Sentriolyar sikl
Hujayra sikli davomida sentriolalarning faolligi o'zgarib turadi. Mitoz vaqtida hujayra markazlarida ikkitadan diplosomalar joylashib, ularning biri ona ikkinchisi qiz sentriol. Qiz sentriol uchi ona sentriolga qaragan bo'ladi. Ona sentriol mitozning hamma fazasida maxsus ingichka fibrillalar zonasi bilan –fibriollyar galo bilan o'ralgan bo'ladi. Bu galodan mikronaychalar chiqadi. Qiz sentriolda galo ham mikronaychalar ham bo'lmaydi. Bo'linish dukini hosil qilishda asosan ona sentrioladan chiqqan mikronaychalar ishtirok etadi. Yangi mikronaychalar sentriolalarning o'zidan emas, ularning galo qismidan o'sib chiqadi. Sentriolalar bu mikronaychalarni polimerizatsiyasida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |