1. aktin, miozin, troponin, tropomiozin, nebulin. Miofibrillaning vazifasi qisqarish ekanligini hisobga olsak, uning tarkibidagi oqsillar funksiyasi anyan mushak tolasining qisqarishini ta’minlashga qaratilgan



Download 9,25 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi9,25 Kb.
#216856

14-mavzu

1. aktin, miozin, troponin, tropomiozin, nebulin. Miofibrillaning vazifasi qisqarish ekanligini hisobga olsak, uning tarkibidagi oqsillar funksiyasi anyan mushak tolasining qisqarishini ta’minlashga qaratilgan. Lekin bu jarayonda oqsillar qisqarmaydi balki miozin filamentlari boshchalari bilan aktin filamentlari yuzasida sirpanadi.

2. Miozin iplarining aktip bilan bog'lanishi miozin molekulasi boshchasining faqatgina burilishi bilan emas, balki uning ma’lum masofaga yaqin joylashgan aktin ipi tomon siljishi bilan boradi. Mushak 2 fazali funksiyasi (qisqarish-bo'shashish) Ca+2 ionlari miqdorining dinamikasiga bog'liq. Kalsiy konsentratsiyasi kamayganda erkin tropomiozin aktin faol markazini berkitadi va natijada aktomiozin hosil boiishiga to'sqinlik qiladi. Bu mushak bo'shashining asosiy sababidir. Ca+2 ionlari tarkibiga Ca-bog’lovchi oqsil - kalsikvestin kirgan sarkoplazmatik retikulum va T-sistema strukturalari bilan bogianishi natijasida bo'shashgan mushakda sarko'plazmada Ca+2 ionlarining konsentratsiyasi minimal (10-7M) bo'ladi. Hujayra ichidagi Ca miqdorining boshqarilishi ATFga bog'liq sarkoplazmatik retikulum amalga oshiradigan energiya talab etadigan transport sistemasi bilan bog'liq. U retikulumning Mg42- Ca42 ATFaza ta’sirida ATF parchalanishida ajralib chiqadigan energiya hisobiga boradi. Bu ferment faolligi Ca+2 ionlarining konsentratsiyasi 10-8-10-6 М bo’lganda namoyon bo'ladi3. mioglobin, glikoliz, oksidlanish ferment oqsillari. Kalsiy konsentratsiyasining mushak hujayralari ichida ortishi sarkoplazmatik retikulum va T-sistema membranasi orqali o'tkazilishini faollashtiradi va Ca ning depolanishi ortadi, aktomiozin kompleksining ATF-aza faolligi ingibirlanadi va statsionar holat vujudga keladi.

4. Skelet mushagida qator-muhim azot tutuvchi quyidagi ekstraktiv moddalar mavjuddir: adenil nukleotidlari (ATF, ADF, AMF), adenil qatoriga kirmaydigan nukleotidlar, kreatinfosfat, kreatin, kreatinin, karnozin, anzerin, erkin aminokislotalar va boshqalar. Kreatin va kreatinfosfat azotiga mushak oqsil bo'lmagan azotining 60% to'g'ri keladi. Ular mushak qisqarishi bilan bog'liq bo'lgan kimyoviy jarayonlarda energiya manbai sifatida. qatnashadilar. Kreatin asosan jigarda sintezlanadi va qon orqali mushakka olib boriladi. U yerda kreatin fosforlanib, kreatinfosfatga aylanadi. Kreatin sintezida 3 ta aminokislota ishtirok etadi: arginin, glitsin, metionin.

Mushaklaraing qisqarishi va bo'shashishi uchun energiya ATF sifatida bo'ladi. Zaxira energiya ko'p bo'lmagan miqdordagi ATF va kreatinfosfat holatida bo'ladi. Bu zaxira 10-12 soniyaga yetadi. Mushak beto'xtov ishlaganda 40-50 soniyadan keyin glikogenning anaerob parchalanishi eng yuqori ko'rsatkichda bo'ladi, 60-70 soniyadan keyin ishlayotgan mushakka O, transporti ortishi hisobiga aerob jarayonlar ustun turadi. Mushak tolasini ko'p miqdorda o'ragan mitoxondriyalarda aerob parchalanish natijasida ATF hosil bo'ladi. ATFning resintezi ADFning kreatinfosfat bilan transfosforlanishi hisobiga boiadi. Ushbu reaksiyalarni kreatinkinaza fermenti katalizlaydi:

Kreatinfosfat + ADF -» kreatin + ATF

ATFning bunday resintezlanish yo'li juda tez va samaralidir.

5. Mushak distrofiyasi va denervatsiyasida miofibrillyar va ba’zi sarko'plazmatik oqsillarning, shuningdek mioalbuminning miqdori keskin kamayadi. ATF va kreatinfosfat konsentratsiyasi, karnozin va anzerin miqdori pasayadi. Mushak to'qimasining parchalanishi bilan bog'liq bo'lgan rivojlanuvchi mushak distrofiyalarida mushak faisfolipid tarkibida o'zgarishlar kuzatiladi: fosfotidilxolin va fosfotidiletanolamin konsentratsiyasi keskin kamayadi, sfingomiyelin va lizofosfatidilxolin ko'payadi. E-avitaminoz davrida, muskullar denervatsiyalanganda, qimirlashi chegaralanganda (gips qo'yilganda), paylar kesilganda muskul tolalari zo'r berib parchalanadi. E-avitaminozda muskullar atrofiyasi muskul lizosomalari membranalaming peroksid ishtirokida lipidlar oksidlanishi mahsulotlari bilan zararlanishiga bogiiq, chunki antioksidant (vitamin E) bo‘lmaganida bunday oksidlanish ancha faol holda boradi.

6. Mushaklarning asosiy vazifasi qisqarish orqali harakatni ta’minlash bo’lib, bunda turli energiya manbalaridan foydalangan holda qisqarib ish bajaradi. Bundan tashqari mushaklarda hosil bo’lgan energiya issiqlik sifatida tanani isitadi. Mushak to’qimasi nerv tolalaridan kelgan impulslar orqali qisqaradi. Agar ma’lum mushakka keluvchi nerv tolasi qirqib qo’yilsa, shu mushak qisqarmaydi va atrofiyaga uchraydi.

7. Mushak o’z tarkibida 3 xil oqsillarni tutadi: stroma, miofibrillar, sarkoplazmatik

8. Miofibrillar oqsillardan tashqari mushak qisqarishida adenil nukleotidlari (ATF, ADF, AMF), adenil qatoriga kirmaydigan nukleotidlar, kreatinfosfat, kreatin, kreatinin, karaozin, anzerin, erkin aminokislotalar faol ishtirok etadi.

9. Kreatinfosfatning mushak to’qimasidagi asosiy vazifasi bu ADF dan ATF resintezini amalga oshirilishida PO4 -3 ionini yetkazib berishdir. Bunda kreatinkinaza fermenti reaksiyani amalga oshiradi.



Kreatinfosfat + ADF -» kreatin + ATF

10. Mushak to'qimasining parchalanishi bilan bog'liq bo'lgan rivojlanuvchi mushak distrofiyalarida mushak fosfolipid tarkibida o'zgarishlar kuzatiladi: fosfotidilxolin va fosfotidiletanolamin konsentratsiyasi keskin kamayadi, sfingomiyelin va lizofosfatidilxolin ko'payadi.
Download 9,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish