Xudoyarov Abror
- Kompaniya oʻz tarixini 1975-yilda, Harvard universiteti talabalari Bill Gates va Paul Allen 1975-yil 1-yanvarda “Popular Electronics” jurnalida yangi Altair 8800 shaxsiy kompyuteri uchun Basic dasturlash tili interpretatori ishlab chiqish toʻgʻrisidagi maqolani oʻqishgandan soʻng boshlandi. Ular oʻz kompaniyasini “Allen va Geyts” deb nomlashni oʻylashdi, lekin ular yuridik firma uchun Pol taklif etgan “Micro-Soft”[5] yaʼni “microcomputer” va “software” — mikrokompyuterlar uchun dastur nomini maʼqul deb topishdi. Uch kishini ish bilan ta’minlagan yangi kompaniya oʻzining birinchi yilini 16 005 dollar tovar aylanmasi bilan yakunladi
Kompaniya tarixi
Microsoft aksiyalari quyidagicha taqsimlanadi: Bill Gates 7,55%, Stiv Balmer 4,66%, korporatsiyaning boshqa menejerlari bir foizdan kamroqni tashkil qiladi, qolgan qimmatli qogʻozlar NASDAQ (Nyu York birjasi)da erkin sotuvda. 2021-yil iyul oyida korporatsiyaning bozor kapitallashuvi 2,14 trillion dollar deb baholandi - Microsoft aksiyalari quyidagicha taqsimlanadi: Bill Gates 7,55%, Stiv Balmer 4,66%, korporatsiyaning boshqa menejerlari bir foizdan kamroqni tashkil qiladi, qolgan qimmatli qogʻozlar NASDAQ (Nyu York birjasi)da erkin sotuvda. 2021-yil iyul oyida korporatsiyaning bozor kapitallashuvi 2,14 trillion dollar deb baholandi
Raxbariyat va xodimlar
- Kompaniya direktorlar kengashining ijrochi boʻlmagan raisi Jon Tompson, bosh ijrochi direktori esa Satya Nadella hisoblanadi
- Microsoft oʻn kishidan iborat direktorlar kengashi tomonidan boshqariladi.
. - Turli masalalarni koʻrib chiqish uchun 5 ta qoʻmita mavjud: audit (auditorlik masalalari bilan bog'liq), kompensatsiya (kompaniya xodimlariga kompensatsiyalarni tasdiqlaydi), moliyaviy (moliyaviy muammolarni hal qilish), boshqaruv va nomzodlik (turli ichki muammolarni hal qilish) va inqirozga qarshi (prognozlash va inqirozlarni oldini olish) qoʻmita faoliyat koʻrsatmoqda.
- Microsoft korporatsiyasi dasturiy va texnik vositalarning keng assortimentini ishlab chiqaruvchisi boʻlib, u birinchi navbatda Windows oilasining operatsion tizimlari, shuningdek hujjatlari bilan ishlash dasturi — Microsoft Office bilan butun dunyoga mashhur boʻldi. Bugungi kunga kelib korporatsiya turli xil mahsulotlarni ishlab chiqaradi: server dasturlari toʻplamlari, oʻyinlar, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish vositalari va Xbox oʻyin konsollari shular jumlasidandir.
Kompaniya faoliyati
- Yakunlangan chorakda Microsoft kompaniyasining daromadi $46,15 mlrd ga oʻsdi. 2020-yilning shu davrida mazkur raqam $38 mlrd ni tashkil etgandi, deyiladi kompaniya hisobotida.
- Kompaniyaning chorakdagi sof daromadi $16,45 mlrd ga koʻtarildi, bunda har bir aksiya $2,17 ni tashkil etgan.
Iqtisodiy ko’rsatkichlari
- Shuningdek, Intelligent Cloud bulutli platformasidan tushum $17,4 mlrd, More Personal Computing xizmatidan $14,1 mlrd tushum kelgan.
- Tijoriy Windows, bulutli xizmatlardan va tijorat Office mahsulotlaridan olingan daromad 20% ga, Dynamics 33%, Search Ads esa 53% ga oshdi.
- Server mahsulotlaridan va bulutli xizmatlardan olinadigan daromad Azure daromadlarining oʻsishi hisobiga 34% ga oʻsgan
- Microsoft» dunyoning eng qimmat kompaniyasi — Nyu-York fond birjasida 29-oktyabr kuni o‘tkazilgan savdolar yakunida kompaniya kapitalizatsiyasi $2,46 trillionga yetdi.
- Ikkinchi o‘rinda — «Apple» ($2,41 trln.). Bir kun oldin chorak hisoboti chiqqanidan so‘ng, «Apple» aksiyalari qiymati 4 foizga pasaydi. Kompaniya tahlilchilar kutganidan kam daromad olgan.
- Ushbu kompaniya boshqaruvida qo’mitalar tashkil etilgani va direktorlar kengashi tomonidan boshqarilishi kompaniya rivojiga katta hissa qo’shadi. Ayniqsa yillik yig’ilishda ko’p ovoz to’plolmaganlar istefoga chiqishi kerakligi esa har bir xodimni shijoatga chorlaydi. Aynan ushbu tomonlarini O’zbekistonga tatbiq qilish mumkin degan fikrdaman.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |