4 amaliy mashg’ulot mavzu: Issiqlikka chidamli beton sinfini aniqlash 3-Topshiriq. Issiqqabardoshli beton sinfini aniqlash



Download 30,5 Kb.
Sana09.03.2022
Hajmi30,5 Kb.
#486901

4 AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Issiqlikka chidamli beton sinfini aniqlash
3-Topshiriq. Issiqqabardoshli beton sinfini aniqlash
Olingan qiymatlarga ko'ra, haroratning pasayishi va qoldiq mustahkamlik 1-jadvalga muvofiq. beton sinfini aniqlanadi va sinovdan o'tgan betonini ma'lum bir haroratda ishlashga yaroqliligi to'g'risida xulosa qilinadi.
Keyingi yillarda qurilish sohasida qumli betonlar keng qo‘llanil-moqda. Bu esa to‘ldiruvchi sifatida faqat qum ishlatilishi tufayli to‘l-diruvchilar solishtirma yuzasining va g‘ovakligining oshishiga olib keladi. Me’yoriy harakatchan tuzilishli beton qorishmasini olish uchun huddi shunday yirik to‘ldiruvchili beton qorishmasiga nisbatan suv va sement miqdori 15...20 % ko‘p sarf qilinadi. Bu esa o‘z navbatida betonni hajmiy cho‘kish deformatsiyasining o‘sishiga sabab bo‘ladi.
Biroq keyingi yillarda fan va texnikaning rivojlanishi, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining takomillashishi natijasida mayda donali betonlarning tarkibi ko‘p komponentli tarkiblar bilan (super-plastifikatorlar, mayda tuyilgan faol qo‘shilmalar va h.k.) boyitilishi natijasida eng kam miqdordagi sement va suv sarfiga, shuningdek, beton-ning hajmiy cho‘kishi deformatsiyasining keskin kamayishiga erishildi.
Mayda donali tuzilishli material (beton) o‘zining bir qancha ustunlik xossalariga ega bo‘lib, ulardan quyidagilarini keltirish mumkin:
yirik o‘lchamli qo‘shilmalarsiz yuqori sifatli va mayda dispersli bir-
xil tuzilish hosil qilish mumkin;
betonning samaradorligini kimyoviy va mineral qo‘shilmalar kiritish
orqali oshirish;
yuqori texnologiyali qilish, ya’ni buyum va konstruksiyalarni qolip-
lashda quyish, presslash, shtampovkalash kabi usullardan unumli foyda-lanish;
yuqori sifatli quruq qorishmalarni keng qo‘llash imkoniyatini ta’min-
lash;
turli xil kompleksli xossalarga ega bo‘lgan betonlar olish imkoniyat-
larini aniqlash;
yangi me’moriy-konstruksiyaviy echimlar asosida yupqa qobiqli va ko‘p qatlamli konstruksiyalarni ishlab chiqarish;
tannarxi nisbatan yuqori bo‘lmagan maxalliy xom ashyolarni keng qo‘l-
lash orqali yuqori mustaxkam mayda donali betonlar olish va x.k.
Mayda donali betonlarni yupqa qobiqli temirbeton konstruksiyalarni tayyorlashda qo‘llanilganda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Bunday beton po‘lat sim to‘rlar bilan armaturalanadi, natijada “armotsement” hosil bo‘ladi, ya’ni yupqa qobiqli konstruksiyalar uchun yuqori mustaxkam material. Mayda donali beton tarkibiga tolasimon temir qipiqlari (fibr) qo‘shilganda, cho‘zilishga mustahkamligi yuqori bo‘lgan “fibrobeton” hosil bo‘ladi. Betonning tuzilishi va hossalarini modifika-siyalovchi kompozitsion bog‘lovchi moddalar va maxsus kompleks qo‘shilmalar qo‘shish orqali “ko‘p komponentli kompozitsiyali” mayda donali betonlar olinadi. Mayda donali betonning hossalari huddi og‘ir betonniki kabi usullar orqali aniqlanadi. Ammo mayda donali sement-qumli beton tuzilishi, sement miqdorining ko‘pligi, qattiq tosh skeletining yo‘qligi, yuqori g‘ovakligi kabi alohida hususiyatlari bilan farqlanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

  1. Mayda betonlar uchun qo’shiladigan sement markalari

  2. Armosementlar to’g’risida ma’lumot

Download 30,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish