Bog'liq Soliqlar va soliqqa tortish haqida ilmiy qarashlar. Umumiy va xu
jamg’armalar bu soliqqa tortilmasligi kerak, chunki ular kelajakda investitsiya qilish uchun kerak va iqtisodiyotni o’sishiga rag’bat bo’ladi. Monitarizm nazariyasi amerikalik iqtisodchi, Chikago universiteti professori
M. Fridman tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning asosiy g’oyasi bozorni o’z holiga
qo’yish, davlat aralashuvini cheklashga qaratilgan. Davlatga esa boshqa hech qanday
institut tartiblay olmaydigan pul-kredit siyosati topshirilishi kerak deb hisoblanadi.
Ular ham soliqlarni kamaytirish tarafdorlari bo’lishgan. Monetaristlarning fikricha
iqtisodiyotni boshqarishning asosiy usullaridan biri bu - muomaladagi pul massasi va
bank kredit stavkasi orqali ta’sir etishdir. Ularning fikricha davlat xarajatlarini oshib
ketishi inflyatsiyaga olib keladi, pulni emissiya qilish bu boylik yaratishga kirmaydi.
Muomaladagi pullarni davlat qarz majburiyati sifatida qaytarib ololmasa, soliqlar
orqali olishi kerakligi ta’kidlanadi.
Ushbu nazariyada soliqlarga keynisistik iqtisodiy kontseptsiyalardagi kabi
katta ahamiyat berilmaydi. Bu vaziyatda soliqlar boshqa mexanizmlar bilan bir
qatorda pul muomolasiga ta’sir qiladi. Xususan soliqlar orqali ortiqcha pul miqdori
undirilishi lozim deb hisoblanadi. Monetarizm va keynschilik nazariyalarda soliqlar
iqtisodiyot rivojlanishining noqulay omillarini kamaytiradi deb hisoblanadi. Keyns
nazariyasida bunday omil bo’lib ortiqcha pul hisoblansa, monetarizm nazariyasida
esa - ortiqcha jamg’armalar hisoblanadi.
1980 yillar boshida Amerika olimlari M.Bernson, G.Stayn va A.Laffer
tomonidan ishlab chiqilgan taklif iqtisodiyoti nazariyasi Keyns nazariyasiga
qaraganda soliqlarni iqtisodiy rivojlanish va tartibga solishning bir omili sifatida
ko’proq ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Mazkur nazariya yuqori darajada
soliqqa tortish tadbirkorlik va investitsion faollikka salbiy ta’sir qilishini, bu esa oxir
oqibatda soliq to’lovlaridan tushumlar kamayishiga olib kelishini asoslab beradi.
Shuning uchun ular soliqqa tortish stavkalarini pasaytirish va korporatsiyalarga har-
xil imtiyozlar berishni taklif etadi. Mualliflarning fikriga ko’ra soliq yukini pasayishi
shiddatli iqtisodiy o’sishga olib keladi, yuqori soliq stavkalari esa tadbirkorlik
initsiativasini kamaytiradi va investitsiya siyosati, ishlab chiqarishni yangilash va
kengaytirishni susayishiga olib keladi.
Soliq stavkalari shkalalarini shakllanish darajasi bo’yicha umumiy qonun bor.
Keng soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan kamroq soliqqa tortish stavkasini qo’llash,
etarli darajada kam bo’lgan soliq bazasiga nisbatan esa buning teskarisi, alohida soliq
turlarini yuqori stavkada qo’llash kerak. Ko’rinib turibdiki yuqori va past soliq
stavkalari xo’jalik faoliyatiga va tadbirkorlarni ish faolligiga har xil ta’sir ko’rsatadi.
32
Soliq stavkasining o’sishi faqatgina ma’lum darajaga etgunicha byudjetga
tushadigan daromadlarni o’sishiga olib keladi, keyin bu o’sish sekinlashadi va yana
oshgan sari byudjet daromadlari uning oshishiga nisbatan tezroq kamayadi. Shunday
qilib soliq stavkasi ma’lum darajaga etganida tadbirkorlik initsiativasi o’ladi, ishlab
chiqarishni kengaytirishga bo’lgan rag’bat kamayadi, soliqqa tortiladigan daromadlar
kamayadi, natijada soliq to’lovchilarning bir qismi iqtisodiyotni “qonuniy” sektoridan
“yashirin” sektoriga o’tadi. Lafferning nazariyasiga ko’ra iqtisodiyotning rivojlanishi
soliq yukini oshishiga to’g’ri proportsionaldir, ya’ni soliqlar oshishi bilan yashirin
iqtisodiyot ko’payadi, natijada olingan daromadlarning ko’p qismi deklaratsiyada
ko’rsatilmaydi.