Lamina (lot. lamina-“plastinka”) yoki pereferik zich plastinka kariolemmaning ichki membranasi ostida joylashib skelet oqsillardan tuzilgan. U yadro shaklini belgilab berib poralar kompleksi bilan aloqada bo'ladi.
Nazorat savollari :
1. Interfazadagi yadroning tarkibiy qismlariga nima kiradi?
2. Yadroning hujayra hayotidagi roli qanday?
3. Yadroning bo'linayotgan hujayradagi holati qanday?
4. Yadroning tashqi apparati, uning tuzilishi qanday?
5. Hujayra bo'linayotganda yadrochaning taqdiri qanday?
Mavzu: XROMATIN VA UNING FAOLIYATI
Mashg’ulotning ta'limiy maqsadi: talabalarga xromatinning funksional holatlari, xromatin oqsillari, DNK kompaktizatsiyasi (taxlanishi) haqida tushuncha berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: talabalarga xromosomalarning genetik materialni saqlovchi nozik tuzilmalar ekanligini va ularni sog’lom saqlash keyingi avlodlar rivoji garovi ekanligi haqida tushuncha berish orqali aqliy, axloqiy tarbiya berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |