Kapital xarajatlar. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida olib borilayotgan tizimiy islohotlar davlatdan samarali kapital qo‘yilmalarining sarflanishini talab qiladi. Bu хomashyo va omillarning nisbiy narхlari masalasida noaniqliklarga yo‘l qo‘yilmasligi bilan birgalikda olib borilishi lozim. Biroq, bunday dasturlar aniq maqsadga yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan dasturlar ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaydigan, ya’ni iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. Bunda asosiy e’tibor bozor bilan raqobat qilmasdan, uni to‘ldirishga yo‘naltirilgan davlat investitsiyalariga qaratiladi. Davlat uchun ustuvor yo‘nalishlar bo‘lib maorif, sog‘liqni saqlash, shahar kommunal хo‘jaligi va qishloq joylarda infratuzilimani tashkil qilish hisoblanadi.
Davlat xarajatlari va davlatning roli. Ayrim ehtiyojlarni bozor qondira olmagani uchun, davlat ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashishga majbur bo‘ladi. Bozor milliy mudofaa, ijtimoiy tartibni saqlash yoki milliy parklarni saqlash kabi aholi uchun ijtimoiy tovarlarni yetkazib berish sohalarida ishlab chiqaruvchilar foyda ololmaganliklari sababli, ushbu sohada faoliyat yuritmaydi. Davlat o‘z xarajatlari, me’yoriy aktlari va soliqqa tortish orqali bozor faoliyati qamrab olmagan sohalarda faoliyat yuritadi.
Soliqqa tortishdan foydalanib, xarajatlarni amalga oshirish yoki me’yoriy aktlarga asoslanib davlat uzoq muddatli kelgusi davrda chegaralangan yoki faol ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Unda davlat sektorining roli iloji boricha aniq va yaqqol belgilanishi lozim.
Kvazifiskal operatsiyalar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan ko‘pchilik mamlakatlarda Markaziy bank va boshqa davlat moliya muassasalari davlat budjeti kamomadiga ta’sir qiluvchi moliyaviy operatsiyalarni olib borishadi. Kvazifiskal operatsiyalar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
valyuta tizimi orqali almashuv kursini subsidiyalash;
davlat idoralari, korхonalar yoki хususiy tizimni kreditlashda subsidiyalash;
kafolatlangan almashuv kursi singari ta’minlanmagan yoki shartli majburiyatlarni qabul qilish.
Davlat sektori budjet balansini hisoblashda agar yuqorida ko‘rsatilgan operatsiyalar keng tarqalgan bo‘lsa, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar albatta inobatga olinishi lozim. Ba’zi mamlakatlarning markaziy va davlat banklari katta miqdorda zarar ko‘rishlari natijasida moliyaviy tizim nobarqaror holatga kelib qoladi. Bunday operatsiyalarning mavjudligi davlat budjetining iqtisodiyotga ta’sirini aniqlashda odatdagi ko‘rsatkichlar orqali aniq va ishonchli tahlil qilib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Kvazifiskal operatsiyalar bilan bog‘liq soliq va subsidiyalar resurslarning normal taqsimlanishiga imkon bermaydi.
Kvazifiskal opreasiyalarni har doim ham aniq hisoblash imkoniyati bo‘lmasada, ularni alohida Markaziy bank va davlatning moliyaviy muassasalari balanslarida ko‘rsatish lozim. Agar ularni aniq ko‘rsatish imkoniyati bo‘lsa, kvazifiskal soliqlar va subsidiyalarni normal budjet operatsiyalari sifatida bevosita soliqlar va subsidiyalar ko‘rinishida budjetda ko‘rsatish kerak. Bunda kvazifiskal operatsiyalar bilan bog‘liq, ya’ni yagona almashuv kursining yo‘qligi sababli bevosita subsidiya shaklidagi kreditlash budjet balansida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgani kabi, uzoq muddatli muammolarni yechish asosiy vazifa sifatida ko‘riladi. Kvazifiskal operatsiyalar miqyosini chegaralash uchun qonuniy tarzda Markaziy bankning kvazifiskal operatsiyalar bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini chegaralash lozim. Bunday tizimiy islohotlarning asosiy maqsadi kvazifiskal operatsiyalarni minimal darajaga keltirish va keyinchalik ulardan batamon voz kechish hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini bozor iqtisodiyotidagi kamchiliklar va resurslarni odilona taqsimlash zarurati nuqtai nazaridan oqlash mumkin. Lekin, faollik darajasi yanada oshib ketsa, jamiyat uchun bevosita va bilvosita iqtisodiy xarajatlar ham oshib ketishi mumkin. Shuning uchun ko‘pchilik bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda davlatning хo‘jalik faoliyatiga aralashuvini kamaytirishga qaratilgan qonuniy me’yorlar ishlab chiqilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat xarajatlarining YaIMdagi salmog‘ini past darajada bo‘lishi, davlat rolining chegaralanganligini emas, balki davlatning moliyalashtirish imkoniyatlarini cheklanganligi, narхlarning haqiqiy xarajatlarni ifodalamasligi yoki kvazifiskal operatsiyalarning ko‘pligidan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |