Siyosatshunoslik


 ‘rta asrlar va yangi davrdagi ijtimoiy-siyosiy g‘oya!ar


bet21/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

2. 0 ‘rta asrlar va yangi davrdagi ijtimoiy-siyosiy g‘oya!ar
« 0 ‘rta asrlar» antik dunyo va Yangi davr oralig‘idagi tarixiy 
bosqich bo‘lib, dastlab XV asrdagi italyan gumanistlari tom oni­
dan ilmiy muomalaga kiritilgan atamadir. An’anaga ko‘ra V asr 
boshlarida (410-yil) qirol Alarix boshchiligidagi got qabilalari- 
ning Rim shahrini vayron qilishi va G ‘arbiy Rim imperiyasi- 
ning qulashidan boshlanuvchi 0 ‘rta asrlar XIV asrgacha davom 
etgan. Uyg'onish va Reformatsiya davrini qamrab oluvchi XV 
asrdan XVII asming o ‘rtalarigacha bo‘lgan davmi so‘nggi 0 ‘rta 
asrlar yoki Yangi davr boshlariga kiritish fikri keng tarqalgan.
0 ‘rta asr siyosiy-huquqiy g‘oyalarining negizida xristian ilo- 
hiyotshunosligi yotadi. Xristianlik I asrda Rim imperiyasining 
sharqiy viloyatlarida vujudga keldi va XIII asrga kelib g‘oyaviy 
jihatdan tugal diniy mafkuraga aylandi.
Avreliy Avgustin. 0 ‘rta asr siyosiy-huquqiy fikri tarixida diniy 
an’analaming eng klassik (mumtoz) ko‘rinishi katolik cherkovi 
asoschilari va da’vatchilaridan biri Avreliy Avgustin (345—
Цицерон.Эстетика.Трактаты, речи, письма. —М. 1994. - С. 175 / / Ирхин
Ю.В., Зотов В.Д., Зотова Л.В. Политология. - М., 2000. - С. 55.
42


430)ning siyosiy nazariyasida o‘z ifodasini topdi. Afrika shimolida 
tavallud topib, Karfagen notiqlik maktabida tahsil olgan A. 
Avgustin Rim ning varvarlar tom onidan istilo etilishidan 
ta ’sirlanib yozgan «Iloh shahri» hamda «Va’z, pand-nasihat» 
(«Ispoved») asarlarida dunyoviy davlat hokimiyatini inkor etib, 
katolik cherkovi diniy hokimiyatining yer yuzida hukmronlik 
qilishi lozimligi to ‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi.
A. Avgustinning fikricha, insoniyat tarixi ilohiy bashorat 
orqali belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ezgulik va yovuzlik kuchlarining 
o‘zaro kurashidan iboratdir. Ilohiylikdan faqat ezgulik taraladi, 
yovuzlik va zulm esa o‘zbilarmonlikka intiluvchi, ilohiy aqidalami 
tan olmaydigan erkin iroda mahsulidir.
Cherkovga bo‘ysunmay shayton izmida yurganlar qurgan 
dunyoviy davlat qasoskorlar to ‘dasidan farq qilmaydi, deb bil- 
gan bu ilohiyotshunos «iloh shahri»ni «insonlar shahri»ga 
qarama-qarshi qo‘yadi. Zo'rlikning har qanday ko‘rinishini rad 
etar ekan, insonlar bir-birining ustidan hukmronlik qilish, biri 
ikkinchisini itoat ettirish, hukmronlikka intilish ishtiyoqida davlat 
va uning jazolovchi idoralarini o'ylab topganlar, deya hisoblay­
di. Odamlami «o‘zlaricha», ya’ni shayton domidagi «yerdagi 
odam lar»ga va xudoga in tilib yashayotganlar — «ilohiy 
odamlap>ga ajratadi. «Diniy e’tiqodsiz bilim yo‘q, haqiqat yo‘q», 
degan tamoyilni ilgari surib, «gunohga botgan shaharlar va 
davlatlar»ga «ilohiy shahar»ni, katolik cherkovining jahonga 
hukmronligini qarama-qarshi qo‘yadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, Platonning ikki dunyo, stoik- 
laming ikki polis to ‘g‘risidagi qarashlari bilan Avgustin naza­
riyasi o'rtasida o ‘xshashlik mavjud.
Avgustin ta ’limotiga tayangan katolik cherkovi XI—XIII 
asrlaiga kelib Yevropa ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida yetak- 
chi mavqeni egalladi.
Sharq mamlakatlariga uyushtirilgan salib yurishlari, inkvi- 
zitsiya sudlari, cherkovning rasmiy-siyosiy mafkurasiga qarshi 
chiqqan, papa hokimiyati va feodal tartiblarga bo'ysunishni is- 
tamagan yeretiklarga qarshi qo‘llanilgan jazolar bu davming siyo­
siy tafakkuri, yurisprudensiyasi, falsafasi va tabiatshunosligi ilo- 
hiyotning kuchli ta’siri ostida qolib ketganligidan dalolat beradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish