Siyosatshunoslik


bet20/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

birinchisi,
qonun muhokama etuvchi organ — hokimiyat 
ishlarini ко‘rib chiqadi;
— 
ikkinchisi,
lavozimlar;
— 
uchinchisi,
sud organlari.
Aslida hokimiyatlaming bolinishi to‘g‘risidagi bu fikrlar o‘zini 
demokratik deb atayotgan har bir zamonaviy davlat konsti- 
tutsiyasida uchraydi.
Garchi, demokratiya kambag‘al - yo‘qsillar manfaatini 
ifodalaydi, umum manfaatini nazarda tutmaydi deb, demokra- 
tiyani mukammal tuzum qatoriga 
kiritmagan
bo‘lsa-da, Aristo­
tel davlatning mustaqilligi uchun kambag‘allar to ‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik qilish lozim, chunki kambag'allar, odatda, davlatni 
boshqarishdan chetda bo‘ladilar. Isyon va jinoyatlar ko'payadi, 
qayerdaki o ‘rta sinf bolm asa, kambag‘allar soni ko‘p bo‘lsa 
murakkab vaziyat vujudga keladi va davlat halok b o iad i, deb 
hisoblaydi.
Shunday qilib, Platon ideal davlatni orzu qilgan b o isa 1, 
uning shogirdi Aristotel o ‘z ustoziga nisbatan birmuncha prag- 
matik va realistroq chiqdi, insonga siyosiy mavjudot deya baho 
berib, siyosatning adolatga tayangan holda qonunlar ishlab chi­
qishi lozimligini qayd etdi.
Grek falsafasi, madaniyati, fani qadimgi Rim jamiyatiga
Izoh: Mashhur tarixchi A. Toynbi Platonning ideal davlat to‘g‘risidagi nazari-
yasini reaksion nazariya deb hisoblaydi. K. Popper esa Platonni totalitarizmning
ilk nazariyotchisi deb ataydi. Chunki, Platon ta’limoti shaxs, inson ustidan dav­
latning total (to‘la) nazoratini himoya qiladi.
40


katta ta ’sir ko'rsatgan. Lekin Qadimgi Gretsiyadagi siyosiy- 
huquqiy tafakkurda ijtimoiy-siyosiy masalalarga katta e’tibor us- 
tuvorlik qilgan bo‘lsa, Qadimgi Rim siyosiy-huquqiy qarashla- 
rida huquqiy jihat ustunlik qilgan. Greklarda davlat va huquq 
masalalari bilan faylasuflar, rimliklarda esa amaliy tajribaga ega 
bo‘lgan huquqshunoslar shug'ullangan.
Rim huquqshunosligi hokimiyat, mansabdor shaxs va uning 
vakolatlari, fuqarolik kabi siyosiy kategoriyalami ishlab chiqishda, 
umumiy huquq nazariyasi va davlat huquqini rivojlantirishda 
katta yutuqlarga erishdi.
Qadimgi Rim siyosiy va huquqiy ta ’limotlari tarixi Mark 
Tuliy Sitseron (mil. av. 106 — mil. 43), Ulpian, Modestin (I— 
III asrlar) nomlari bilan bog‘liq. Mashhur notiq va davlat arbo- 
bi Sitseron «Davlat to ‘g ‘risida», «Q onunlar to 'g ^ isid a» , 
«Majburiyatlar to ‘g‘risida» kabi asarlarida huquqiy davlatning 
ildizlari haqidagi ta ’limotni yaratdi. Uning fikricha, dastlab 
insonning tabiiy huquqlari, keyin esa davlat va uning qonunlari 
vujudga kelgan. Huquqshunos va tajribali m a’m ur sifatida 
Sitseron davlatni qonunlar jamiyati deb biladi va odamlar boylik, 
qobiliyat jihatidan teng bo‘lmasalar-da, lekin barchalari qonun 
oldida teng b o ‘lishlari lozim , deydi. U m um an, Sitseron 
davlatning paydo bo‘lishini tabiatda mavjud bo‘lgan adolat va 
huquqning 
r o ‘y o b g a
chiqishidan iborat, deb tushunadi.
Sitseronning qarashlarida uchraydigan «xalq» va «olomon» 
tushunchalariga berilgan ta ’riflar yanada qiziqarlidir. Xalqqa 
umumiy huquq va foyda asosida birlashgan kishilar, olomonga 
esa hurmatga loyiq bo‘lmagan, davlatga zarar keltirishga, isyonlar 
qilishga moyil kuch sifatida qaraydi. Davlat boshqaruvining uch 
shaklini — podsholik, optimatlar (aristokratlar hokimiyati) va 
xalq hokimiyati (demokratiya)ning har biridagi ijobiy jihatlami 
tahlil qilib, davlatni boshqarishning aralash shaklini m a’qul 
ko‘radi.
Sitseron nutqlari notiqlik san’atining haqiqiy durdonalari 
sanaladi. Shu bois huquqshunos bo‘lishni maqsad qilgan har bir 
talaba, tinglovchi Rim senati «Vatanning otasi» deya ulug‘lagan 
bu m utafakkirning ilm iy-am aliy m erosidan ko‘p narsani 
o ‘iiganishi mumkin. Shu o'rinda Sitseronning quyidagi fikrini


keltiramiz: «Siyosiy fanni tushunmasdan, unga oid bilimlarni 
puxta egallamasdan turib senatda davlat ishlari yoxud xalq oldida 
muayyan qonunni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qanday 
qilib nutq so‘zlash mumkin? Faylasuflarning inson xarakteri va 
xususiyatlari to ‘g‘risidagi bilimlarini chuqur o ‘rganmay turib, 
tinglovchilar qalbiga yo‘l topuvchi nutqni irod etish mumkin- 
mi?»1
Darhaqiqat, ushbu fikr hozir ham o ‘z ahamiyatini zarracha 
yo‘qotgani yo‘q.
Shunday qilib, siyosiy-huquqiy ta ’limotlarning kelib chiqi- 
shi antik davrlarga borib taqaladi. Antik davr mutafakkirlari- 
ning siyosiy qarashlarida davlat qurilishi va boshqaruvi, ichki va 
tashqi siyosat, xalqaro munosabatlar, urush va tinchlik, tinch- 
totuv yashash, xalq harakatlari, jamiyatdagi ijtimoiy tabaqala- 
nish kabi ko‘plab siyosiy masalalar to ‘g‘risida muhim fikrlar 
ilgari surilgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish