Guruhlarda ishlash. Slaydda ayrim so‘zlar tushirib qoldirilgan matn ko‘rsatiladi. Guruhlarga kartochkalar tarqatiladi. Kartochkalarda tushirib qoldirilgan so‘zlar yozilgan. O‘quvchilar tushirib qoldirilgan so‘zlarni joy-joyiga qo‘yib yozadilar va o‘qiydilar. Topshiriqni birinchi bajargan guruh taqdimot qiladi. Guruhlar bir-birlarining xatolarini tuzatib boradilar.
Namuna: Mening vatanim – O‘zbekiston. Men Buxoro shahrida tug‘ildim. Bu shaharga ko‘p sayyohlar keladi. O‘zbekistonda qadimiy shaharlar ko‘p.
Grammatik mavzu bo‘yicha topshiriq beriladi va guruhlarda ishlanadi.
Topshiriq: Qaer? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarni ajratib yozish 2-3ta gap tuzish.
Namuna: bormoqda, ko‘cha, kelyapti, O‘zbekiston, kelmoqda, shahar, daryo, qishloq, o‘ynamoqda, tog‘, rivojlandi, sahro, qurilmoqdai.
Do'stlaringiz bilan baham: |