III. Darsni mustahkamlash. «Aql charxi» o‘yini. O‘qituvchi 4 ta so‘zni o‘qiydi. O‘quvchilar eslab qolganlarini yozadilar va o‘qiydilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning yozganlarini tekshiradi va xatolar o‘quvchilar tomonidan tuzatib boriladi.
Namuna: go‘zal, shahar, katta, mashhur.
“Zanjir” o‘yini. O‘qituvchi birinchi bo‘lib so‘z aytadi. O‘quvchilar bu so‘z qaysi harf bilan tugagan bo‘lsa, shu harf bilan boshlanuvchi so‘zni topib aytadilar. So‘z o‘yini shu tarzda davom etadi. Masalan: tabiat, maymunjon, non, nok, kitob, botir, ruchka. 2-variant: lola, ayiq, qirol, limon. 3-variant: atirgul, Laziza, Amerika, anor va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |