Spektral nisbatli (rangli) pirometrlar.
Spektral energetik ravshanlik va integral nurlanish moddaning fizik xossalariga bog‘liq. SHuning uchun pirometrlar shkalasini absolyut qora jism nurlanishi bo‘yicha darajalanadi. Xarorat ortishi bilan spektral energetik ravshanlikning ortishi turli uzunlikdagi to‘lqinlar uchun turlicha va nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan xaroratlar sohasida absolyut qora jism uchun Vin tenglamasi bilan tavsiflanadi:
(10.1)
bunda E0λ — λ uzunlikdagi to‘lqin uchun absolyut qora jismning spektral energetik ravshanligi; T—jismning absolyut xarorati; S1, va S2 nurlanishning qabul qilingan birliklar sistemasiga bog‘liq bo‘lgan konstantalari qiymati; h — Plank doimiysi; S—yorug‘lik tezligi; S2 = NhC/Rg , N—Avogadro doimiysi; Rg—universal gaz doimiysi; e—natural logarifm asosi.
Turli uzunlikdagi to‘lqinlarning spektral energetik ravshanligi bir xil bo‘lmagani uchun Vin tenglamasini optik pirometriyada ma’lum uzunlikdagi to‘lqinlar uchun qo‘llaniladi (odatda to‘lqin uzunligi 0,65 yoki 0,66 mkm bo‘lgan qizil rang uchun). Vin tenglamasidan taxminan 3000 K gacha bo‘lgan xaroratlar uchun foydalansa bo‘ladi. Undan ham yuqoriroq xaroratlarda absolyut qora jismning nurlanishi jadalligi Plank tenglamasi bilan xarakterlanadi:
(10.2)
Absolyut qora jismning integral nurlanishi Stefan — Bolsman tenglamasi bilan tavsiflanadi:
(10.3)
bunda S0 —absolyut qora jismning nurlanish doimiysi; T — nurlanayotgan sirtning absolyut xarorati, K.
Real fizik jismlar energiyani absolyut qora jismga Karaganda kamroq jadallik bilan nurlantiradi. Kvazimonoxromatik pirometr bilan ham to‘la nurlanish pirometrii bilan o‘lchash natijasida shartli xarorat deb ataladigan xaroratga ega bo‘linadi. SHartli xaroratdan (ravshanlik xaroratidan) haqiqiy xaroratga o‘tish uchun Vin tenglamasini o‘zgartirishdan foydalaniladi.
Fizik jismning kvazimonoxromatik pirometr yordamida o‘lchangan yorug‘lik xarorati Tya bo‘yicha haqiqiy xarorati T qiymati quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
(10.4)
bunda Tya— jismning pirometr yordamida o‘lchangan ravshanlik (shartli) xarorati, K; λ—to‘lqin uzunligi, mkm; S2—Vin tenglamasi doimiysi; ελ— jismning berilgan to‘lqin uzunligi uchun qoralik darajasi.
Real jism xarorati T ning to‘liq nurlanish pirometri yordamida o‘lchangan haqiqiy qiymati quyidagi formula bilan ifodalanadi:
(10.5)
bunda Tu—to‘liq nurlanish pirometri bilan o‘lchangan shartli xarorat, ε —barcha uzunlikdagi to‘lqinlar uchun jismning qoralik darajasi.
2.Magnitoelektrik millivoltmetrlar.
Hozir termoelektr termometrlar (termoparalar) dagi TEYUK ni o‘lchash uchun magnitoelektr millivoltmetrlar, potensiometrlar va o‘zgartgichlar keng qo‘llanilmoqda.
Millivoltmetr — magnitoelektr o‘lchash asbobi bo‘lib, ularning ishlash prinsipi uning qo‘zg‘aluvchan ramkasidan o‘tayotgan tokning o‘zgarmas magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siriga asoslangan.
3.Termoelektrik termometrlar.
Termojuftlangan elektr o'lchash asbobi termoelektrik asbob deyiladi. U haroratni 50 dan 25000С gacha o'lchash uchun qo'llaniladi va boshqa asboblarga solishtirilganda qator afzalliklarga ega: o'lchashlarda aniqligi yaxshi, ularning mutlaq qiymatlarini katta haroratlar oralig'ida o'lchash mumkinligi, bir nechta termojuftlarni qayta ulagich yordamida bitta elektr o'lchash asbobiga ulash bilan harorat nazoratini markazlashtirishga imkon beradi. Haroratni o'lchash uchun termoelektrik termometrlar ishlatishi termojuftning termoelektr yurituvchi kuchi haroratga bog'liqligiga asoslangan. Termoelektr yurituvchi kuch ikki xil o'tkazgichdan tuzilgan zanjirda, bu o'tkazgichlar ulangan joylarida haroratlar farqi natijasida hosil bo'ladi (1-rasm). Termoelektrik termometrlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarga qator talablar quyiladi: issiqlikka chidamlilik, issiqlikka mustahkamlik, kimyoviy chidamlilik, barqarorlik, tiniqlik, darajalangan tavsiflari chiziqliligi, yuqori sezgirligi va boshqalar. Ularning orasida majburiy va ma'qul keladiganlari bor. Majburiy talablar qatoriga darajalangan tavsiflar barqarorligi va ma'lum termoelektrik xossalarga ega kerakli miqdorda materiallarni qayta ishlab chiqarish kiradi. Qolgan talablar esa ma'qul keladigan bo'ladi
Tuzuvchi: Axmedov Sh.S
Kafedra mudiri: Quchqarov A.A
“Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari” fanidan
oraliq nazorat savollari
7-savol
Do'stlaringiz bilan baham: |