Uzoq vaqt davomida soliq nazariyasida - klassik qarashlar asosiy nazariya
bo’lib keldi. Bundan 200 yillar chamasi ilgari A. Smit tomonidan davlat moliyasi
evolyutsiyasini o’rganishga asos solindi. Bu nazariya mustaqil xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar daromadidan davlat xazinasiga tartibli va samarali ravishda soliq
undirishning to’rt tamoyilini o’rtaga qo’ydi tenglik, aniqlik, to’lashning qulayligi va
arzonligi. Klassik-olimlar U. Peti, J. B. Sey va ingliz iqtisodchilari D. Rikkardo, J.
Mil lar iqtisodiyotni samarali va o’zini-o’zi boshqara oladi deb hisoblashgan.
Ularning fikricha talab taklifni yaratadi, agar ishlab chiqaruvchilar ko’payib ketishsa
ular o’zlari taqchil tarmoqlarga o’tishini, soliqlar esa faqatgina byudjet daromadining
manbai sifatidagina rol o’ynaydi xolos deb hisoblashgan. Soliqlar bo’yicha olib
borilgan izlanishlar faqatgina uni undirish (tenglik va progressivlik) va undirilgan
mablag’larni fiskal ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatish ustida olib borilar edi.
Ammo iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy tsikllarning bo’lib turishi klassiklar
nazariyalarni bir qadar o’zgarishiga olib keldi, ya’ni davlatning roli va iqtisodiy
jarayonlarga ta’sir ko’rsata olishini belgilab berish kerak bo’lib qoldi. Bundan
tashqari soliqqa tortishning ijtimoiy-iqtisodiy chegaralarini ham belgilab olish kerak
edi.
Asosiy soliq nazariyalari XVII asrdan boshlab shakllana boshladi va asosiy
tamoyillarning mujassamlashganligi sifatida burjuaziya ilmida umumiy soliq
nazariyasi nomini oldi. Uning asosiy yo’nalishlari bevosita jamiyatning iqtisodiy
rivojlanishi ta’siri ostida shakllandi.
Umuman olganda, soliq nazariyasi deganda soliqlarning mohiyati va
ahamiyati, ularning jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’rni, roli va
ahamiyati haqidagi ilmiy bilimlarning u yoki bu tizimi ifodalanadi. Boshqacha qilib
aytganda, soliq nazariyasi soliqlarning u yoki bu vazifasini tan olinishiga qarab
davlatlarning soliq tizimlarini turli xil shakllanish modellarini o’zida aks ettiradi.
Keng ma’noda soliq nazariyasi har qanday umumiy ilmiy tadqiqotlarni
o’rganish bilan birga (umumiy soliq nazariyasi) soliqqa tortishning alohida
muammolarini ham o’rganadi (xususiy soliq nazariyasi). Xususiy soliq nazariyalari
turli xil soliqlarning o’zaro nisbatlarini, soliqlarning tarkibini, soliq stavkalarini va
boshqalarni o’rganadi. Bu nazariyaning yaqqol misoli yagona soliq nazariyasidir. Shu
tariqa umumiy soliq nazariyalari soliqqa tortishni umumiy jihatlarini, xususiyatlarini
belgilab bersa, xususiy soliq nazariyalari esa qaysi soliqlarni joriy qilish kerakligi,
ularning sifat tarkibi qanday bo’lishi kerakligi va boshqalarni belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |