Soliq-budjet siyosatining barqarorligi. Daromadlar va xarajatlar tahlili Oхirgi yillarda iqtisodchi-olimlar orasida soliq-budjet siyosatining barqarorligi masalasi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Qanday holatlarda soliq-budjet siyosatini nobarqaror deb hisoblash mumkin? Siyosiy qaror qabul qiladigan shaхslar ma’lumoti uchun qanday operatsion indikatorlar ishlab chiqish lozim? Hozirgi paytgacha soliqbudjet siyosatining barqarorligiga yagona ta’rif ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaхassislar tomonidan joriy va kelgusi budjetlar kamomadi YaIMga nisbatan tez sur’atlarda oshib borsa, olib borilayotgan soliq-budjet siyosati barqaror emas, deb qabul qilingan. Shunday qilib, barqarorlikning eng asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri qarzning YaIMga nisbati va uning o‘sish sur’atlaridir.
Ko‘pchilik mamlakatlar tajribasi qarz miqdorining YaIMga nisbati baland bo‘lishi oхir-oqibatda olib borilayotgan siyosatning kelajagi yo‘qligi va uni o‘zgartirish lozimligini ko‘rsatdi. Qarzning YaIMga nisbati baland bo‘lishi real foiz stavkalariga bosim o‘tkazib, budjet kamomadi sharoitlarida qarzga хizmat ko‘rsatish xarajatlari salmog‘ining oshishiga olib keladi va budjet siyosatida iхchamlik va egiluvchanlik imkoniyatlaridan foydalanishga imkon bermaydi. Moliya bozorining ishtirokchilari olib borilayotgan siyosat ishonch uyg‘otmayotganligi sababli, uni o‘zgartirish lozimligiga ko‘zi yyetib, o‘z kutishlarini o‘zgartirilardi va natijada hukumat olib borayotgan siyoatni davom ettirish imkoniyati tugaydi. Bu esa, hukumat tomonidan qarz majburiyatlarini joylashtirish masalasida muammolar tug‘diradi va oхir oqibatda ularni sota olmay qoladi. Bozor faoliyatining qatnashchilari qarz miqdorining YaIMga nisbati qanchalik baland bo‘lsa, hukumat shunchalik xarajatlarni qisqartirish hisobiga budjet chegaralarida qolishi qiyinlashishini tushunib yetadilar va hukumatning emission moliyalashtirish yoki qarzni to‘lashdan bosh tortish va qarzni qaytarish shartlarini o‘zgartirish xavfi oshadi.
Yuqoridagilardan ayon bo‘ldiki, soliq-budjet siyosatida barqarorlikni aniqlash masalasiga yondoshuvlardan biri bo‘lib, foiz stavkalari va inflatsiyaning maqbul o‘sish sur’atlariga mos keladigan YaIMga nisbatan davlat qarzning miqdorini o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydigan kursni belgilash hisoblanar ekan. Yuqoridagi me’yorni olib borilayotgan soliq-budjet siyosatining barqarorlik darajasiga baho beradigan indikator sifatida talqin qilish mumkinligiga qaramasdan, u ayrim kamchiliklardan holi emas. Birinchidan, iqtisodiy adabiyotlarda davlat qarzining YaIM miqdori qancha bo‘lishi optimal yoki maqbul bo‘lishi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ikkinchidan, davlat qarzinining YaIMga nisbatini barqaror darajada ushlab turish budjet siyosatida juda qattiq cheklovlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Shuning uchun soliq-budjet siyosatini olib borishda to‘lovga qobiliyatlilik tushunchasidan kelib chiqadigan qattiq talablarni biroz yengillashtirish masalasini ko‘rib chiqish lozim.
To‘lovga qobiliyatlilik tamoyili barqaror budjet siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning asosiy talabi qarzning YaIMga nisbati real foiz stavkasi bilan
YaIMning real o‘sish sur’ati ayirmasi sur’atlarida bo‘lishidir. Buning ma’nosi –
qarzning nominal o‘sishi nominal foiz stavkalaridan pastroq bo‘lishi kerak.
Barqarorlik ko‘rsatkichlari. Quyida keltirilgan soliq-budjet siyosatining barqarorlik indikatorlari to‘lovga qobiliyatlikni ta’minlash uchun qarzning YaIMga nisbatini qanday darajada o‘zgarishi lozimligini belgilashga хizmat qiladi. Bunda emission daromadning doimiy darajasi o‘zgarmas deb qabul qilinadi:
kapitalning sof ijobiy qiymati. Soliq-budjet balansining diskontlangan joriy qiymati qarzning YaIMga nisbati darajasiga teng yoki undan katta bo‘lishini ta’minlash uchun davlat idoralari kapitali sof qiymatining manfiy bo‘lmasligi talab qilinadi. Ushbu ssenariyga ko‘ra budjet barqarorligini ta’minlash uchun ko‘rsatkichlarga tuzatish kiritish miqdori - qarzni YaIMga nisbatining boshlang‘ich darajasi bilan diskontlangan joriy asosiy balans orasidagi farqqa teng bo‘lishi lozim;
asosiy uzilish. U diskontlangan asosiy balans miqdoriga teng bo‘lib, qarzning YaIMga dastlabki nisbati bilan haqiqatdagi asosiy balans orasidagi farq darajasida barqarorlashadi. Agar uzilish miqdori musbat bo‘lsa qarzning YaIMga nisbatini barqarorlashtirish uchun xarajatlarni qisqartirish talab qilinadi. Ushbu ko‘rsatkichdan aхborotlar yyetarli bo‘lmagan vaqtlarda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Bu indikator dastlabki qarz barqaror bo‘lgan sharoitlarda kapitalning sof ijobiy qiymatini aniqlashdagidek hisoblanadi;
o‘rta muddat bashoratlaridagi soliq bo‘yicha uzilish. Ushbu ko‘rsatkichdan xarajatlar, transfertlar, real foiz stavkalari va YsIM real o‘sish sur’atlarining oshishi bashorat qilinayotgan (foiz to‘lovlaridan tashqari) sharoitlarda to‘lanmagan davlat qarzlarini soliq tushumlari bilan mutanosibligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tuzatishlar kiritishni aniqlashda foydalaniladi.
Daromadlar tahlili. Daromadlar va tushumlarning dinamikasiga baho berishda asosiy e’tibor daromadlarning YaIMga nisbati va bu ko‘rsatkichni iqtisodiyoti o‘хshash bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan taqqoslashga qaratiladi. Soliqlarning oshishi hisobiga budjet kamomadini qisqartirish zarur bo‘lgan paytlarda iqtisodiy xarajatlar davlat xarajatlarini qisqartirish xarajatlari bilan taqqoslash lozim. Odatda, bu sharoitlarda ikkalasini ham qisqartirish zarur bo‘ladi. Ko‘pchilik hukumatlar ma’muriy va siyosiy nuqtai nazardan amalga oshirish osonroq bo‘lgan qisqa muddatli, bir marotabalik daromadlarni ko‘paytirish choralarini ko‘rishga harakat qiladilar. Biroq, masalaga bunday yondoshish, ko‘pincha soliq tizimi faoliyatida qiyinchiliklar, samarasiz foydalanish va qoida buzilishlariga olib kelishi natijasida nafaqat yyetarlik darajada daromadlarni to‘play ololmaslik, balki mehnat va jamg‘arishga rag‘batni susaytirish natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasaytirishga olib keladi. Soliq tizimining samaradorlik darajasi va zarur islohotlarni aniqlashda mutaхassislar ko‘pincha elastiklik va dinamiklik koeffitsiyentlaridan foydalanishadi.
Soliqlarning elastiklik va dinamikligi. Soliqning elastikligi deganda ushbu soliq tizimi sharoitida (u o‘zgarmay qolganda) tushumlarni o‘zgarishinining soliqqa tortish bazasi o‘zgarishiga nisbati tushuniladi. Elastiklik soliq tizimida ichki iхchamlikni
ta’minlaydi va uni quyidagicha yozish mumkin:
Soliq