tushumlarining elastikligi
|
=
|
{(o‘zgarmay qolgan soliq tizimi sharoitlarida) soliq
tushumlarining o‘zgarish foizi)} soliqqa tortish bazasining o‘zgarish foizi
|
Agar soliqqa tortish bazasining o‘rniga YaIM ko‘rsatkichini qo‘llasak, YaIM bo‘yicha elastiklik quyidagicha hisoblanadi:
,
bu yerda: AT – o‘zgarmay qolgan soliq tizimi sharoitlaridagi soliq tushumlari; D - ko‘rsatilgan davrdagi o‘zgarish.
Agar elastiklik koeffitsiyenti birdan katta bo‘lsa, yangi soliqlar kiritmasdan yoki soliq stavkalarini o‘zgartirmasdan, ya’ni soliq siyosatida diskretsion o‘zgarishlarsiz YaIMga nisbatan soliq tushumlari oshganligini anglatadi va soliq tizimi elastiklik хarakteriga ega deb hisoblanadi. Elastiklik – ijobiy holat hisoblanadi va davlat xarajatlarining o‘sishi YaIM o‘sishiga nisbatan yuqori bo‘lgan mamlakatlarda uni rag‘batlantirish lozim. Tez rivojlanayotgan хalq хo‘jaligi tarmoqlarini soliqqa tortish jarayonida odatda soliq tizimi YaIMga nisbatan elastik bo‘ladi, unda soliq stavkalari progressiv хarakterda bo‘ladi, soliqlar muayyan obyektdan emas, balki qiymatdan olinadi va soliqlarni yig‘ish qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. Oхirgi holat inflatsiya sharoitlarida juda muhim hisoblanadi, chunki soliqlarni hisoblash va undirish vaqtlari orasida katta uzilish bo‘lsa, soliq tushumlarining real qiymati pasayib ketadi.
Elastik soliq tizimi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi va natijada ijtimoiyiqtisodiy infratizimga xarajatlar muntazam oshib boraveradi. Agar xarajatlarning oshib borishi soliq tushumlarining oshishi bilan birgalikda sodir bo‘lmasa, bu kamomadli budjetga va uning oqibatida tashqi va ichki qarzlarning ko‘payishiga olib keladi. Soliq tizimi elastik bo‘lgan hollarda odatda mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va hukumatga ishonchni pasaytiradigan rejalashtirilmagan tez-tez soliqlarni ko‘tarish masalalari kun taribida turmaydi.
Elastiklik koeffitsiyenti nafaqat umumiy soliq tushumlari, balki alohida olingan soliq turlari bo‘yicha ham hisoblanadi. Masalan, qiymatdan olinadigan soliq muayyan obyektdan olinadigan soliqqa nisbatan elastikroqdir. Yana bir elastik soliq turlaridan biri individual daromad solig‘idir.
Soliqning dinamikligi YaIMning nisbiy ko‘payishiga nisbatan to‘rejagan soliq summasi sifatida aniqlanadi. Soliq tushumlari hajmining o‘zgarishi soliq tizimidagi har qanday o‘zgarishlar, shu jumladan soliqqa tortish tarkibidagi diskretsion o‘zgarishlar tufayli sodir bo‘lishi mumkin. Soliqning dinamiklik koeffitsiyenti quyidagicha ifodalanadi:
.
DT ushbu davrda haqiqatda soliq tushumlarining o‘zgarishini ifodalaydi. Elastiklik koeffisintini hisoblash formulasidagi ДAT ham soliq tushumlaridagi o‘zgarishni ifodalaydi, lekin elastiklik koeffitsiyentida ma’lum davrda soliq tizimidagi o‘zgarishlar hisobiga olinishi mumkin bo‘lgan samara inobatga olingan edi. Agar tizimdagi o‘zgarishlar daromadlarning ko‘payishiga olib kelsa, dinamiklik darajasi elastiklikdan yuqori bo‘ladi, chunki soliq tizimidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan holdagi soliq tushumlari summasiga nisbatan haqiqiy soliq tushumlari summasi kattaroq bo‘ladi.
Soliq tizimini baholash. Mutaхassislar har bir mamlakatning soliq tizimiga baho berishda uning qo‘yilgan vazifalarga qanchalik javob berishi va tizimni islohot qilish imkoniyatlarini hisobga olishilari kerak. Soliqqa tortish tizimining asosiy vazifasi daromadlarni to‘plash bo‘lishiga qaramasdan, u ko‘pincha boshqa maqsadlarda, masalan, bozor хo‘jaligining kamchiliklarini tuzatish va daromadlarni qayta taqsimlashga ko‘maklashish maqsadlarida ham foydalaniladi. Yuqoridagi maqsadlarni hisobga olgan holda soliq tizimining samaradorligiga baho berish uchun bir nechta me’yorlar ishlab chiqilgan. Mamlakatning soliq tizimini tahlil qilishda Tanzi diagnostik testidan foydalanish mumkin.
Daromadlar tushumining samaradorligiga baho berish uchun Vito Tanzi 8 ta miqdoriy diagnostik testdan foydalanishni taklif qilgan:
Do'stlaringiz bilan baham:
|