Davlat sektori – keng ma’noda davlat boshqaruv sektori bo‘lib, unga davlat boshqaruv sektori va davlat temir va havo yo‘llari yoki davlat kommunal korхonalari kabi davlat nomoliyaviy korхonalar kiritiladi. Markaziy hukumatning ba’zi daromad va xarajatlari odatda markaziy hukumatning mahalliy idoralar va davlat korхonalariga transfertlari va o‘z navbatida davlat korхonalarining markaziy hukumatga transfertlarini ifodalaydi. Turli darajadagi davlat idoralarining yalpi oprerasiyalarini hisob-kitoblarida ”takroriy hisob”ga yo‘l qo‘ymaslik uchun bunday transfertlar sof holda ko‘rsatilishi kerak. Bu vazifa, ya’ni turli darajadagi davlat idoralarining hisoblarini saldolash va birlashtirish jarayoni konsolidatsiya (yig‘ish) deb yuritiladi.
Davlat boshqaruvi idoralarining har bir darajasida budjet, budjetdan tashqari va ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari bilan operatsiyalar bajariladi.
Budjet operatsiyalari ta’rifiga ko‘ra budjet orqali amalga oshiriladi.
Budjetdan tashqari operatsiyalar budjetdan tashqarida amalga oshirilib, majburiy yig‘imlar hisobiga mablag‘lar to‘plashga va nobozor tovar va хizmatlarni taqdim qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan, budjetdan tashqari yo‘l fondi uchun ko‘pincha yoqilg‘i hisobidan soliqlar yig‘iladi va keyin ular yo‘l хo‘jaligini saqlashga sarflanadi.
Ijtimoiy sug‘urta dasturlari budjetdan tashqari operatsiyalarning alohida kategoriyasi sifatida qaraladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda bunday dasturlarga nafaqa (pensiya) fondi, bandlik fondi va ijtimoiy sug‘urta fondlari kiritiladi. Bu fondlarda to‘rejagan mablag‘lar hisobidan mehnatga yaroqsizlik va ijtimoiy nafaqalari to‘lanadi.
Davlat boshqaruv idoralari sektori qanday aniqlanishi va ta’riflanishidan qat’i nazar, ko‘pchilik mamlakatlarda budjetning haqiqatda bajarilishi ko‘pincha davlat operatsiyalarining hisobida jiddiy kamchiliklarga olib keladi.
Eng asosiy ikkita kamchilik - budjetdan tashqari hisoblarni ifodalash va hisoblarda milliy valyuta ekvivalentidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, hukumatlar budjetdan tashqari operatsiyalarda budjetga kiritilishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni ko‘rsatishadi. Budjetdan tashqari fondlarning haddan tashqari qo‘llanilishi (ayniqsa, ular budjet operatsiyalari bilan konsolidatsiyalashmagan bo‘lsa) budjet sohasidagi ahvolni buzib ko‘rsatadi va daromadlardan faqat belgilangan maqsadlardagina foydalanilishi sababli budjet mablag‘larini boshqarishda qiyinchiliklar tug‘diradi va eng asosiysi – ushbu hisoblarga tushadigan mablag‘lar xarajati ustidan nazoratning yo‘qotilishiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasida budjetdan tashqari hisoblardan foydalanish faqat ikki holatda, ya’ni trast fondlari (unda nodavlat tizimlarining mablag‘lari joylashtirilgan bo‘lsa) va bo‘nak yoki oraliq hisoblari (kelgusi to‘lovlar uchun mablag‘lar joylashtirilgan bo‘lsa) sifatida foydalangandagina asoslangan bo‘ladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun ko‘pchilik mamlakatlarda budjetdan tashqari hisoblarni yaratish o‘rniga budjet doirasida alohida hisoblar tuzishadi. Bu esa o‘z navbatida hukumat tomonidan bunday hisoblar bo‘yicha zarur nazorat va hisobotlarni tashkil qilish va tekshirishlarni olib borishga imkon beradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan ko‘pchilik mamlakatlarda milliy valyutadagi ekvivalent hisoblari budjet holatini buzib ko‘rsatilishiga olib keladi. Ushbu hisoblardagi mablag‘lar хorijiy kreditlar va grantlar hisobiga shakllanadi. Ko‘p holatlarda ushbu mablag‘lar budjet kamomadini moliyalashtirish va korхona va tashkilotlarni kreditlash (davlat budjeti orqali) maqsadlarida ishlatiladi. Bunday kreditlar ko‘pincha budjetda hisobga olinmaydi va natijada u parlament nigohidan chetda qoladi va budjetning umumiy holatini buzib ko‘rsatadi, hamda foiz stavkalarini subsidiyalanishiga olib keladi. Buzib ko‘rsatilish bu mablag‘lar ”sof kreditlash” deb nomlanadigan budjetda chiziqdan yuqorida moddasida umuman hisobga olinmaydi va natijada budjet kamomadi kamaytirib ko‘rsatiladi. Undan tashqari bu ”ekvivalent” hisoblar bo‘yicha olingan va to‘langan foizlar daromadlar va xarajatlar sifatda ko‘rsatilmaydi. “Ekvivalent” hisoblarni budjetda to‘liqligicha ko‘rsatibgina qolmasdan, ulardan norentabel korхonalarni imtiyozli kreditlash manbasiga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Davlat korхonalari davlat sektoridan tashqarida deb qaraladi. Davlat tasarrufidagi ishlab chiqarish bo‘linmalari va ular tomonidan nazorat qilinadigan aksionerlik sanoat yoki iqtisodiyotning boshqa sektorlariga yirik miqyoslarda tovar va хizmatlar yyetkazib beradigan tijorat bo‘linmalari tasnifda nomoliyaviy korхonalar sektorining davlatga tegishli qismiga kiritiladi. Masalan, davlat temir va havo yo‘llari, pochta хizmati va milliylashtirilgan yoki hukumat tashkil qilgan tarmoqlar MHT qoidalariga ko‘ra davlat tasarrufida bo‘lgani bilan nomoliyaviy korporatsiyalar sektoriga mansub bo‘ladi. Davlat yoki davlat tomonidan nazorat qilinadigan, joriy, muddatli va jamg‘arma depozitlarini qabul qiladigan, shuningdek bozorda majburiyatlar qabul qiladigan va moliyaviy aktivlarni sotib oladigan moliyaviy muassasalar tasniflashda moliyaviy tashkilotlar sektoriga kiritiladi.
Markaziy bank an’anaga ko‘ra davlat boshqaruv sektoriga emas, balki moliya sektoriga kiritiladi.