2.11 O’n birinchi fasl
(SAROYDAN YUBORILADIGAN OLIY FARMON, BUYRUQLAR HAMDA ULARNING IJRO ETILISHI XUSUSIDA)
Agar shoh saroyidan tez-tez farmon yozilib yubortirib turilsa, unga hurmat ham shuncha kam bo’ladi. Xulosa bundog’kim, zarurat bo’lmasa, Oliy majlisdan hech nima yozilmaydi. Farmonni hurmati va kuch-quvvati shunday bo’lishi kerakki, ijro etilmaguncha uni hech kim qo’lidan qo’yishi kerak emas. Agarda biror kishining farmonga salbiy munosabati ma’lum bo’lsa yo uning ijrosi cho’zilib ketganligi to’g’risida xabar yetsa, unday kishiga, agar u yaqinlaridan bo’lsa ham, jazo beriladi. Podshoh amri albatta ijro etilishi va unga jiddiy munosabatda bo’linishi bilan boshqalaridan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |