Mavzu: Tabiiy birikmalarning boshqa turlari. Feromonlar
Prostaglandin va tromboksanlar lipid qatori biorgeulyatorlar qatoriga kiradi. Ular polien kislotalarni oksidlangan hosilalari bolib uglevodorod zanjirida besh yoki olti ahzoli halqa tutadi. Sutemzuvchilarning barcha toqimalarida mavjud bolib, turli xil fiziologik faollikni namoyon qiladi. Biologik stimul(turtki)ga javoban hujayra ichidagi fermentlar ishtirokida sintezlanadi. Sintezlangan joy atrofida oz tahsirini korsatadi. 1930 yillarda izlanishlar boshlanib samarali natijalar olingan. Eyler lipidlar sinfiga kiritib prostaglandin(‘G) nomini taklif etgan, chunki u vaqtda faqat prostata bezida hosil boladi deb hisoblanar edi. 1962 yili Byorgstrem tuzilishini isbotladi, 1963 yili Abraxamson esa RSA usulida tasdiqladi. Araxidon kislotasini fermentativ oksidlanishi natijasida prostaglandinlar hosil bolishi mahlum boldi. On tur prostaglandinlar(A,B,C,D,E,F,G,H,I,J) va ikki tur tromboksanlar(TX: A va V) aniqlangan. ‘G lar tsiklopentanon halqasiga ega boladi. Tromboksanlarga esa tetragidropiran halqasi xos boladi. ‘G va TX lar kimyoviy nuqtai nazardan karbon kislotalar bolib on beshinchi holatda allil gidroksilini tutadi. Qoshboglar soniga ora ular uch xil qatorlarni tashkil qiladi: pastki indeksda 1,2,3 raqamlar bilan belgilanadi.
Prostaglandin va tromboksanlar allil gidroksil guruhini tutishi sababiga yuqori reaktsion qobiliyatga ega moddalar hisoblanadi. Ular C15 atomidan oson epimerlanadi, oksidlanadi yoki degidratlanadi. Natijada prostaglandin yoki tromboksan tutgan dorilar oz fiziologik faolligini yoqotadi.
Masalan, ‘GA2 va TXA2 albumin bilan reaktsiyaga kirishib, biologik faolligini yoqotadi. Tabiiy konfiguratsiyaga ega bolgan prostaglandinlarni sintezi ota murakkab hisoblanadi(E.Kori tomonidan amalga oshirilgan).
2-ilova
Prostoglandin va tromboksanlar organizmni bir qator muhim funktsiyalarini mehyorlashtirishda ishtirok etadilar. Masalan, ‘GE1 va ‘GF2 lar homilaning yurak qon tomir faoliyatini boshqarishda muhim rol oynaydi.
Hasharotlarning hayotiy jarayoni bir necha bosqichlardan iborat: tuxum rivojlanishi, lichinkaga otishi, song undan kukolkani hosil bolishi va voyaga yetgan hasharotga otish. Bu metamorfoz neyrosekretor bezlar tomonidan ajratiladigan bioregulyatolrlar ishtirokida amalga oshadi. Hasharotlarning gormonal boshqarilishi birinchi bor 1934 yili Uiglsvort tomonidan aniqlangan. Bunda ikki xil gormonlar faoliyat qilishi mahlum bolgan. Birinchi turi yuvenil gormonlar(yosh) katta hasharotgacha otadigan jarayonni boshqaradi. Ikkinchi tur gormonlar ekdizonlar deb ataladi. Ekdizonlar yuvenil gormonlarni tahsirini pasaytirib, katta hasharotlarni metamorfoz(postini yangilash) jarayonini boshqaradilar. Yuvenil gormonlar kimyoviy nuqtai nazardan seskviterpen tabiatga ega boladi. 1956 yili birinchi yuvenil gormon(gormon 0) kapalaklardan Vilyams tomonidan ajratib olingan. Keyinroq yana uch xil(I-III) yuqori biologik faolikka ega bolgan yuvenil gormonlar turli hasharotlardan chiqarilgan.
Hasharotlarning hayotida, ularning bir-biri bilan muloqot qilishda ularning endokrin bezlari tomonidan ajratiladigan quyi molekeulyar bioregulyatorlar muhim rol oynaydi. Bunday moddalarni feromonlar deb ataydilar. Ularni orasida bezovtalik, agressiya kabi hissiyotlarni yetkazib berish, yashash maydonini belgilash uchun ishlatiladigan moddalar mavjud. Feromonlar juda kam miqdorda oz vazifasini bajarish qobiliyatiga ega. Masalan, suvaraklar 10-14 mkg/ml dozada(1ml havoda 25 dona molekula!) feromonlar orqali yuborilgan mahlumotni qabul qiladilar. Tabiiy feromonlarning kopchiligi kopkomponentli aralashmadan iborat boladi. Hozirgi davrda Le’ido’tera turkumidagi kapalaklarni feromonlari yaxshi organilgan. Ularning kopchiligi toyinmagan alifatik spirt, ularning aldegid va atsetat hosilalari tuzilishiga ega.
CH3(CH2)mCH=CH(CH2)nR
Bunda R=OH, OCOCH3 yoki CHO bolishi mumkin. Uglevodorod zanjirining uzunligi C12-C16 boladi. Qoshboglarning soni va holati hamda qoshbog’ boyicha konfiguratsiya turli bolishi mumkin. Bu turdagi moddalar axiral birikmalar bolib, ularning biosintezi lipidlarga oxshash otadi.
(9Z )-tetradetsenilatsetat
(10E, 12Z )-geksadekadienol(bombikol)
Do'stlaringiz bilan baham: |