Ikkinchi xili. Bu harakat bir joyda va yurganda ijro etiladi. Qo‘llar ikkinchi holat balandligida ham oralari elka kengligvda. Kaftlar odsinga, barmoq uchlari yuqoriga qaragan. Guldastalar o‘zidan tashqariga burilib-burilib, ikkala qo‘l beshinchi holatda, o‘ng tomonga tushadi. Ung qo‘l rasmiy holatda kafti ochiq tushadi. CHap qo‘l ettinchi holatda bo‘ladi. 2-takt chap tomonda takrorlanadi (39, 40-rasmlar).
“Oy jamol” harakati.
Musiqa o‘lchovi 4/4. 2takt.
Birinchi xili. Bu harakat avjga o‘tirganda yoki bir joyda turganda ijro etilatsi. Qo‘llar oltinchi holatda, kaftlar bir-biriga ro‘baro‘.Bir marotaba rasmiy qarsak. CHap qo‘l kafgi yuqoriga qaragan, o‘ng ko‘krak tagiga keladi. O‘ng qo‘ldastasi esa chap yuz tomonga, kafti pastga qaragan holda keladi.O‘ng qo‘l har zarbga barmoq qarsillatib, chap tomonsan iyak tagidan o‘ng yuz tomonga o‘tadi, so‘ngra ikkinchi holat orqali birinchi holatga ochiladi. Qo‘llar beshinchi holatda qoladi. Mazkur harakat barmoq qarsillatmasdan ham bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |