So‘z boshi



Download 1,69 Mb.
bet1/90
Sana13.05.2020
Hajmi1,69 Mb.
#51126
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
4 -синф методика (Восстановлен)



So‘z boshi

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi» ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Shunga ko‘ra, bugungi kunda ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashga katta e’tibor qaratilmoqda. Birgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturining mazmun-mohiyati ham bolalarni jismonan va ruhan maktab ta’limiga tayyorlash, ularda so‘z boyligi, og‘zaki nutqini shakllantirish uchun metodik jihatdan ta’minlash, pedagogik ishlarni o‘rganish va tahlil qilish, nihoyat, pedagogik faoliyatni takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish, ushbu jarayonni maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab, ta’limning keyingi bo‘g‘inlarida uzviylik va uzluksizlikda bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalariga qaratilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qitish sifatini yaxshilash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshi hamda psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatiga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va darsliklarning multimedia ilovalarini yaratish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1–2-sinf o‘qituvchilari uchun 7 nomda metodik qo‘llanmalar va multimedia ilovalari yaratildi. Ushbu jarayonning mantiqiy davomi sifatida «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 4-sinflari uchun «O‘zbek tili» o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma (multimedia ilovasi bilan)da o‘zbek tiliga o‘rgatishning maqsadi, mazmuni va o‘ziga xos jihatlari bilan bir qatorda darslik materiallarining o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishida amaliy yordam beradigan dars jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini hamda o‘yin usullarini qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.
O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan kompetensiyaviy yondashuvga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartida O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari, o‘quvchilarning egallashi kerak bo‘lgan minimal talablari kompetensiyaviy yondashuvga yo‘naltirilgan holda belgilab berildi.

O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsadi:

o‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, eshitilgan axborotni idrok etish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish;

o‘zbek adabiyotining eng sara namunalari, o‘zbek xalqining tarixiy, madaniy hayoti, jahon madaniyatiga va milliy madaniyatga hissa qo‘shgan buyuk allomalar ijodiy merosini o‘rganish orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish malakasini rivojlantirishdan iborat.

o‘zbek tili fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

o‘quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun o‘zbek tili fani bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;

o‘quvchilarning o‘zbek tilida og‘zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;

o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.


Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish