Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni



Download 194,24 Kb.
bet23/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

1. Bevosita soliqlar:

- qishloq xo’jaligi solig’i;

- hunarmandchilik solig’i (savdo va ishlab chiqarish korxonalariga);

- mulk solig’i;

- renta soliqlari;

- gerb yig’imlari va boshqalar.

2. Bilvosita soliqlar:

- aksiz soliqlari (choy, kofe, shakar, tuz, alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlari va boshqa turdagi tovarlarga nisbatan joriy etilgan);

- turli xil bojlar.

1922-1923 yillarda bevosita soliqlarbyudjetni soliqli daromadlarining 43 foizini, 1923-1924 yillarda 45 foizini, 1925-1926 yillarda 82 foizini tashkil etgan.

1930 yillarda yangi soliq islohotlarini o’tkazish talab qilindi. Soliq islohotlari o’tkazishning asosiy sababi quyidagi kamchiliklarni yo’qotishga karatilgan edi:

- soliqlar sonini qisqartirish maqsadida oborot solig’ini joriy etish;

- bir soliq ob’ektini bir necha marotaba soliqqa tortilishi va baholarni rejalashtirishning murakkabligini tugatish. Buning uchunfoydadan ajratmalar va kooperatsiyada daromad solig’ijoriy etildi.

Oborot solig’i tarkibiga bir necha soliq va foydadan ajratmalarga 6 xil soliq birlashdi. Olib borilgan soliq islohoti natijasida korxonalarga byudjetga olinadigan daromadlar 7 baravar ortdi.

Lekin shunga qaramasdan respublikada birorta og’ir industriya giganti barpo etilmadi, chunki ularni qurish milliy mustamlakachilik manfaatlariga mos kelmas edi. Shuning uchun respublikada paxtachilikni rivojlantirish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari, oziq-ovqat, yengil sanoat tarmoqlarini kengaytirishgagina ahamiyat berildi. Sanoat korxonalarining aksariyati xomashyo, yarim tayyor mahsulot ishlashga ixtisoslashtirildi. Chunki tayyor mahsulotdan tushadigan salmoqli daromad O’zbekiston xomashyosini qayta ishlashga moslashgan

Ikkinchi jahon urushi boshlangandan so’ng O’zbekiston front ehtiyojlarini ta’minlovchi moddiy bazaga aylandi. Byudjetdan harbiy tadbirlarga sarflangan mablag’lar 114,7 milliard so’mni tashkil etib, shundan 58,8 milliard so’m yoki 50,8 foizni harbiy xarajatlar tashkil qilgan edi. Bundan tashqari, respublika frontga 4 mln, 148 ming tonna paxta, 54 ming tonna pilla, 3 mln. 83 ming dona qorako’l terisi va oziq-ovqat mahsulotlari jo’natgan. O’zining vatanparvarlik burchini yuksak darajada namoyish qilgan O’zbekiston xalqi fashizm ustidan faqat Sobiq Ittifoqini emas, eng avvalo, o’z xalqini saqlab qoldi. O’zbekiston hududida urush harakatlari sodir bo’lmagan bo’lsada, boshqa respublikalar qatori bu yerda ham iqtisodiy tizim izdan chiqdi. Iqtisodiyotni qayta tiklash ishlari boshlanib, qator tadbirlar belgilandi. Jumladan, soliq tizimiga katta e’tibor qaratildi. Bu yo’nalishda soliq miqdori xo’jalik tomorqasiga qarab belgilanadigan bo’ldi. Natijada ayrim viloyatlarda uzumzorlarni kesib tashlashga o’xshash hodisalarga bardam berildi. Soliq 2-3 baravar kamaydi.

1958 yildan boshlab aholi mablag’i hisobidan «ixtiyoriy» tartibda yoziladigan zayomlar bekor qilindi, daromad solig’i va boshqa soliqlar qisman kamaytirildi.

1965 yildan boshlab foydadan ajratmalar to’lovi o’rniga 3 xil ko’rsatkich asosida hisoblanadigan to’lovlar joriy qilindi. Bu to’lovlar turli korxonalar misolida sinovdan o’tkazildi. Lekin ular kutilgan natijani bermaganligi sababli milliy daromadning o’sish sur’atlari pasayib ketdi.

Shu munosabat bilan 1987 yil 7 iyulidagi moliya mexanizmini qayta qurish qaroriga muvofiq sanoat korxonalari va tarmoqlari asosiy e’tiborni joriy masalalarni hal qilishga qaratib, moliya va iqtisodiy masalalardan chetlashganliklari tanqid qilindi, korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga yetarli e’tibor berilmaganligi ko’rsatildi. Qarorning ikkinchi bandida oborot solig’ining to’lovchisi bevosita mahsulot yetishtiradigan korxona bo’lishi kerak deb ko’rsatilgan. Bu moddaning ahamiyati shundan iboratki, bir tomondan respublikaning asosiy hal qiluvchi xomashyosi hisoblangan paxta, pilla, rangli metallardan foydalanib boshqa respublikadagi korxonalarga mahsulot ishlab chiqarsa, ular joyida soliqqa tortilib, ikkinchi tomondan paxta va boshqa xomashyolarni sotishdan kelgan daromadlar soliqqa tortilmas, respublika byudjeti bu daromadlardan mahrum edi. Bu tadbirlar O’zbekistonda moliya tizimidagi inqirozlarni kuchaytirdi. Natijada iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha respublika Ittifoqda oxirgi o’rinlardan birini egallar edi.

Sobiq Ittifoq davrida davlat bilan davlat mulkchiligi o’rtasida soliq munosabatlari bo’lishi mumkin emas degan mafkuraviy aqidaga tayangan holda davlat bilan davlat mulkiga tegishli korxonalar va tashkilotlar o’rtasida soliq munosabatlariga barham berishga harakat qilingan, lekin yuqorida ko’rib o’tganimizdek Sobiq Ittifoq davlati tashkil etilgandan e’tiboran uning hududida turli xil soliqlar amal qilgan va davlatning soliqsiz mavjud bo’lmasligini yana bir bor ko’rsatdi.

Soliq sohasidagi o’ta muhim o’zgarishlar Sobiq Ittifoq Markaziy Qo’mitasining 1987 yil iyul plenumida tasdiqilangan «Davlat korxonalari (birlashmalari) to’g’risida»gi qonuni qabul qilinishi bilan bog’liq. Unga muvofiq korxonalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar byudjetga to’lovlar bilan bir qatorda ular foydasini soliqqa tortish mumkinligi ham rasmiy ravishda tan olindi va 1991 yil 1 yanvaridan e’tiboran xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxonalar va davlat o’rtasidagi munosabatlar soliq usuliga o’tkazildi.

Demak yuqorida qayd etilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, soliqlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi davlatchilik munosabatlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularni mavjud bo’lishi va amal qilishi davlat xarajatlarini moliyalashtirish zarurati bilan ifodalanadi. Soliqlarni paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlarining mintaqamiz va jahon mamlakatlari tarixidan ko’rishimiz mumkinki, soliqlar har qanday davlat mavjud bo’lishining asosiy shartlaridan biri bo’lib, ular davlat xarajatlarining asosiy qismini qoplab kelgan.

Soliqlar va soliqqa tortishning rivojlanishi kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularni ilk ko’rinishlari natura va mehnat ko’rinishlarida bo’lsa, jamiyatda tovar-pul munosabatlarining tabora rivojlanishi, ularni ham pul tarzida undirilishini kuchaytirdi.

Soliqlarning rivojlanish bosqichlari ularning tizimsiz yoki tizimlitartibda amal qilishi, asossiz yoki asosli tartibda joriy etilganligi, demokratik talablarga javob berishi kabi mezonlar asosida ajratilib, birinchi bosqichda soliqlarning rivojlanishi qadimgi va o’rta asrlar qishloq xo’jaligi tizimiga xos bo’lib, tartibsiz hamda asossizligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi bosqichning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlar davlat byudjetini shakllantirishning asosiy manbasi sifatida ko’rilgan. Soliq ob’ektlarini aniqlash va soliqqa tortish qonun qoidalarini tartibga soluvchi ilk soliq tizimi yuzaga kelgan bo’lsa, uchinchi bosqichning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda soliqlarning kamayishi hamda soliqlarni o’rnatish va undirishga oid qonun-xujjatlarning kuchayishi yaqqol ko’zga tashlanadi.

Markaziy Osiyo hududida soliqlarning paydo bo’lishi ushbu hududda davlatlarning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq bo’lib, davlat boshliqlari yuritgan siyosatdan kelib chiqqan holda ularning turlari, shakllari, undirish usullari o’zgartirib turilgan. Soliqlar faqatgina davlat xazinasini to’ldirish vositasi bo’lib qolmasdan, ulardan davlat siyosatini amalga oshirishda ham keng foydalanilgan. Shuning bilan birgalikda davlat boshliqlari va boshqa amaldorlar uchun boylik orttirishning asosiy vositasiga aylangan. Markaziy Osiyo hududida soliqlarning rivojlanish bosqichlarida qanday davlat shakli amal qilgan bo’lmasin soliqlarning qator turlari amal qilgan bo’lsa-da, ularning nazariy jihatlari deyarli o’rganilmagan. Davlatchilik shakllari ehtiyojlari, mintaqadagi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish. darajasi bunga zarurat tug’dirmagan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, ko’pincha haddan ortiq soliqlarning undirilganligi bois, mintaqada ko’plab qo’zg’olonlarga asosiy sabab bo’lgan omillardan biri bu shubhasiz soliqlar hisoblanadi.

Shuning bilan birgalikda alohida ta’kidlab o’tish lozimki, mintaqamiz hududida soliq siyosatini yuritish borasida o’z davriga nisbatan bir qadar ilg’or fikrlarni ham qayd etish lozim. Bu borada Amir Temur davri soliq siyosati va Nizomulmulkning bu boradagi fikrlarini dalil sifatida keltirish mumkin.

Mintaqada homiyat tepasiga kelgan shaxsning manfaatlariga buysundirilgan soliq siyosati olib borilgan. Ular o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda soliq islohotlari olib borganlar. Markaziy Osiyo hududida Chor Rossiyasi va Sobiq Ittifoq hukmronligi davridagi soliqlar va soliqqa tortishning xususiyatlari sifatida qayd etish mumkinki, Chor Rossiyasi hukmronligi davrida soliqlar aholidan olinishi saqlanib qolingani holda, mintaqada zavod va fabrikalarning ishga tushirilishi natijasida ulardan ham undirila boshalangan bo’lsa, Sobiq Ittifoq davrida esa barcha mulklarni milliylashtirish oqibatida soliqlarga bir qadar kamroq e’tibor berilgan. Shunga qaramasdan davlat xarajatlarining ko’pggina qismi soliqlar hisobiga moliyalashtirilgan bo’lsa-da, davlat bilan davlat mulkchiligi o’rtasida soliq munosabatlari bo’lishi mumkin emas, degan mafkuraviy aqidaga tayangan holda soliq siyosati olib borilgan va davlat bilan davlat mulkiga tegishli korxonalar va tashkilotlar o’rtasrada soliq munosabatlariga barham berishga harakat qilingan.



Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish