Sitoplazma mikronaychalari
Gialoplazmadagi mikronaychalar asosan sitoplazma hosilalari: nerv hujayralari, shaklini o'zgartiruvchi hujayralarda bo'ladi. Ularning vazifasi elastik lekin turg’un sitoskeletni hosil qilish.
Mikronaychalar mitoxondriya, pigment granulalari, plazmatik membrana, sekretor pufakchalar bilan bog’liq bo'lib, ularning harakatini amalga oshiradi. Tajribada mitoxondriyalarning harakati hujayraga kolxitsin ta'sir ettirganda to'xtagan.
Mavzu: YADRO
Mashg’ulotning ta'limiy maqsadi: talabalarga yadro va uning tarkibiy qismlari, yadro tashqi apparati, yadroning hujayra hayot faoliyatida tutgan o'rni haqida tushuncha berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: talabalarga yadroning irsiy axborotni saqlovchi markaz sifatidagi roli haqida tushuncha berish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarning yadroning tuzilishi va vazifasi haqidagi bilimlarini, darslik bilan mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |