2.9 To’qqizinchi fasl
(DAVLAT MASHRIFLARI VA ULARNING MAOSHLARI HAQIDA)
Ishonchli kishilarnigina ashroflikka tayinlaydilar, chunki ular saroy sirlaridan doimo xabardor bo’lib, lozim bo’lgan paytdagina aytib beradilar. Ular ishonchli va to’g’ri so’z kishilarni davlat mol-mulkini muhofaza qilish uchun shahar va nohiyalarga noib sifatida yoboradilar. Ashroflar o’z bilimlari va martabalariga ko’ra maosh olishlari kerak. Ularning oylik xarajatlari va maoshlarini raiyat hisobidan emas, balki xazinadan berishlari lozim, shunda xalq boshiga ranj-u azob tushmaydi, ashrof va noiblarning hojatlari xiyonatga va pora olishga tushmaydi, zero, rostlig-u halollikdan topilgan mol-u davlat ularga kifoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |