2.19 O’n to’qqizinchi fasl
(SHAXSIY SOQCHILAR VA ULARNING MAOSHLARI, AHVOL VA ISHLARINING TARTIBI HAQIDA)
Saroyda mufrad (shaxsiy, xos soqchi)lar degan hushyor, qaddi-qomati kelishgan, mard va jasur ikki yuz yigitdan iborat maxsus soqchilar va posbonlar bo’lishi shart. Ulardan yuztasi xurosonlik va yuz nafari daylamiy bo’lgani ma’qul. Safar-u yurishlarda hamisha saroy xizmatida bo’lishlari hamda yaxshi kiyingan, yaxshi qurollangan bo’lishlari zarur. Maxsus soqchilardan yigirmatasi oltindan bezak berilgan qurol va qalqon bilan, qolgan bir yuz saksontasi kumush bilan bezatilgan qurol va uzun nayzalar bilan qurollanishi kerak. Ularning ta’minotidan xabar olish uchun har ellik yigitga bir naqib tayinlanadi. Hammalari o’z otlariga ega bo’lishlari zarur, toki muhim holatlarda kerakli narsalarda benasib qolmasinlar. Saroyda doim to’rt ming nafar piyoda askar amirlari bilan hozir-u nozir bo’lishlari shart. Ulardan ming kishi podshohning xos askarlari, uch ming nafari amirlar va lashkarboshilarga tobe bo’lib, zarurat sezilgandagina, ulardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |