Sport pedagogik maxoratini oshirish



Download 54,47 Mb.
bet15/157
Sana25.01.2022
Hajmi54,47 Mb.
#409814
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   157
Bog'liq
badiiy gimnastikada xoreografiya

3.2.3 SAKRASH

Gimnatikada xoreografik tayyorgarlik vositalarinig eng turli-tuman guruhiga sakrashlarni kiritish mumkin. Gimnastikada sakrashlarning ikki ko’rinishi mavjud: irg’ish (sanchish) va sakrashlarni o’zi. Bulardan birinchisi kichik amplitude va uncha baland bo’lmagan parvoz bilan bajariladigan sakrashlarni anglatadi, ikkinchisi katta amplitudali sakrash bo’lib, ularni bajarish paytida uchish vaqti ancha uzoq bo’ladi. Bu harakatlat guruhi muntazanm ravishda yangi shakillar bilan boyib bormoqda. Sakrashlarning yangi shakllarini yaratish turli yo’llar bilan amalga oshadi; uchish bosqichi paytida tana holatini o’zgartirish bilan, ikki xil oddiy sakrashni bitta murakkabroq sakrashga birlashtirish yo’li bilan; uchish bosqichiga aylanma harakatni qo’shish bilan; uchish bosqichidagi aylanishlar miqdorini oshirish bilan va boshqalar.

Murabbiy va xoreografning fantaziyasi erishilgan darajada to’xtab qolmaydi. Shunisi aniqki, yangi shakildagi sakrashlar soni yana ortib boraveradi. Shu sababdan keltirilgan sakrashlar tasnifi ma’lum ma’noda shartli, lekin u yangi elementlarni yaratishga yordam berishi mumkin. (3.3 - rasm).

Erkin mashqlar hamda xoda ustida bajariladigan mashqlardagi barcha xoreografik elementlarning katta qismi sakrashlarga to’g’ri keladi. Ular hakamlar tomonidan yuqori baholanadi, murakkablik darajasi turlicha bo’ladi va musobaqalarda mukofot olishga imkon beradi. Shuning uchun sakrash tayyorgarligi xoreografiyada jiddiy ahamiyatga ega bo’lib, muntazam takomillashtirilib borilishini talab qiladi. Gimnastikada murakkab sakrashlarga o’rgatish va ularni takomillashtirish uchun batutdan sakrashni yengilroq sharoitda bajarishga ko’maklashuvchi vosita sifatida foydalanish mumkin.

Gimnastikachi qizlar sakrashlarning baletga xos shakillariga berilib ketmasliklari kerak, chunki ular ijro texnikasiga ko’ra gimnastikadagi sakrashlardan birmuncha farq qiladi. Tuzilishi va texnikasi o’xshash bo’lgan sakrash turlari bundan mustasno (masalan, shpagatga sakrash, oyoqlarni almashtirib sakrash va bosh.). gimnastikadagi ko’pgina sakrash shakllari xalq-sahna raqslaridan yoki sportning o’xshash turlaridan olingan. Masalan ikki tomonga kerilgan oyoqlar bilan itarilib sakrash, - “qurbaqacha”, ikki oyoq bilan itarilib shpagatga sakrash, oyoqlarni bukib sakrash va boshqalar.

Sakrashlarning xilma xilligi tufayli ularni ijro etish texnikasida tafovutlar katta. Biroq barcha sakrashlar, shakli va bajarish usulidan qat’iy nazar, ularning samaradorligini belgilovchi o’ziga xos xususiyatlarga ega (Lisitskaya, 1977; Lisitskaya, 1984; goverdovskiy, 2002)



  • Har qanday sakrsh tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlardan iborat. Tayyorgarlik bosqichi – bu quvvat hosil qiluvchi harakatlardir. Zarb bilan yugurib kelib sakrashda u yugurib kelish, qo’llarni siltab irg’ishni o’z ichiga oladi. Joyidan sakrashda zo’riqib yarim chunqayish bilan qo’llarni siltash bajariladi. Asosiy bosqich – bu bevosita itarilish hamda shu sakrash turiga xos bo’lgan vaziyatni saqlab uchishdan iborat. Yakunlovchi bosqich tarkibiga yerga tushish va amartizatsiyalovchi harakatlar kiradi;

  • Sakrash oldidan yugurib kelish samarali va ayni paytda xoreografiya qonunlari nuqtai nazaridan estetik ko’rinishga ega bo’lishi lozim (bosh, gavda, qo’l va oyoqlarning holati);

  • Itarilish oyoqlarning barcha bo’g’imlari, ayniqsa, kaftning faol rostlanuvchi harakatlari bilan yakunlanishi kerak. Itarilishni bajarish oldidan tovonni poldan uzish mumkin emas;

  • Uchish bosqichida qo’llar holati sakrashga halal bermasligi, balki unga ko’maklashishi lozim;

  • Yerga tushish tarang zo’riqtirilgan (bo’shashmagan) oyoqlarga aniq ifodalangan amartizatsiya bilan prujinasimon tiraluvchi harakat orqali bajariladi. Tananing qat’iy bir holatini saqlamagan holda oyoqlarning yumshoq izchil bukilishi yerga tushish paytida zarbani yumshatishga imkon beradi va mushak bog’lam apparati shikastlanishining oldini oladi;

  • Sakrashlar seriyasini bajarganda, ya’ni har bir avvalgi sakrashning yakunlovchi bosqichi ayni vaqtda keying sakrashning tayyorgarlik bosqichi bo’ladigan faoliyatlarda oyoq uchidan butun kaftga yumalovchi harakatni bajarib, zo’riqtirilgan oyoqlarga tushish masalasi juda muhim;

  • Sakrashning samaradorligi mezoni – uning balandligi, uchish bosqichining davomiyligi, saqlangan holatning estetikligi hamda texnik jihatdan to’g’ri yerga tushishdir.



3.3 O’zbek raqs




Download 54,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish