Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni



Download 194,24 Kb.
bet15/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Kolon
Uchinchi toifa yerlar - musulmon diniy muassasalariga, ya’ni masjid, madrasa, xonaqoh maqbaralarga vaqtincha yoki umrbod foydalanish uchun berilgan vaqf yerlar.

Хiroj uchala toifa yerlaridan ham olingan bo’lib, ular «mulki xiroj» deb atalgan, lekin bunda oliy musulmon ruhoniylarga, avvalo sayyidlarga tegishli yerlar soliqqa tortishdan to’liq yoki qisman ozod qilingan.

X asr boshlarida Movaraunnahrni Qoraxoniylar egalladi, ya’ni dariyzabon sulolasi o’rnini turkiyzabon sulolalar egallagach, markazlashtirilgan davlat o’rniga mamlakatni boshqarishning ulus tizimi o’rnatilib, barcha yer xon mulki hisoblangan, dehqonchilik yer egaligi instituti sifatida tarix sahnasidan tushishiga sabab bo’ldi. Bu davrda «iqta’» soliq yig’ishning asosiy manbaiga aylangan. «Iqtadorlar» o’z navbatida dehqonlarning oddiy jamoatchiga aylanishiga zamin yaratdi. Yerlar muayyan muddatga «Iqtadorlar» foydasiga muayyan daromadni to’liq yoki qisman olish huquqi bilan sovg’a qilingan. «Iqta’» sohiblari dehqonlardan maxsus qaror bilan belgilangan soliqlarnigina olishi mumkin edi. «Iqta’»ga nafaqat yerdan, balki soliqqa tortishning boshqa ob’ektlaridan (tegirmon, hammom, bozordagi do’konlardan) olinadigan soliqlar va daromadlar ham berilishi lozim edi.

Saljo’qiylar hukmronligi davrida soliq tizimi ham o’ziga xos jihatlari bilan ajralib turgan. Manbalarda keltirilishicha shohlarda hamisha ikkitadan xazina bo’lib, ularning biri asosiy, ikkinchisi xarajat xazinasi bo’lgan. Qo’lga kiritilgan boyliklar asosan birinchi, ya’ni asosiy xazinaga kiritilib, zaruratsiz foydalanilmagan. Olingan taqdirda ham qarz sifatida olinib, tezda qaytarilgan.

Saljuqiylar davri soliq siyosatida ushbu davlatda ko’p yillar mashhur vazirlik lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Nizomulmulk (to’liq ismi Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy) muhim rol o’ynagan. Uning mashhur «Siyosatnoma» asarining 4 faslida soliq (zakot)chilar masalasi ko’tariladi, Uning qayd etishicha «soliqchilar xirojni shunday yo’l bilan talab qilsinlarki, odamlarga ziyon yetmasin. Soliq o’z vaqtidan oldin olinsa, raiyatga ranju azob yetadi, ular majburlikdan mol-davlatlarini yarim bahoda sotib, uy-joylarini tashlab ketib, ovora va sarsonlikda g’ariblikka mubtalo bo’ladilar»deb hisoblaydi. U soliqlarning me’yorida bo’lishi va ma’lum vaqtda to’lanishini rivojlanishning muhim omili sifatida qaraydi.

Amaldorlarning bu tamoyillarga amal qilmaganlarini jazolash, raiyatdan zo’rlik bilan mol tortib olingan bo’lsa egalariga qaytarish, ularning orttirgan molu-boyliklari musodara qilinib, xazinaga topshirilishi, boshqalarga ibrat bo’lishi uchun amalidan olib, unga boshqa amal bermaslikni tavsiya etadi va uning o’zi shu qoidalarga amal qilganini yuqoridagi asarida qayd etgan.

1221 yilda O’rta Osiyoda mo’g’illar hokimiyati o’rnatildi, Bu hududlarda soliq siyosatini olib borish maqsadida ular tomonidan qurultoyda taklif etilgan tadbirlar hayotga tatbiq etila boshlandi va Mahmud Yalavoch boshchiligida o’lkadagi xalqlardan turli xildagi soliqlar undirar edilar. «Kolon» solig’i dehqonlardan yig’iladigan asosiy soliq bo’lib, u xosilning 10/1 (o’ndan bir) qismini tashkil etgan. Chorvadorlardan «ko’pchur»solig’i olingan bo’lib, uning miqdori har yuz bosh qoramoldan birga teng edi. Bundan tashqari «Yaso» qonuni bo’yicha aholidan davlat foydasiga «shulsi»deb atalgan soliq undirilgan. Ushbu soliq turining miqdori har bir otardan ikki yashar qo’y va har ming otdan bir biyani (qimiz uchun) tashkil etgan, Shuningdek mamlakatdagi savdo yo’llarida joylashgan bekat -«yom»(jom) larning xarajatlari ham aholi zimmasiga yuklatilib, ularning miqdori shu darajada ko’payib ketar ediki, ba’zi xollarda har bir «yom» uchun 20 ot-ulov, so’yish uchun qo’ylar, sog’ish uchun sog’uvchisi bilan biyalar, aravalar va boshqa sarf-xarajatlar ajratilgan.

Mo’g’illar istilosi davrida dehqonlar va hunarmandlarning ahvoli yil sayin yomonlashib bordi, chunki yer solig’ini to’lashdan tashqari dehqonlar turli xil majburiyatlar va xizmatlarni bajarishardi. Hunarmandlar ayniqsa, qurol tayyorlab berish kabi majburiyatlarni olgan edi. Feodal va zadogonlarga xonzoda va xon xotinlari yorliq hamda payzalartarqatgan, bu unvonlar dehqon va hunarmandlardan turli xizmat hamda majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqini bergan. Payza ko’rsatilganda mahalliy aholi, masalan sayohat qiluvchini ovqatlantirish va unga xona, otiga yem berishi va boshqa qulayliklar yaratishi shart edi.

Yil sayin aholining yashash sharoiti og’irlashib borishi mamlakatning ko’p joylarida qo’zg’olonlar ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bu qo’zg’olonlar zudlik bilan bostirilgan bo’lsada, lekin mo’g’ul hukmdori Munnexon Movaraunnahrda soliq to’lovchilar amalga oshirayotgan tartibsizliklar va suistemolliklarga tegishli farmon chiqardi. Unga ko’ra boy kishi 10 dinor, kambag’allar esa 1 dinor to’laydigan bo’ldi. Chorva solig’i 100 tuyoqdan bir bosh olinishi belgilandi. Musulmon, xristian va butparastlar ruhoniylari, shuningdek keksa va ishlashga noqobil kishilar soliq to’lamaydigan bo’ldilar.

Chig’atoy ulusida yer solig’io’ndan bir 10/1hajmda belgilangan. Soliqlar hatto sharob, guruch, go’sht hamda ot yemishi tarzida ham har bir xo’jalikdan undirilgan. Yirik mulkdorlar, savdogarlar, islom peshvolari mug’ullar bilan yaqinlashib, katta imtiyozlarga ega bo’lganlar, har xil yorliqlar olganlar. Oliy mansabdorlar soliq to’lamaganlar.

Soliq yig’ishga mas’ul etilgan Mahmud Yalovoch qo’zg’olondan so’ng o’z lavozimidan bo’shatildi va Movaraunnahrdan xaydab yuborildi. Soliq yig’uvchi va noib etib uning o’g’liMas’udbek tayinlanib, u bu lavozimda 51 yil xizmat qildi. U mo’g’ullarga o’lpon vasoliqlarni o’z vaqtida to’lab turdi. Natijada mug’ullar Movaraunnahrni boshqarish ishiga aralashmaganlar. Bunday holat Amir Temur hokimiyati o’rnatilguncha davom etdi.


Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish