Siyosatshunoslik


partiyasi, Gollandiyadagi xristian demokratik ittifoqi partiyasi


bet168/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T


partiyasi, Gollandiyadagi xristian demokratik ittifoqi partiyasi 
hukmron siyosiy partiya darajasigacha ko'tarildi.
Jahon dinlari qatoriga kiruvchi eng yosh din islom bo‘lib, 
milodning VII asrida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan. 
Bu dinning asoschisi — Muhammad payg‘ambar tarixiy shaxs 
bo‘lib, 570—632-yillarda yashab o ‘tgan. Hozirgi paytda islomga 
e’tiqod qiluvchi 1,2 milliard aholi dunyoning 120 mamlakatida 
istiqomat qiladi. Osiyo va Afrikaning 52 mamlakatida islom 
dini davlatning mafkuraviy asosi deb e’lon qilingan.
Islomda uch yo‘nalish — sunniylik, xorijiylik va shialik 
shakllangan bo‘lib, 92 foizni tashkil etuvchi sunniylar to ‘rt maz- 
habga bo‘lingandir. Jumladan, hanafiylar 47 foiz bo‘lib, Indo- 
neziyadan, janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlaridan to Turkiya-
lIzoh:
«Gautama» — urug'ning nomi, «Siddixartxa» —har qanday ishda mukam-
mallikka erishgan degan ma’noni anglatadi.
229


gacha; shofeiylar 27 foiz bo‘lib, shimoli-sharqiy Afrikada; mo- 
likiylar 17 foizbo‘lib, shimoli-g‘arbiy Afrikada; hanbaliylar 1,5 
foiz bo‘lib, Saudiya Arabistonida istiqomat qilishadi.
Islom dinida shariat muhim o‘rin tutadi. Shariat axloqiy, 
huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qonun-qoidalar majmui bo‘lib, 
uning asosiy manbayi Qur’ondir.
Siyosatning diniylashuv va dinning siyosiylashuvi mohiyati.
Hozirgi jamiyatda siyosat va din o'rtasidagi munosabatlar mo- 
hiyatini tushunib olmoq uchun, awalo, dunyoviy taraqqiyot 
yo‘li va din bir-biriga qanchalik muvofiq kelishini tarixga qisqacha 
bir nazar tashlash orqali ко‘rib chiqish zarur.
Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi davomida siyosat va 
din o ‘rtasida murakkab, lekin barqaror aloqadorlik vujudga kel­
gan. Siyosat va din o‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlaming uzoq 
yillik tarixi siyosatning diniylashuv yoki aksincha, dinning siyo- 
siylashuv davrlari ko‘p marta ro‘y berganligidan dalolat beradi. 
Bunday jarayonlar muayyan ma’noda hozirgi zamonda, xusu- 
san, Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarda ham ko‘zga tash- 
lanmoqda.
Aslida, tarixga murojaat qilinsa, antik zamonlardayoq siyo- 
satchilar Yevropada ommaga ta ’sir ko‘rsatishning eng faol vosi- 
tasi sifatida xristianlik aqidalaridan foydalanib, cherkovni siyosat 
qu ro lig a a y la n tirg a n lik la ri m a ’lum b o ‘lad i. In so n iy a t 
sivilizatsiyasining keyingi bosqichi — o ‘rta asrlarda jahonning 
ikki yirik dini — islom va xristianlik siyosat va siyosatchilarga 
shu darajada kuchli ta’sir etdiki, natijada bu dinlar G ‘arbda va 
Sharqda barcha davlatlar ustidagi «davlat»ga aylandilar. Biroq 
Yevropadagi reformatsiya, monarxiya rejimlari siyosiy ehtiyoj- 
larini qondirish borasida cherkov mavqeyining asta-sekin so‘nib 
borishi mutlaq siyosiy hokimiyatning mustahkamlanishiga, oxir- 
oqibatda esa xristian cherkovining siyosatga nisbatan ta ’sirining 
sinishiga olib keldi. Feodal tartiblarga qarshi inqiloblar va undan 
keyingi siyosiy jarayonlarda diniy aqidalar yakka hukmronligidan 
uzoqlashgan Yevropa tafakkuri bozor munosabatlari erkinligi, 
dunyoviy ta ’lim va texnik taraqqiyot sari jadal yuzlandi. Jamiyat 
mutlaq hukmronlik boshqaruvini rad etib, antik demokratiyaning 
ayrim shakllaridan ijodiy ravishda foydalanishga kirishdi. Yangi
230


davr Yevropasida hokimiyatning cherkovdan uzoqlashuvi indi- 
vidning insoniy qadr-qimmati haqidagi masalani kun tartibiga 
qo‘ydi. Bu esa hukmdor suverenitetidan xalq suverenitetiga 
o ‘tishni tezlashtirib, turli dunyoviy mafkuralar, jum ladan, 
liberalizm hamda liberal siyosiy tizimlarni yaratdi.
Yevropada to ‘plangan tajriba, dinni dunyoviy, davlatga oid 
ishlardan ajratish dahriy davlat va axloqsiz jamiyat qurishga 
olib keladi, degan da’volarning mutlaqo asossiz va tuturuqsiz 
ekanligiga zarracha shubha qoldirmaydi. Mazkur qit’aning du­
nyoviy, demokratik davlatlari o ‘z fuqarolariga to ‘laqonli vij- 
don erkinligini, birinchi navbatda inson huquqlarining asosiy 
tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan e ’tiqod erkinligini namunali 
tarzda ta ’minlagani e’tiroz bildirilmaydigan hayotiy voqelikka 
aylandi. Ammo bu jarayonlar Yevropadagi davlat va din mu- 
nosabatlari tarixiga oid ekanligini nazardan soqit qilmasligi- 
miz kerak.
Sharqda esa IX—XII asrlarda o ‘z mavqeyini yanada mus- 
tahkamlashga muvaffaq bo'lgan islom dini siyosatni o ‘ziga tobe 
etibgina qolmay, u bilan uyg'unlashib ham ketdiki, bu hoi bu 
yerdagi siyosiy rejimlami zaiflashtirish u yoqda tursin, aksincha, 
ulaming sezilarli darajada mustahkamlanishiga, jamiyatning jips- 
lashuviga, fan va madaniyatning gullab-yashnashiga yordam berdi 
va shu bilan birga Sharq Uyg‘onishining tamal toshi qo‘yilishiga 
imkon tug‘dirdi. Islom vujudga kelgan davrda din siyosatdan, 
huquqdan, falsafadan ajralmagan holda edi. Ijtimoiy taraqqi- 
yotning muayyan bosqichida siyosat bilan din o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik davom etaverdi. Ba’zan bu aloqadorlik kuchaydi, ba’- 
zan bir qadar susaydi. Ammo dinning siyosatga ta ’siri hech 
qachon batam om yo‘qolmadi. Islom faqatgina din b o iib
qolmasdan, balki yaratuvchilik harakati, taraqqiyot ta ’limoti, 
shuningdek, jamiyatni jipslashtirish vositasi bo‘lib keldi.
Biroq adolat nuqtayi nazaridan tan olish kerakki, islomning 
musulmon Sharqi siyosiy hayotida keyinchalik ham yakkaho- 
kimlikni saqlab qolishga intilishi bu yerda ilmiy-texnik taraqqi- 
yotga to ‘siq bo‘lib qoldi, uning jamiyat siyosiy va m a’naviy 
hayotidagi bosimi davom etdi. (Masalan, Imom G ‘azzoliyning 
Forobiy va Ibn Sinolar dunyoviy falsafasini keskin rad etishi
231


yoki mutaassib ulamolar fatvosi bilan Ulug'bekning o ‘z o‘g‘li 
Abdullatif tomonidan qatl etilishi va h.k.)
Lekin ba’zi mualliflar mintaqamiz tarixida islom va davlat 
o'rtasida kechgan munosabatlami bir qadar boshqacha tahlil 
etish tarafdoridir. Ulaming fikricha, Markaziy Osiyo jamiyati 
hayotini tashkil etishda dinning, aynan esa — islomning roli 
doimo muhim bo'lib qolganiga qaramay, u hech qachon 
hukmron bo'lmagan. Markaziy Osiyo Uyg'onish davri va undan 
keyingi zam onlarda jam iy atn i b o sh q arish m asalalarida 
dunyoviylikka moyil siyosiy kuchlarning o ‘rni va ahamiyati 
muntazam mustahkamlanib borgan hamda diniy doiralar ta ’sir 
faoliyati sohasi sof ma’naviy-axloqiy tabiatga ega masalalargacha 
torayib borgan1.
Demak, davlat va jamiyat hayotida taraqqiyot talablariga 
to‘la javob bera olmayotgan islomiy mafkuraga muqobil dunyoviy 
mafkuraga ehtiyoj asta-sekinlik bilan shakllana boshlagan. 
Bunday dunyoviy mafkura sifatida keyinroq jadidchilikning 
maydonga chiqqani fikrimizni isbotlaydi. Xuddi shu davrda 
Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi islomning 
o‘mi va rolining jiddiy o‘zgarishiga ham olib keldi: istilochilar 
islomni ijtimoiy-siyosiy hayotdan imkon qadar ehtiyotkorlik bilan 
siqib chiqarishga harakat qildilar. Bunda birinchidan, musul- 
mon ruhoniylami inkor etib, ulami ijtimoiy hayotdan asta-sekin 
siqib chiqarish, ikkinchidan, ulaming moddiy-iqtisodiy zaminini 
yemirishni ko‘zlagan vaqf mulklarini qisqartirishga qaratilgan 
tadbirlardan iborat usullardan foydalanildi.
M a’rifat va milliy mustaqillik bayrog‘i ostida XIX asr oxiri 
XX asr boshlarida shakllangan jadidchilik mafkurasi esa «ilmiy 
sotsializm» tug'diigan lenincha fundamentalizm va uning bevosita 
natijasi bo‘lgan Stalin rejimi zug‘umlari ostida o‘z takomiliga 
yetmagan holda qolib ketdi. Jamiyat hayotida dinning har qanday 
rolini kamaytirishga intilish sho‘rolar davrining dinga nisbatan 
davlat siyosatidagi asosiy xususiyat bo‘lib qoldi. Bu siyosat jangari 
ateistik usullar ishlatish, ruhoniylar va diniy muassasalarga qarshi 
keng ko‘lamli hujumlar uyushtirish, dinning ijobiy salohiyatini

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish