Mikrofibrillalar ko'p hujayrali organizmlarning qisqaruvchi tuzilmalari-miofibrillalarni hosil qiladi. Skelet mushaklarida uchraydi. Yurak miofibrillari yo'l-yo'l bo'lib ko'ringani uchun (yo'llari ko'ndalang ko'rinishga ega bo'lgani uchun) ko'ndalang-targ’il deyiladi. Funksional birligi-sarkomer. Miofibrill mayda protofibrillardan iborat. Protofibrillarning ingichka iplari - aktin oqsilidan, yo’g’onlari miozin oqsilidan iborat. Tolalarning qisqarishi hisobiga muskul ish bajaradi. Silliq muskullarda ham aktin-miozin kompleksi bor, lekin sarkomerlar hosil qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |