Davlat operatsiyalarini o‘lchash. DMSning me’yorlariga binoan davlat moliya statistikasi doirasida operatsiyalar MHT, pul-kredit sohasi va to‘lov balansidagidek o‘tkazish (начисление) usulida emas, balki kassa yoki to‘lov usulida hisobga olinadi. Olingan mablag‘lar va qilingan to‘lovlar moliyaviy hisob-kitob qilingan vaqtda kassa usulida amalga oshiriladi. O‘tkazish usulida esa operatsiyalar majburiyatlar yoki talab yoki to‘lov muddati yyetib kelgan vaqtda hisobga olinadi.
Davlat operatsiyalari kassa asosida hisoblanishi ularni pul-kredit hisoblari bilan taqqoslash imkonini beradi va uning natijasida davlat operatsiyalarining agregat pulkredit ko‘rsatkichlariga ta’sir darajasining aniqlanishini osonlashtiradi. Kassa asosida (davlat moliya statistikasi) va o‘tkazish usulidagi (pul-kredit hisoblari) hisob-kitoblar orasidagi farq muddati o‘tib ketgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdolikning mavjudligi natijasida paydo bo‘ladi va ular operatsiyalarni iqtisodiy tahlil qilishda muhim vosita hisoblanadi. Muddati o‘tib ketgan qarzdorlik davlat boshqaruv idoralarining o‘z majburiyatlarini vaqtida to‘lashga qurbi yetmasligidan dalolat beradi va bu holat ko‘pincha kassa va o‘tkazish usullarida hisoblangan budjet balansida katta farqlarga olib keladi. O‘tkazish usulida hisoblangan budjet balansi hukumat tomonidan mablag‘lardan sof foydalanilishini ifodalab, davlatning majburiyatlarini to‘laqonli ifodalasa (ham ichki, ham tashqi majburiyatlarini), kassa asosida hisoblangan budjet balansi faqat haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlarnigina ifodalaydi. Agar hukumatning kassa asosida hisoblangan budjet kamomadi o‘tkazish usulida hisoblangan budjet kamomadidan past bo‘lsa, bu holat foizlarni va boshqa majburiyatlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlik mavjudligidan dalolat beradi.
Davlat moliya statistikasi tizimi. Bu tizim davlat idoralarini milliy iqtisodiyotning boshqa sektorlari va tashqi dunyo bilan olib borgan operatsiyalarini to‘laqonli hisobga olish va birinchi navbatda, daromadlar tushumi, to‘lov xarajatlari va to‘lanmagan qarzdorlikni aniqlashga mo‘ljallangan.
Quyida ushbu tizimning asosiy tamoyillarini ko‘rib chiqamiz:
daromadlar, tushumlar, to‘lovlar va xarajatlar. Umumdavlat budjetining holati va uning makroiqtisodiyotga ta’sirini baholash uchun daromadlar va xarajatlar tushunchalarini aniq chegaralash lozim. Barcha daromadlar tushumlar bo‘lganligi bilan barcha tushumlar daromad bo‘lib hisoblanmasligi mumkin. Daromad faqat majburiyatlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan tushumlargina hisoblanishi mumkin. Hukumatga kredit sifatida tushgan mablag‘lar daromad bo‘lib hisoblanmaydi, chunki kreditlar vaqti kelib qaytarilishi lozim bo‘ladi. Хuddi shunga o‘хshash, hamma to‘lovlar ham xarajatlar bo‘lib hisoblanmaydi. Masalan, kreditlarni qaytarish kreditlarni olish vaqtidagi majburiyatlardan kelib chiqqani uchun mablag‘lar xarajati bo‘lib hisoblanmaydi. Foizlar bo‘yicha to‘lovlar esa xarajatlar tarkibiga kiritiladi;
yalpi va sof summa. Daromad olish va mablag‘larni xarajat qilishdagi davlat operatsiyalarini statistik ma’lumotlarda to‘la ifodalash uchun daromadlar va xarajatlar yalpi summa ko‘rinishida ifodalanadi. Masalan, maktabda o‘qitish uchun to‘lovlar maorif xarajatlarining balanslashgan provodkasida ko‘rsatilmaydi, soliqlarni yig‘ish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar esa soliq tushumlaridan ”manfiy daromadlar” sifatida chegirilmaydi. Kreditlash va qarz olish qoidadan chiqadigan alohida ikkita holat hisoblanadi. Bu holatda yagona ahamiyatli miqdor bo‘lib, pul mablag‘larining davlat boshqaruv idoralariga va qarama-qarshi yo‘nalishda tezlik bilan harakatlanishi hisoblanadi;
ikkiyoqlama va biryoqlama operatsiyalar. Ikkiyoqlama operatsiyalar
natijasida tovar va хizmatlarni olish (berish) evaziga pul resurslari to‘lanadi (olinadi). Masalan, tovar va хizmatlarni sotish (sotib olish) operatsiyalari. Biryoqlama operatsiyalarda to‘lash yoki olish ularning evaziga birorta narsani olish yoki berish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, transfertlar va grantlar olish (berish);
Do'stlaringiz bilan baham: |