2. Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar.
Optik pirometrlarning ishlash prinsipi xarorati o‘lchanayotgan jismning nurlanish ravshanligini etalon jismlarining monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan solishtirishga asoslangan. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi rostlanadigan cho‘g‘lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu gruppadagi keng tarqalgan asboblardan biri — cho‘g‘lanish tolasi yo‘qolib ketadigan monoxromatik optik pirometrdir. Bu asbobning prinsipial sxemasi 10.1-rasmda keltirilgan. Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi ob’ektiv 1 orqali yig‘iladi va pirometrik lampa 2 ning toza yuzasiga proeksiyalanadi. Okulyar 3 yordamida ob’ektning tasviri bilan kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta’minlash manbai E ning o‘zgarmas tokidan cho‘g‘lanadi. Manbaning kuchlanishini reostat R yordamida sekin-asta rostlash yo‘li bilan ob’ekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. SHu payt ob’ekt tasviri bilan kesishgan tolaning qismi rasmda ko‘rsatilganidek, yo‘qolib ketadi. Ravshanliklari tenglashgandan so‘ng tok kuchini yoki lampa kuchlanishini o‘lchaydigan asbob bilan pirometr ko‘rsatishlari hisoblanadi.
Termoelektrik termometrlar.
Termojuftlangan elektr o'lchash asbobi termoelektrik asbob deyiladi. U haroratni 50 dan 25000С gacha o'lchash uchun qo'llaniladi va boshqa asboblarga solishtirilganda qator afzalliklarga ega: o'lchashlarda aniqligi yaxshi, ularning mutlaq qiymatlarini katta haroratlar oralig'ida o'lchash mumkinligi, bir nechta termojuftlarni qayta ulagich yordamida bitta elektr o'lchash asbobiga ulash bilan harorat nazoratini markazlashtirishga imkon beradi. Haroratni o'lchash uchun termoelektrik termometrlar ishlatishi termojuftning termoelektr yurituvchi kuchi haroratga bog'liqligiga asoslangan. Termoelektr yurituvchi kuch ikki xil o'tkazgichdan tuzilgan zanjirda, bu o'tkazgichlar ulangan joylarida haroratlar farqi natijasida hosil bo'ladi (1-rasm). Termoelektrik termometrlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarga qator talablar quyiladi: issiqlikka chidamlilik, issiqlikka mustahkamlik, kimyoviy chidamlilik, barqarorlik, tiniqlik, darajalangan tavsiflari chiziqliligi, yuqori sezgirligi va boshqalar. Ularning orasida majburiy va ma'qul keladiganlari bor. Majburiy talablar qatoriga darajalangan tavsiflar barqarorligi va ma'lum termoelektrik xossalarga ega kerakli miqdorda materiallarni qayta ishlab chiqarish kiradi. Qolgan talablar esa ma'qul keladigan bo'ladi
Tuzuvchi: Axmedov Sh.S
Kafedra mudiri: Quchqarov A.A
“Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari” fanidan
oraliq nazorat savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |