III. Yangi mavzuning bayoni.
Slayd. Unli harf bilan tugagan sanoqni bildiruvchi so‘zlarga –
nchi qo‘shimchasi, undosh bilan tugagan
so‘zlarga esa –inchi qo‘shimchasi qo‘shiladi.
Masalan: olti+nchi=oltinchi
sakkiz+inchi=sakkizinchi kabi.
O‘qituvchi slaydda ko‘rsatilgan so‘zlarni daftarga yozish topshirig‘ini beradi.
Eslab qoling. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan eslab qoling ruknida ko‘rsatilgan hafta kunlarini birgalikda talaffuz qiladi.
HAFTA KUNLARI NOMINI YODDA SAQLANG!
1-kun Dushanba
2-kun Seshanba
3-kun Chorshanba
4-kun Payshanba
5-kun Juma
6-kun Shanba
7-kun Yakshanba
Darslik bilan ishlash.
1-mashq. Ikkitadan o‘quvchi namuna asosida sinf doskasida bajaradi.
2-mashq. Nuqtalar o‘rniga –nchi, -inchi qo‘shimchalarini qo‘yib raqamlarni so‘z bilan yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |