Siyosatshunoslik


Qadimgi Gretsiya va Rimdagi ijtimoiy-siyosiy g‘oya!ar


bet19/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Qadimgi Gretsiya va Rimdagi ijtimoiy-siyosiy g‘oya!ar. 
Dast- 
labki siyosiy g‘oyalar Sharqda paydo bo‘lganligiga qaramay 
G ‘arbda, xususan, Qadimgi Gretsiya va Rimda tom m a’noda 
ilmiy shaklga yaqinlashdi. Siyosiy fikr afsona va rivoyatlar qobig‘i- 
dan chiqib, inson, jamiyat masalalarini ilmiy-falsafly talqin 
qilishga intildi. Buning boisi shuki, Qadimgi Gretsiyada xudo- 
larga Sharq submadaniyatlaridagi kabi insonlardan ustun tu- 
ruvchi, jamiyatga o ‘z irodasini o‘tkazuvchi mutlaq kuch va 
haqiqat deb qarash emas, balki nisbatan erkin munosabat 
shakllangan edi.
Qadimgi Gretsiya va Rimda xudolar inson qiyofasida ta- 
saw u r qilingan. Bu esa xudolar to ‘g‘risida mulohazalarda 
birmuncha erkinlikni keltirib chiqargan. Qadimgi greklar davlat 
va xudolami bir butun, yaxlit tasawur etishgan. Ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy hayotdagi turli muammolar ulami dunyoviy fikr-mulohaza 
yuritishga undagan. Shu bois aynan Qadimgi Gretsiyada hozirgi
1 Антология мировой политической мысли: В 5 т. Т.1. - М., 1997. - С. 53 /
/ Ирхин В.Д., Зотов В.Д., Зотова Л.В. Политология. — М., 2000. — С. 40
36


G ‘arb sivilizatsiyasining ilk kurtaklari vujudga kelib, dunyoviy 
bilimlaming taraqqiyotiga yo‘l ochilgan. Xususan, inson erkin- 
ligining ko'rsatkichi — demokratiya haqidagi tasawurlar mifo- 
logiya va din o ‘miga aniq dunyoviy bilimlaming rivojiga yo‘l 
ochgan.
Biroq adolat yuzasidan shuni qayd etish lozimki, antik G ‘arb 
madaniyatidagi inson hurfikrliligi va ijtimoiy turmushdagi 
demokratik tartib kelib chiqishi ilohiy deya qaralgan davlat 
manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. Davlatga ilohiy xususiyat 
bag‘ishlab, uni shaxs va jamoa manfaatlaridan ustun qo‘yish 
an’anasi aynan o ‘sha davrlarda kelib chiqqan. Shu bilan birga 
Qadimgi Gretsiya va Rim mutafakkirlaridan Platon, Aristotel, 
Sitseron va boshqalaming kishilik ijtimoiy hayotini tashkil etishda 
davlatga eng zarur ijtimoiy institut sifatida qarashlari bugungi 
kun uchun ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligini qayd etishi- 
miz zarur.
Davlat va uning boshqaruv shakllari, usullari haqida dast- 
lab Suqrot, uning shogirdi Platon, undan so‘ng Aristotel yarat- 
gan g‘oyalar diqqatga sazovordir.
Platonning (mil. av. 427—347) siyosiy-huquqiy qarashlariga 
dastlab ustozi Suqrotning ratsional falsafasi katta ta ’sir ko‘rsat- 
gan bo‘lsa-da, keyinchalik u obyektiv idealizm tarafdori va 
ifodachisiga aylandi. Bu ruh uning «Davlat», «Siyosatchi», «So- 
fist», «Parmenid» va «Qonunlar» kabi asarlarida ilgari surilgan 
ikki dunyo to ‘g‘risidagi qarashlarida yaqqol seziladi. Uningcha, 
g‘oyalar dunyosi haqiqiy borliq bo‘lib, mutlaq va abadiydir. 
Insonning o'zgaruvchan dunyosi real, hayotdagi narsa va 
hodisalar esa g‘oyalar dunyosining buzilgan ifodasidir.
0 ‘zining «Qonunlar» asarida ideal davlatning sof ratsional 
andozasini nazariy jihatdan asoslashga intilgan Platonning 
fikricha, inson tabiati uch asosiy elementdan tarkib topgan: aqliy, 
jangarilik va yaratuvchilik. Shunga muvofiq ideal davlat ijtimoiy 
tuzilish jihatidan uch asosiy toifani o‘z ichiga oladi. Donolikka 
salohiyati b o ‘lgan faylasuflar hukm dorlik qilib, davlatni 
boshqaradilar, jangarilikka moyil bo'lgan jangchilar mudofaa 
bilan, yaratuvchilik egalari — dehqon va hunarm andlar esa 
moddiy n e’matlami ishlab chiqarish bilan band bo ‘ladilar. Fay-
37


lasuflar va jangchilar Platon orzu qilgan davlatda xususiy mulkka 
ega bo'lmasliklari lozim, chunki bu hoi ularning o ‘z vazifalari­
ni, burchlarini suiiste’mol qilishlari xavfini tug‘diradi.
Platon davlat shakllarining uch turini: timokratiya (harbiy- 
lar hokimiyati), oligarxiya (oz sonli quldorlar hokimiyati), de- 
mokratiya (xalq hokimiyati)ni buzilgan, noto‘g‘ri shakllar deb, 
monarxiya va aristokratiyaning boshqaruvini esa m a’qul bosh- 
qaruv deb hisoblaydi. Qullar mehnatini aristokratik yoki mo- 
narxiyaga asoslangan davlatning zarur sharti deb biladi. De- 
mokratiyaning mohiyatini to ‘liq tushunmagan va unga nisbatan 
butunlay salbiy munosabatda bo‘lgan Platon faqat bilimdon 
odamlargina davlatni boshqarishlari mumkin, deb hisoblaydi. 
Uning fikricha, demokratiya ommaning hukmronligi bo‘lib, u 
oxir-oqibatda ko‘pchilikni ezishga olib keladi. Barcha odamlar 
tabiatan bir-birlariga teng emaslar, demokratiya ham bunday 
tenglikni ta’minlay olmaydi, shuning uchun davlatni dono va 
aqlli faylasuf olimlar boshqarishi zarur, degan g‘oyani ilgari su- 
radi. Davlatning kelib chiqishini ijtimoiy ehtiyojga bog‘lagan 
holda «Davlat — har birimiz o'zimizni qondira olmaganimiz 
holda juda ko‘p ehtiyojlarga muhtojligimizdan kelib chiqadi. 
Har bir inson biror-bir ehtiyojini qondirish uchun yo unisini, 
yo bunisini jalb qiladi. Ko‘p narsaga muhtojlik sezgan odamlar 
birgalikda yashash va bir-birlariga yordam berish uchun 
birlashadilar. Ana shunday uyushma bizlarda davlat nomini 
oladi», deydi Platon. Ushbu davlatda har bir inson o‘z tabiatida 
ustunlik qiluvchi xususiyatlarga ko‘ra mehnat taqsimotida o cz 
vazifasini bajaradi. Demokratik tuzum doirasida inson istagan 
ishini qilishi mumkin, deya fikrlagan Platon bunday tuzumga 
qarshi chiqadi.
Suqrotning vafotidan keyin Gretsiyani tark etib, Egey den- 
gizi atrofidagi mamlakatlarda, jumladan, Qadimgi Misr va ja- 
nubiy Italiyada kechgan 12 yillik musofirlikdan so‘ng Afinaga 
qaytgan Platon bu yerda qadimgi grek qahramoni Akadem nomi 
bilan atalgan Akademiyaga asos soladi. Deyarli ming yil faoliyat 
ko'rsatgan Platon Akademiyasida falsafa, mantiq va etikaga oid 
qator m uam m olar xususida uzoq davom etuvchi bahs — 
munozaralar bo‘lib o £tgan.
38


Platonning ideal davlat to ‘g‘risidagi nazariyasi uning mash- 
hur shogirdi, A. Makedonskiyning ustozi, Sharqda «birinchi 
muallim» nomi bilan tanilgan Aristotel (mil. av. 384—322) to­
monidan keskin tanqidga uchradi. Jamiyatdagi sinfiy tabaqala- 
nish va davlatning kelib chiqishini mutlaq, ilohiy g‘oya bilan 
bog‘lagan Platonga qarama-qarshi o ‘laroq Aristotel inson salo- 
hiyatiga ko‘proq e’tibor bilan qaradi. Bu hoi Platon va Aristotel 
ta ’iimotlari o'rtasida muayyan tafovutlami, qarama-qarshilik- 
lam i keltirib chiqardi. Jumladan, «Siyosat», «Etika», «Ritori- 
ka», «Afina politiyasi» kabi asarlarida Gretsiya va uning atrofi- 
dagi 158 shahar-polislar hayotini kuzatish asosida Aristotel real 
hayotdagi o ‘zgarishlarning o ‘z ichki ziddiyatlari asosida sodir 
bo‘lishini ta ’kidladi va bu fikrlari bilan ustozidan ijobiy jihatdan 
o ‘zib ketdi. Bu holni izohlar ekan «Platon mening do‘stim, 
lekin haqiqat undan ustunroqdir», degan edi Aristotel.
Aristotel «Inson o ‘z tabiatiga ko‘ra siyosiy mavjudotdir», 
degan fikmi ilgari surib, unga adolat va adolatsizlikning farqini 
anglaydigan yagona mavjudot sifatida qaraydi. Davlatning nisbiy 
yaxlitligini m a’qullab, uning m aqsadi ham m a fuqarolarga 
farovonlik ulashishdir, deb hisoblaydi.
Aristotel Platonga zid ravishda xususiy mulkni himoya qilar 
ekan, shaxsiy manfaatdorlik va xususiy mulkka ega bo‘lish in- 
songa huzur bag£ishlaydi, har kim o ‘z ishi bilan band bo‘ladi, 
bu o ‘z navbatida taraqqiyotni tezlashtiradi, deb biladi. Muta- 
fakkir fikricha, boylikka bunday munosabat xudbinlik emas, balki 
o ‘z-o‘zini hurmat qilishga hamda o ‘z imkoniyatlarini ro‘yobga 
chiqarishga yordam beradi.
Davlat shakllarini kim tomonidan (yakka shaxs, nisbatan 
ozchilik, hamma) yoki qanday maqsadda (umummanfaati yoki 
shaxsiy manfaat) amalga oshirilishiga qarab to ‘g‘ri va noto‘g‘ri 
shakllarga bo'ladi.
Davlatning to ‘g‘ri shakllariga monarxiya (bir kishi), aris- 
tokratiya (ozchilik) va politiya (ko'pchilik boshqaruvi)ni; no- 
to‘g‘ri shakllariga esa tiraniya (mustabidlik), oligaraya (oz sonli 
boylar boshqaruvi) va demokratiyani kiritadi. Shu hoi diqqatga 
sazovorki, Aristotel ta ’limotida hozirgi zamon siyosiy fanida 
keng ishlab chiqilayotgan nazariyalaming kurtaklarini uchrata-
39


miz. Masalan, Aristotelning «Qaysi hokimiyat afzalroq: barka- 
mol insonlar hokimiyatimi yoki barkamol qonunlar hokimiya- 
timi?» degan savoliga e’tibor beraylik. XVII asr mutafakkiri Sh.L. 
Monteskyo ushbu savolga «Barkamol qonunlar hokimiyati af­
zalroq», deb javob beradi va jamiyatda qonun oldida barcha 
insonlaming tengligi, qonunlaming o‘zi esa butun jamiyat man- 
faatlaridan kelib chiqib yaratilishi lozimligi prinsipini ilgari su- 
radi. Aristotel kun tartibiga qo‘ygan savol oradan yigirma to £rt 
asr o ‘tgach, hozirgi zamon rivojlangan mamlakatlarining de- 
mokratiyalari timsolida o ‘z amaliy yechimini topmoqda.
Aristotel davlat tuzilishining asosini uch qismga bo‘ladi:
— 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish