Soliqqa tortishning klassik nazariyasiga ingliz iqtisodchisi Djon Meynord Keyns (1883-1946 yillar) hamda uning izdoshlari izlanishlariga asoslangan keynschilik nazariyasi qarshi chiqdi. Bu nazariyaning markaziy g’oyasi quyidagidan
iborat soliqlar iqtisodiyotni boshqarishning muhim qurolidir, uning muvaffaqiyatli
rivojlanishining tarkibiy qismlaridan biridir. Keyns o’zining «Bandlik, foiz va
pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) nomli ilmiy asarida bayon qilgan fikriga ko’ra
iqtisodiy o’sish faqat to’la bandlik sharoitida pul jamg’armasiga bog’liq bo’ladi.
Ammo to’la bandlikka erishish mumkin emas. Bunday sharoitda katta jamg’armalar
30
iqtisodiy rivojlanishga to’sqinlik qiladi, jamg’armalarni ishlab chiqarishga
qo’yilmasligi passiv daromad manbai hisoblanadi. Shuning uchun salbiy oqibatlarni
bartaraf etish uchun ortiqcha jamg’armalar soliqlar yordamida undirib olinishi kerak.
Keng ma’noda keynsianchilik nazariyasi iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada
tahliliga asoslangan. Bu nazariya “samarali talab”ni yaratish, ya’ni yaratilgan
mahsulotning butunlay sotilishiga davlatning tartiblashgan siyosati bilan aralashsa
samarali bo’lishini isbotlab berdi. Keynsgacha bo’lgan davrda davlatning asosiy
boyligi bo’lib tejamkorlik qobiliyatini ham qo’shdi, ya’ni dunyoning boyliklariga
erishishning asosiy shartlari deb ko’rsatib berdi. Shuning uchun ham investitsiyalar
oqib kelishiga erishishda davlatning roli kichik emasligini ko’rsatadi, ya’ni davlat
faqatgina pul-kredit siyosati bilangina emas, balki o’zining byujdet siyosati, ya’ni
davlat o’zining siyosatini davr talabiga mos soliq tizimini yaratish, soliq stavkalarini
tartibga solishga qaratishini ko’rsatadi. U shu bilan birga yangilikka erishishga davlat
hamkorlik va yordam ko’rsatishini ta’kidlaydi.
Keyns soliq stavkalarini progressiv bo’lishini yoqlagan. Chunki, progressiv
soliq stavkalari ishlab chiqaruvchini kapital qo’yilmalarga nisbatan bo’lgan riskni
qabul qilishga rag’bat beradi. Uning nazariyasini asosiy shartlaridan biri to’liq
bandlik sharoitida jamg’armalarni iqtisodiy o’sishga ta’sir kattaligidir. U katta
miqdordagi jamg’armalarni ishlatilmasligi iqtisodiy o’sishga to’sqinlik qilishini
ta’kidlaydi, chunki u daromadlarning passiv manbai hisoblanadi. Ishlatilmayotgan
ortiqcha jamg’armalarni olishini ko’zda tutib, davlatning aralashuvi lozim deb
hisoblaydi. Davlat soliqlar orqali daromadlarni olinishiga va olingan mablag’larni
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga va o’zining xarajatlarini qoplashga
intilishini ko’rsatadi.
Keynsning fikricha yuqori soliq stavkalari ijobiy rol o’ynaydi. Yuqori soliq
stavkalari byudjetni ajralmas qismi bo’lib, bu kategoriya iqtisodiyotni tartiblashga
yordam beradi. Soliq stavkalarini pasaytirish esa byudjet daromadlarini kamayishiga
olib keladi va iqtisodiy nobarqarorlikni kuchaytiradi. Soliqlar xuddi “o’rnatilgan
tartiblovchi” kabi bu jarayonni tekislaydi iqtisodiy o’sish paytida soliqqa tortiladigan
daromadlar soliq stavkalariga nisbatan sekinroq o’sadi, iqtisodiy inqiroz paytida esa
soliqlar daromadlarga nisbatan tezroq kamayadi. Shuning natijasida jamiyatning
ijtimoiy hayotini barqarorlashtirishga erishiladi. Shunday qilib soliqdan tushadigan
byudjet daromadlari faqatgina soliq stavkalariga bog’liq bo’lmasdan, balki progressiv
shkalada soliqqa tortilayotgan daromadlarning ham o’zgarishiga bog’liq bo’ladi.
Angliya hukumati bu nazariyani birinchi jahon urushidan oldin samarali qo’llay oldi.
Chunki bu davrda davlatning hamma kuchlari qurollanishni takomillashtirishga
qaratilgan edi.
Neokeynschilik nazariyasida soliqlar muammolariga etarlicha joy ajratilgan.
Ingliz iqtisodchilari I.Fisher va N.Kaldorlarning fikricha soliqqa tortish ob’ektini
ikkiga bo’lishni iste’molga (iste’mol qilinayotgan mahsulotning pirovard bahosiga)
va jamg’armaga (faqatgina quyilmalarga nisbatan foizlar bilan cheklanib qoladi)
soliqlarni birgalikda qo’llash. Shundan iste’molga soliq g’oyasi paydo bo’ldi, bu bir
vaqtning o’zida jamg’arishga bo’lgan rag’batni cheklamaydi va inflyatsiyani oldini
oladi. Iste’mol tavarlarini sotib olish uchun qaratilgan mablag’lar bunday sharoitda
investitsiya qilish uchun yoki jamg’arishga, ya’ni keyinchalik kapital qo’yilmalarga
31
davlatning byudjet siyosati amalga oshiriladi va iqtisodiyotni kelajakda rivojlantirish
uchun ijobiy omil bo’ladi deb qaralgan.
Ammo ishlab chiqarishning tushib ketgan paytida xarajatlar kamayishi
sekinlashadi, buni ta’sirida daromad kamayadi. Bozorda esa vahima talab paydo
bo’ladi, bu esa iste’mol soliqlari orqali byudjetga ko’proq pul tushuradi. Ko’rinib
turibdiki bu usul iqtisodiyotni tartiblay olmaydi.
Ammo N.Koldorning fikricha, iste’molga soliq progressiv bo’lishi shu bilan
birga alohida olingan mahsulotlarga (masalan, kundalik ehtiyoj molllariga) etarlicha
soliq imtiyozlari berilishi kerak deydi. Shu bilan birga, agar kam daromadli aholidan
iste’mol solig’i olinmasa ancha haqqoniyroq bo’lgan bo’lar edi. Bundan tashqari