2.Muvozanatlashgan ko’prik sxemalari.
Termometrlar qarshiligini o‘lchash uchun elektrotexnikada foydalaniladiganodatdagi muvozanatlashtirilgan va muvozanatlashtirilmagan ko‘prik sxemalarni qo‘llash mumkin.
Muvozanat ko‘priklari ikki xil: laboratoriyada (noavtomatik) va sanoatda ishlatiladigan (avtomatik) bo‘ladi. YArim o‘tkazgichli termoqarshiliklarning o‘lchov asbobi sifatida esa, odatda, muvozanatlashtirilmagan ko‘priklar xizmat qiladi.
Kvazimonoxromatik (optik) pirometrlar.
Optik pirometrlarning ishlash prinsipi xarorati o‘lchanayotgan jismning nurlanish ravshanligini etalon jismlarining monoxromatik nurlanish ravshanligi bilan solishtirishga asoslangan. Etalon jism sifatida, odatda, nurlanish ravshanligi rostlanadigan cho‘g‘lanish lampasining tolasidan foydalaniladi. Bu gruppadagi keng tarqalgan asboblardan biri — cho‘g‘lanish tolasi yo‘qolib ketadigan monoxromatik optik pirometrdir. Bu asbobning prinsipial sxemasi 10.1-rasmda keltirilgan. Qizdirilgan jismning nurlanish oqimi ob’ektiv 1 orqali yig‘iladi va pirometrik lampa 2 ning toza yuzasiga proeksiyalanadi. Okulyar 3 yordamida ob’ektning tasviri bilan kesishgan lampa tolasining tasviri kuzatiladi. Lampa tolasi ta’minlash manbai E ning o‘zgarmas tokidan cho‘g‘lanadi. Manbaning kuchlanishini reostat R yordamida sekin-asta rostlash yo‘li bilan ob’ekt va tola ravshanliklari tenglashguncha oshirib boriladi. SHu payt ob’ekt tasviri bilan kesishgan tolaning qismi rasmda ko‘rsatilganidek, yo‘qolib ketadi. Ravshanliklari tenglashgandan so‘ng tok kuchini yoki lampa kuchlanishini o‘lchaydigan asbob bilan pirometr ko‘rsatishlari hisoblanadi.
Tuzuvchi: Axmedov Sh.S
Kafedra mudiri: Quchqarov A.A
“Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari” fanidan
oraliq nazorat savollari
10-savol
1.Suyuklik termometrlari.
Suyuqlikli termometrlar — 200°S dan +600°S gacha oraliqdagi xaroratni o‘lchash uchun ishlatiladi. SHisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi etarli darajada yuqori va arzon bo‘lgani sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichiga o‘rnatilgan termometr suyuqligining hajmi xarorat ko‘tarilishi yoki pasayishida o‘zgarishiga asoslangan. SHisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirt (etanol), kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning qo‘llanilish chegaralari 5.1-jadvalda keltirilgan.
Suyuqlikli termomegrlar orasida eng ko‘p tarqalgani simobli termometrlardir.
Termometrga solinadigan suyuqliklar 5.1-jadval
Suyuqlik
|
Qo’llanish chegaralari, 0C da
|
pastki
|
yuqori
|
Simob
|
-35
|
600
|
Toluol
|
-90
|
200
|
Etil spirt (etanol)
|
-80
|
70
|
Kerosin
|
-60
|
200
|
Petroley efir
|
-120
|
25
|
Pentan
|
-200
|
20
|
Do'stlaringiz bilan baham: |