d) rivojlantiruvchi: o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, husnixat bilan yozish ko‘nikmasini rivojlantirish, lug‘at boyligini boyitish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: interfaol metod, aqliy hujum, suhbat, «Kim topqir?», «Xatoni tuzating».
Dars shakli: yakka tartibda, guruh bilan ishlash.
Dars jihozi: darslik, AKT, didaktik tarqatma materiallar, mavzuga oid rangli tarqatma rasmlar, multimedia vositalari.
Nazorat: o‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: maktabimiz, o‘qituvchi, sinfdoshim, ikka qavatli, oshxona, sport zali, sinf, parta, stol, stul, kitob javoni, kiyim javoni, katta, yorug‘, keng, ozoda, chiroyli, o‘qiymiz, yozamiz, qo‘shiq aytamiz, dars tayyorlaymiz sinf xonalari, sport zali, o‘qituvchilar xonasi, kompyuter xonasi, sport maydonchasi, kutubxona, maktab oshxonasi, oshxona binosi, yorug‘, shinam.
Do'stlaringiz bilan baham: |