as-Samarqandiylardan hadis ilmini o’rganganligini, uning o’zidan esa Abdulloh ibn Ma’sud ibn Komil as-Samarqandiy hadis rivoyat qilganligini yozib qoldirgan. Ya’ni as-Sam’oniy adibning o’g’lini VIII-XII asrlarda o’tgan muhaddislar qatorida tilga olgan. Shuning uchun ham ushbu muhaddislarning yashab o’tgan asri, yillari aniqlansa ham Adib Ahmadning yashagan davri tabiiyki, hech shubhasiz, isbot bo’lgan bo’lur edi. Shunday qilib, adabiyotshunos olim prof. M.Imomnazarov hamda taniqli sharqshunos – tarixchi olim SH.Kamoliddinlarning nodir manbalar asosida olib borgan tadqiqotlari natijasida Adib Ahmad Yugnakiyning ijodi va faoliyati aniq sanasi XII-XV asrlar emas, VIII asrning ikkinchi yarmi va IX asrning birinchi yarimlari ekanligi ma’lum bo’ladi. Biz ham ushbu olimlarning bu boradagi fikrlarini ma’qullaymiz.
Xo’sh, ushbu sanalarni tan olish tarixiy haqiqatning tiklanishi, islomiy davrdagi turkiy adabiyot, yozma namunalarining vujudga kelishi, shuningdek o’zbek yozma adabiyoti tarixining IX asrlardan boshlanishi haqidagi muhim xulosalardan tashqari, biz tarixchi – huquqshunoslar uchun qanday ahamiyati bor?
1. Turkiy tildagi fiqhiy adabiyot «Hibat ul-haqoyiq» islom axloqi va g’oyalarini Qur’on oyatlari va hadislar asosida oddiygina qilib tushuntirib berishga, targ’ib qilishga qaratilgan asarlar IX asrdayoq paydo bo’lganki, buni yuqoridagi manba ko’rsatib turibdi.
2. Bu holat tarixiy davri jihatidan Somoniylar davlati va huquqining boshlang’ich davriga to’g’ri keladi. Bu ajablanarli emas, garchi ulamolar Qur’onni boshqa tillarga tarjima etilishini ma’qullamagan bo’lsalar-da aynan ana shu davrda Qur’on satrlar orasida (interpolyatsiya) turkiy tilga tarjima qilingan edi.
3. Movarounnahr fiqh maktabi faoliyat ko’rsatgan davrlardayoq (VIII-XIII asrlar) turkiy tilda ham fiqhiy-axloqiy yo’nalishdagi asarlar yaratila boshlaganini ko’rsatadi. Bunga otasi Adib Ahmad Yugnakiy va o’g’li Muhaddis Abu Homid Ahmad Yugnakiylarning faoliyatlari misol bo’la oladi. Bundan tash¬qari, yana shu narsani keltirish mumkinki, o’sha davrda ota-bola shoir, muhaddis va faqihlar ko’p uchragan, bu holatni manbalar ko’rsatib turibdi. (Masalan, Abu Hafs Kabir Buxoriy va uning o’g’li Abu Hafs Buxoriy, Abu Laysiy va boshqalar).
4. Adib Ahmadning amalda islom fiqhi hanafiya maktabi asoschilaridan bo’lgan, buyuk imom Abu Hanifa ibn Sobitdan saboq olishi bu ham tarixiy haqiqatga yaqin. Chunki adibning asarlari shu mazhab qoida va hukmlarining turkiy xalqlar orasida, ular uchun yaqin bo’lgan-turkiy til orqali keng yoyilishiga sabab bo’lganki, turkiy xalqlarning aksariyati hozirgacha hanafiya fiqhiy maktabi tarafdorlaridir.
5. Islom huquqi, uning manbalarining turkiy xalqlar orasida keng yoyilishi «Movarounnahr fiqh maktabi» an’analarining rivojlanishiga Adib Ahmad va As-Sam’oniy taniqli muhaddislardan biri sifatida ta’riflagan Abu Homid Ahmad ibn Abu Ahmad al Yugnakiylar munosib hissa qo’shganlar.
«HIBAT UL-HAQOYIQ»NING O’RGANALISH
TARIXIGA BIR NAZAR
Amira Shukurova
Sharq mumtoz pandnoma adabiyotinig vakili Ahmad Yugnakiy X-XII asrlarda ijod etgan iste’dodli shoiridir. Adib Ahmad hayoti va ijodini tadqiq etish uzoq asrlardan buyon davom etib kelmoqda. Bu borada Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari alohida ahamiyatga ega. Qolaversa, usmonli turk adabiyotshunosligida ham yugnakiyshunoslik, “Hibat ul-haqoyiq”ni tahlil va talqin etilgan tadqiqotlar ancha.
O’zbek adabiyotshunosligida Ahmad Yugnakiy va uning dostoniga doir ilmiy izlanishlar N. Mallaev, Q. Mahmudov, G. Xo’janova, R. Vohidov tadqiqotlarida, shuningdek, o’tgan asrning 90-yillar matbuotida e’lon qilingan M. Imomnazarov, E. Umarov, I. Haqqul, H. Boltaev, N. Rajabov, Q. Tohirov kabi olimlarning maqolalarida kuzatiladi.
Usmonli turk adabiyotshunosligining vakili Banarli Nihad Samining “Resimli Turk Edebiyati Tarihi. Destanlar devrinden zamonamiza kadar”nomli asarida Adib Ahmad hayoti va ijodi masalasi yoritilgan maqola ham o’rin olgan.
Tadqiqotda Ahmad Yugnakiy yashagan davr, ijodkor shaxsiyati, “Hibat ul-haqoyiq” dostoni, asarning keyingi davr adabiyotiga ta’siri kabi masalalar yoritiladi.
Banarli Nihad Sami Adib Ahmad haqida dastlabki ma’lumotlar halq og’zaki ijodiga borib taqalishini e’tirof etib, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asariga murojaat etadi.
Darvoqe, Navoiy bu asar orqali Ahmad Yugnakiy haqida aniq ma’lumotlarni yetkazadi.
Navoiy yozadi: “…Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmat va nuqtalari shoe’dur. Nazm tariqi bila aytur ermish…” deb kiyidagi keltiradi:
Sungakka iliktur, eranga bilik,
Biliksiz eran ul iliksiz sungak.
Uluglar ne bersa, yemasmen dema
Ilik sun, ogiz ur yemasang yema. 1
Bu ma’lumotlar yugnakiyshunoslikda muxim axamiyatga ega.Chunki birinchidan, uning qaerda yashagani, ikkinchidan, ustozi va hamsaboqlari, uchinchidan, Adibning yashagan davri, undagi ma’naviy-madaniy muhit, to’rtinchidan jismoniy ahvoli, beshinchidan, hayotda tutgan mavqei va asarlarining ahamiyati, ijod yo’nalishi va h.k.2
O’zbek adabiyoti tarixining ilk namunalaridan biri bo’lgan Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» dostoni tahlil etilgan barcha manbalar, o’quv adabiyotlarida undagi boblar miqdori bilan bog’liq muammo tilga olinadi:
Tug’a ko’rmas erdi adibning ko’zi,
Tuzattim bu o’n to’rt bob ichra so’zi (243).
Dostonning kotib tomonidan o’n to’rt bob qilib ko’chirilganligi yoki tuzilganligi ta’kidlangan. Biroq, qator olimlar, xususan, N.Mallaev 3, Q.Mahmudov 4, R.Vohidov 5 larning fikricha, hozirgi holatda u o’n bir bobdan iborat bo’lib qolgan. Bu holat kotiblar (xususan Abdurazzoq Baxshi) tomonidan kiritilgan o’zgarish, ya’ni ayrim bob nomlarining tushirib qoldirilishi va bir-biriga yaqin mazmunli boblarning qo’shilib ketishi sifatida izohlanadi: «Mutaxassislarning fikricha, bunday tafovut kotiblar tomonidan ayrim boblarni ko’rsatuvchi sarlavhalarning tushirib qoldirilishi oqibatida sodir bo’lgan bo’lishi mumkin» (11, 87). Binobarin, dostonda mavjud bo’lgan quyidagi 11 ta matn bobning nomi yoki sarlavhasi sifatida e’tirof etilgan:
1. Bismillohir rahmonir rahim (parvardigor hamdi).
2. Fi na’til nabiyi alayhissalom (payg’ambar na’ti).
3. Fi madhin amiril ajalin Dad Sipahsalar Bek alayhirrahmati valg’afranu (hukmdor madhi).
4. Mujibi ta’lifi hazal kitabi va muqtazi (kitobning yozilish sababi).
Mazkur to’rt bob doston muqaddimasini tashkil etadi.
5. Annav’ul avvalu fimanfaatil ilmi va mazratil jahili
Birinchi bob: Ilm manfaati, jaholat zarari haqida.
6. Annav’us soni hifzillisani va sa’i adabiha va rusumiha.
Ikkinchi bob: Tilni asrash va odob-axloqqa intilish haqida.
7. Annav’us solisu fi taqallibid dunya va tag’ayyiri ahvaliha.
Uchinchi bob: Dunyoning qalb-egri ekanligi va holatlarning o’zgaruvchanligi haqida.
8. Annav’ur robi’u fi barris saxavati va mazallatil buxli.
To’rtinchi bob: Saxovatning baraka keltirishi va baxillikning zalolatga yetaklashi haqida.
9. Annav’ul xomisu fil amri bittavazi’ fizzahri ‘anat takabburi val hirsi afitus sala zilli sadiqul mantiqi.
Beshinchi bob: Tavozelik manfaati, kibrlik va harislikning zarari haqida.
10. Annav’ul uxra fi abya’in mutafarriqatin yashtama’ilu ‘ala ma’anin muxtalifatin.
Oxirgi bob: Turlicha ma’no bildiruvchi baytlar.
Mazkur olti bob asosiy qism sifatida e’tirof etiladi.
11. Fil ‘uzri bitamamil kalami.
So’zning(asarning) tugallanishi uzri (sabablari).
Yuqorida ham qisman aytib o’tilganidek, bu masalada boshqacha fikrlar ham aytilgan. Xususan, M.Imomnazarov dostonning 14 bobdan iborat ekanligini e’tirof etadi.6 «O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari» majmuasini to’plovchilarning fikriga ko’ra asar 16 bobdan iborat: «Pand-nasihat ruhidagi doston nomi bilan adabiyot tarixiga kirgan ushbu asar XVI bobdan iborat». 7 Biroq ikkala o’rinda ham fikr izohlanmaydi.
Bu masala S. Tohirovning “Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-Haqoyiq” dostoni matn, tadqiq va tahlil” nomli riolasida ham tadqiq etilgan. Bunda tadkikotchi asar matniga tayanib, dostonni 14 bob deb e’tirof etadi va kuyidagicha xulosaga keladi:
1. «Hibat ul-haqoyiq» dostonining muqaddima qismi manbalarda qayd etilganidek, to’rt bob emas, besh bobdan iborat. To’rt xalifa madhiga bag’ishlangan qismni alohida bob sifatida ajratish uchun asoslar yetarli.
2. Dostonning asosiy qismi hozirgi holatda oltita emas, yettita bobdan tashkil topgan. Asarda faqat bob nomlaridagina qo’llangan «nav’» so’zi va «fi» (haqida) predlogining mavjudligi «Annav’ul amri fi makarimil axlaqi vattahris ‘a
FOYDALANILGAN ADABOTLAR
1 Alisher Navoiy. Asarlar. 15-tom. T.: 1968. 156 bet.
2 Imomnazarov M. Adib Ahmad qachon yashagan? // O’zbekiston adabiyoti va san’ati. – 1995, 31-mart
3 Mallaev N. O’zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O’qituvchi, 1976. 116-bet.;
4 Mahmudov Q. Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asari haqida. – Toshkent: Fan, 1972. 11-bet.
5 Vohidov R., Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. — Toshkent: Adabiyot jamg’armasi, 2006. 87-bet.
6 Imomnazarov M. Ahmad Yugnakiy. Ma’naviyat Yulduzlari. – Toshkent: Xalq merosi, 2001. 151-bet.
7 O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari. – Toshkent: Fan, 2003. 195-bet.
8 Olim boblarni raqamlar bilan emas harflar bilan nomlagan. Bir xillikni saqlash maqsadida ular raqamlar bilan keltirildi.
9 Banarli Nihad Sami.Resmli Turk Edebiyati Tarihi.-Istanbul
Do'stlaringiz bilan baham: |