Siyosatshunoslik


bet26/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Jan Boden 
(1630—1596)ning qarashlari 
ham muayyan qiziqish uyg‘otadi. «Davlat to ‘g‘risida olti kitob» 
asarida u birinchi bo‘lib davlat suvereniteti g'oyasini ilgari sur- 
di, davlat ilohiy tarzda kelib chiqmaganligini ta ’kidlab, uning 
manfaatlari din manfaatlaridan ustun bo‘lishi lozimligini va 
vijdon erkinligi o‘rnatilishini targ‘ib etdi.
Xullas, Uyg‘onish davri siyosiy ta ’limotlari siyosiy-huquqiy 
ta ’limotlar rivojining keyingi taraqqiyoti uchun muhim poyde- 
vor bo‘lib xizmat qildi.
Ma’rifatparvarlik davrida siyosiy g‘oyalarning taraqqiyoti.
Bunday siyosiy qarashlar keyinchalik 
Tomas Gobbs 
(1598— 
1679) qarashlarida rivojlantiriladi. Gobbs monarxiyani — hoki­
miyatning eng qulay shakli, deb hisoblaydi. Buni o‘zining «Le- 
viafan» asarida insonlarning davlat paydo bo‘lgunigacha bo‘lgan 
davrdagi hayotini tasvirlab, unda «xaos» va «ixtilof»lar hukmron 
bo‘lganligini ta ’kidlaydi yoki bu hukmronlikni «hammaning 
hammaga qarshi urush» holati sifatida qayd etadi. «Ijtimoiy 
kelishuv»ga «xaos»dan chiqishdagi muhim yo‘l sifatida qaraladi. 
Gobbs monarxning asosiy vazifasi qonunni saqlay bilish, deb 
tushunadi.
Angliya faylasufi 
J. Lokk (1632—1704) 
qarashlarida esa si- 
yosatda fuqarolik konsepsiyasi ilgari suriladi. Lokk ta ’limoti
48


nisbatan real hayotga asoslanganligi bilan ajralib turadi va 
cheklangan monarxni o'rnatishni yoqlaydi.
U siyosiy fikr tarixida birinchilardan bo‘lib «shaxs», «jami­
yat» va «davlat» tushunchalarining tahlilini beradi hamda shaxsni 
jamiyat va davlatdan yuqori qo‘yadi. Lokkning fikricha, inson 
tug'ilganidan boshlab tabiiy huquqlarga ega bo‘ladi. «Hayot» 
yoki «yashash», «erkinlik» va «mulkka ega bo'lish» huquqlarini 
ana shu huquqlar jumlasiga kiritadi. U xususiy mulkka ega bo‘lish 
huquqini quyidagicha asoslaydi. 
Birinchidan,
xususiy mulkka 
ega bo‘lish insonning o ‘zini va uning oilasining yashashi uchun 
zarur ehtiyojni ta ’minlash uchun kerak, inson zarur narsalarga 
ega bo‘lgan taqdirdagina o ‘zining rivojlanishiga alohida e’tibor 
berishi mumkin. Xususiy mulk mutlaq qadriyat emas, aksin- 
cha, erkin jamiyatga erishish vositasidir. Insonlar mulk jamg‘a- 
rishda erkin bo'lishlari kerak. 
Ikkinchidan,
mulkka ega bo‘lish 
insonning individualligi shakllanishiga ta ’sir ko‘rsatadi. Davlat 
jamiyatga, jamiyat o‘z navbatida shaxsga bo‘ysunishi lozim. 
Davlat va jamiyat bir narsa emas, davlat hokimiyatining qulashi 
jamiyat rivojining tugaganidan dalolat bermaydi. Jamiyat yangi 
davlat hokimiyatini o ‘matishi lozim. Davlat shaxs huquqlarini 
himoya qilish m aqsadida faoliyat ko'rsatadi. U shaxsdan 
kuchliroq bo‘lishi mumkin emas, chunki shaxs jamiyatni, jamiyat 
esa davlatni tashkil etadi. Lokk qonun chiqaruvchi va ijro 
hokimiyati bo‘lishini yoqlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatga 
ustuvorlik beradi, chunki u davlatning siyosatini belgilaydi, deb 
ko‘rsatadi.
Fransiya m a’rifatparvari 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish