Bog'liq Soliqlar va soliqqa tortish haqida ilmiy qarashlar. Umumiy va xu
Klassik soliq nazariyasi (soliqning neytral nazariyasi) ancha yuqori nazariy
ahamiyatga ega bo’lib, ushbu nazariya shotlandiyalik iqtisodchi A.Smit (1723-1790
29
yillar), ingliz iqtisodchisi D.Rikardo (1772-1823 yillar) hamda ularning
davomchilarining ilmiy faoliyatlari bilan bog’liqdir. Bu nazariya tarafdorlari soliqni
davlatning xarajatlarini qoplovchi bir daromad sifatida qarashgan. Ushbu qarashlar
A.Smitning bozor iqtisodiyoti nazariyasiga asoslangan edi. Bozor sharoitida xo’jalik
sub’ektlarining mustaqilligi va erkin faoliyat ko’rsatishi talab etiladi. A.Smit davlat
boshqaruvining markazlashgan shakliga qarshi chiqib, bu borada quyidagilarni
bayon etadi «Markazlashgan boshqaruv tizimidan markazlashmagan boshqaruv
tizimiga o’tish talabni qondirishning maksimal darajaga etishini ta’minlaydi. Bozor
iqtisodiyoti biror bir tarzda boshqarilmasa ham, u qat’iy qoidalarga bo’ysinadi».
A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776)
bu qoidalarni tahlil qilib, erkin raqobat sharoitida bahoni ishlab chiqarish
xarajatlariga mos kelishi va resurslarni tarmoqlar ichida taqsimlanishi misolida
ko’rsatib o’tishga harakat qilgan. Shuningdek, A.Smit davlat bozor iqtisodiyoti
rivojlanishini ta’minlashi va mulkdorlar huquqlarini himoya qilishi kerak deb
hisoblaydi. Bu funktsiyalarni bajarishi uchun davlatga ma’lum miqdordagi
mablag’lar kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning to’g’ridan-to’g’ri daromadi
kamayadi, shuning uchun yuqoridagi xarajatlarni qoplash uchun soliqlardan
tushumlar asosiy o’rinni egallashi kerak. Davlatning boshqa xarajatlarini
moliyalashtirish (qurilish, yo’llar, sud organlarining binolari va boshqalar uchun
xarajatlar) boj va yig’imlar hisobiga, ya’ni ushbu xizmatlardan manfaatdor shaxslar
hisobiga amalga oshiriladi. Shuning uchun soliqlar beminnat xususiyatga egaligi, boj
va yig’imlar esa soliq sifatida qaralmasligiga urg’u bergan.
Klassik nazariya asoschilaridan biri bo’lmish frantsuz huquqshunos olimi
Polya Mari Golmening qayd etishicha, soliqlarning yagona maqsadi davlatning
xarajatlarini qoplashdir. Bu kontseptsiya soliqning «g’aznani to’ldiruvchi va faqat
soliqni moliyaviy funktsiyasini tan oluvchi» vazifasini chegaralaydi va u «davlat-
nazoratchi» kontseptsiyasi bilan bog’liq. Lekin iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishi
bu nazariyani o’zgarishiga olib keldi. Neoklassik nazariya tarafdorlari iqtisodiy
jarayonni noto’g’ri ko’rsatish oqibatida soliqqa tortish bir sohaga ijobiy ta’sir etsa,
ikkinchi sohaga salbiy ta’sir etishini inobatga olgan holda soliqni iqtisodiyotga
ta’sirini rad etmaydilar.
Soliqqa tortishning klassik nazariyasi hozirgi kunga kelib bir qadar o’z kuchini
yo’qotgan, chunki hozirgi kunda jiddiy salbiy iqtisodiy oqibatlarsiz soliqlar orqali
milliy mahsulotning 14 qismini undirish mumkin emas. Soliqlarning undirilishi
fuqarolarning sotib olish qobiliyatini kamaytiradi va tadbirkorlarning investitsion
imkoniyatlarini pasaytiradi, egri soliqlar tovar narxini oshiradi va iste’molga ta’sir
etadi, bu esa o’z-o’zidan jamiyatdagi ko’plab iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etadi.