Siyob abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


MAVZU: SIYDIK ORGANLARINING BUYRAKLAR SIYDIK YO'LLARI VA QOVUKNING KASALLIKLARI, MOHIYATI, SABABLARI, OLDINI OLISH CHORALARI. DIUREZ PATALOGIK DIURUZ XAQIDA TUSHUNCHA



Download 4,68 Mb.
bet12/29
Sana08.04.2022
Hajmi4,68 Mb.
#537477
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
ANATOMIYA FANIDAN SIYDIK AYIRISH VA REPRODUKTIV ORGANLAR

MAVZU: SIYDIK ORGANLARINING BUYRAKLAR SIYDIK YO'LLARI VA QOVUKNING KASALLIKLARI, MOHIYATI, SABABLARI, OLDINI OLISH CHORALARI. DIUREZ PATALOGIK DIURUZ XAQIDA TUSHUNCHA.
Buyrak taoliyati o'zgarib siydik ajralishi kamayishi (oliguriya) yoki to'xtab qolishi (anuriya) mumkin. Oliguriya va anuriya siydik yo'llarida toshlarining bo'lishi yoki o'smalar tufayli ulaming teshiklari siqilib qolishi, prostate bezining gipertrofiyasi orqali rivojlanadi. Anuriya buyrak koptokchalarining yallig'lanishidan ham bo'ladi.
Siydik ajralishining ko'payishi (poluriya) buyraklar yallig' lanishida, skleroz rivojlanganda kuzatiladi. Buyrak kasaliklarida, modda almashinuvi buzilganda, odam uzoq muddat oyoqda turganda siydikda oqsil paydo bo'ladi. Buyrak faoliyatining (distrofik o'zgarishlari) susayishida qonda albumin miqdori kamayadi, mochevina miqdori esa keskin ko'payadi.
Nefrozlar - buyrakdagi turli distrofik o'zgarishlarda ko'plab siydik oqsillari ajraladi, xloridlar esa, aksincha, ushlanib qoladi. Nefro'zlar turlicha bo'ladi.
Buyrakda siydik hosil bo’lishi
Kapsuladagi birlamchi siydik kalavasimon kanalchalarga o’tadi. Bu kanalchalarning dеvori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalarning hammasi, suv va minеral tuzlarning ko’p qismi, ya'ni 98, 5 - 99, 0 % i vеna tomirlariga qayta so’riladi. Bunga rеabsorbtsiya jarayoni dеyilib, bu siydik hosil bo’lishining ikkinchi davri hisoblanadi. Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik dеyilib, uning tarkibida moddalar almashinuvi natijasida to’qimalarda hosil bo’lgan qoldiq azot, mochеvina, krеatinin kabi chiqindi moddalar, ma'lum miqdorda tuzlar va suv bo’ladi. Katta odamda bir kеcha kunduzda o’rtacha 100 l birlamchi siydik filtrlanib, uning 98, 5-99 l kalavasimon dеvori orqali qonga qayta so’riladi, qolgan 1-1, 5 l ikkilamchi siydik sifatida tashqariga ajratiladi.
Nekrotik nefroz yoki toksikoinfeksion shikastlanish o'tkir rivojlanib, umumiy intoksikatsiya-kuyish, turli zaharlaming ta'siri va shoklarda kuzatiladi. Bunda asosan buralma naychalar distrofik o'zgarishlarga uchrab, buyrakning po'stloq qavatida nekroz rivojlanadi. Shokda arteriya qon bosimining pasayishi, buyraklar po'stloq qavati qon tomirlarining spazmiga sabab bo'ladi. Natijada po'stloq qavatda ishemiya (o'tkir kamqonlik) rivojlanadi. Miya qavati esa qonga to'ladi. Po'stloq qavat ishemiyasi distrofik o'zgarishlar va nekrozni rivojlantiradi.
Nekrotik nefrozda anuriya, azotemiya bo'lib, qon bosimi ko'tarilishi mumkin.
Amiloid nefroz - oqsil moddalar almashinuvining buzilishidan rivojlanadi. Bunda buyrak koptokchalari va siydik ajratish kanalchalarida, qon tomir devorlarida amiloid to'planadi. Kasallik surunkali silda, yiringli jarayonlarda, o'pka kasal liklarida uchraydi. Amiloid nekrozda siydik chiqarish naychalar epiteliysi yog'li distrofiyaga uchraydi. Natijada ko'plab oqsil yo'qolib, proteuriya va shishlar rivojlanib, buyraklar hajmi kattalashadi. Bunday buyrak kesilganda yog'li yaltiroq tusda (lipoid nefroz) bo'lib ko'plab suyuqlik oqadi.
Nefritlar - buyrak yallig'lanishi bo'lib, ulaming orasida glomerulonefrit muhim ahamiyatga egadir. Diffuz glomerolunefritda koptokchalar qon tomirlarida (odatda, ikkala buyrakda) yallig'lanish rivojlanadi. Bundan proteinuriya, gematuriya va shishlar paydo bo'ladi. Bundan tashqari, azotemiya va (og'ir hollarda) uremiya kuzatiladi. Glomerulonefrit ko'proq pnevmoniya, angina, skarlatina kabi kasalliklar va haddan tashqari sovuq qotish oqibatida rivojlanadi. Bu paytda organizmdagi mikroblaming faolligi oshishi nefritni rivojlantiradi. Kasallikda buyrakda qon aylanishi buziladi. Koptokchalar qon tomiri spazmi boshlanadi. Natijada buyrakda qon kamayib, oqibatda rennin ajralib, qon bosimini oshiradi. Keyinchalik Shumlyanskiy-Boumen kapsulasiga qon bilan fibrin, eritrotsitlar tushadi. Kapsula epiteliysi rivojlanib, o'sma paydo bo'ladi. Buyrak kanalchalarida esadistrofik o'zgarishlar rivojlanadi. Glomerulonefritlar ko'pincha o'tkir (ba'zida esa surunkali) bo'lib o'tadi. Bunda buyrak faoliyati buzilib, uremiya rivojlanadi. Surunkali formada jarayon asta-aekin rivojlanib, koptokchalarda atrofiya rivojlanib ular o'rnicha chandiqlar paydo bo'ladi. Natijada buyrak po'stlog'ida botoqchalar hosil bo'ladi.
Glomerulonefritlardan tashqari, oraliq (interstitsial), yiringli va o'choqli nefrit formalari ham bo'ladi.Nefritlar ko'pincha yuqumli kasaliklarda, yiringli jarayonlarda rivojlanib, gematuriya, proteinuriya bo'ladi, siydikda slindrlar uchraydi.
Nefrosirroz - buyrak to'qimalarining sklerozi tuayli ulaming bujmayishidir. Nefrosirroz ikki turli bo'ladi.
Birlamchi bujmaygan buyrakda buyrak arteriyalari sklerozi (nefrosirroz) rivojlanib, koptokchalar atrofiyasi kuzatiladi. Ikkilamchi bujmaygan buyrak surunkali glomerulonefritdan rivojlanadi. Bunday buyrak parenximasida chandiqlar hosil bo'ladi. Nefrosirrozning ikkala turida ham buvrak funksivasi vetishmasliaidan gipertoniva rivojlanadi.
Buyrak-tosh kasalligida buyrak tosh kattalashib, siydik yo'llarini berkitib, siyishni qiyinlashtiradi. Natijada piyelonefrit va gidronefroz kuzatiladi. Buyrak parenximasida atrofiya rivojlnib (tosh ikkala buyrakda bo'Isa) buyrak funksiyasining yetishmasligi kuzatiladi.
Buyrak kasal1iklarida (skleroz glomerulonefrit) kuzatiladi. Bunda buyrak o'zidan rennin modda ajratib, qonga quyadi. Natijada renin qon tomirlar devorini spazm qilib, gipertoniya chiqaradi. Renin aslida buyrakda qon bosimini boshqarib turadi. Buyrakda qon bosimi pasayib, qon aylanishi buzilganda undan rennin ajralishi ko'payadi, qon tomirlar devorini spazm qilib, qon bosimini oshiradi. Bulardan tashqari, nervlar faoliyatining buzilishi ham gipertoniya kuzatiladi.
Siydik pufagi devorida yallig'lanish (sistit) kuzatiladi. Sistit ko'pincha ayollarda turli yuqumli kasaliklar mikrobi ta'sirida rivojlanadi. Mikroblar siydik pufagiga siydik chiqarish yo'li orqali o'tadi. Bunda siydik pufagi shilliq qavati yallig'lanib bo'kadi. Keyinchalik yallig'lanish shilliq osti va muskul qavatlariga o'tib, u yerda yiringlanish jarayonlari kuzatiladi. Oxiri shilliq qavatlarda yaralar va nekrozlanish rivojlanadi. Nekroz bo'lgan joylardan qon oqadi.
O'smalar - ko'pincha sarcoma, papilloma va rakda kuzatiladi.
Sarkoma ko'pincha erkaklarda uchrab, o'pkaga, jigar va boshqa a'zolarga metastaz beradi. Papilloma siydik pufagi shilliq qavatida so'rg'ichsimon o'simtalar sifatida o'sadi. Bularning ko'pchiligi keyinchalik rakka aylanishi mumkin. Rak o'smalari asoslari keng bo'lgan o'simtalar bo'lib, ularda yaralar paydo bo'ladi. Yaralarda keyinchalik nekroz rivojlanadi. Rak ko'pincha siydik pufagining uchburchak va chiqarish qismida kuztiladi. Bunda siydik pufagining devoir haddan tashqari qalinlashadi. Siydik chiqarish teshigi shilliq siydik tutub qoladi. Siydik pufagi raki ko'proq tos bo'shlig'idagi a'zolarga metastaz beradi.

  1. Anuriya - siydik ajralmasligi.

  2. Poliuriya - siydikning patologik ko'p ajralishi.

  3. Prateinuriya - siydikda oqsil paydo bo'lishi.

  4. Gematuriya - siydikda qon paydo bo'lishi.

  5. Gemoglabinuriya - gemoglabinning siydikda paydo bo'lishi.

  6. Piuriya - siydikda yiring paydo bo'lishi.

  7. Slindruriya - siydikda silindr oqsillari paydo bo'lishi.

  8. Diurez - kechasi siydik tuta olmaslik.

  9. Sistit - qovuq devorining yallig'lanishi.

NIMA UCHUN” usuli uchun ekspert varag’i:



Nima uchun Buyraklarda kasalliklar paydo bo’ldi?





Nima uchun? Nima uchun? Nima uchun?

Nima uchun? Nima uchun?







5-Ilova



Toifalash sharxini tuzish qoidasi:

  1. Toifalash bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.

  2. Bitta mini-guruhda toifalarga ajratish boshqa guruhda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.

  3. Ta’lim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo’yilgan toifalarni berish mumkin emas, bu ularning mustaqil tanlovi bo’la qolsin.



Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish