Sintaksis. So’z birikmasisintaksisi


I. Tobe so’zning hokim so’zga bog’lanish



Download 31,53 Kb.
bet7/9
Sana14.02.2022
Hajmi31,53 Kb.
#448970
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SINTAKSIS

I. Tobe so’zning hokim so’zga bog’lanish
usuliga ko’ra so’z birikmasining turlari So’z birikmasida tobe so’z hokim so’zga 3 yo’l bilan bog’lanishi mumkin: a) moslashuv yo’li bilan; b) boshqaruv yo’li bilan; d) bitishuv yo’li bilan. Moslashuvli birikma1. Tobe so’zning hokim so’zga qaratqich kelishigi yordamida, hokim so’zning tobe so’zga egalik qo’shimchasi yordamida bog’lanishi moslashuv deyiladi. 2. Moslashuvli birikmada tobe so’z tarkibida qaratqich kelishigi, hokim so’z tarkibida egalik qo’shimchasi bo’ladi. 3. Demak, moslashuvli birikmada tobe so’z tarkibidagi qaratqich kelishigi, hokim qismdagi egalik qo’shimchasi tobe va hokim qismni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladi. Ba’zan tobe qism tarkibida egalik qo’shimchasi qo’llanishi mumkin. M: akamning do’sti, o’zimning uyim 4. Moslashuvli birikmada tobe so’z va hokim so’z shaxs va sonda o’zaro moslashadi. Bunda shaxs va sonda moslik hodisasi 2 xil bo’ladi: a) to’liq moslik – bunda tobe so’z hokim so’zga ham shaxs, ham son jihatdan moslashadi. M: mening kitobim, o’qituvchining hikoyasi b) to’liqsiz moslik – bunda tobe so’z hokim so’zga shaxs jihatdan moslashadi, ammo son jihatdan moslashmaydi. M: bolalarning orzusi Demak, shaxsda moslik zaruriy bo’lib, u hamma vaqt saqlanadi, sonda moslik I, II shaxs uchun zaruriy bo’lib, faqat III shaxsda saqlanmasligi mumkin. Demak, I va II shaxsda moslik hamma vaqy to’liq bo’ladi. III shaxsda esa moslik to’liq yoki to’liqsiz bo’lishi mumkin. 5. Moslashuvli birikmada qaratqich kelishigi va egalik qo’shimchalarining qo’llanishida quyidagi holatlarni kuzatish mumkin: a) qaratqich kelishigi ham egalik qo’shimchasi ham qo’llanishi mumkin; M: sizning oilangiz, Ahmadning armoni b) ba’zan qaratqich kelishigi tushib, faqat egalik qo’shimchasi qo’llanishi mumkin; M: maktab bog’i, yigit husni, oila tayanchi d) ba’zan, aksincha, qaratqich kelishigi qo’llanilib, egalik qo’shimchasi tushib qolishi mumkin. Bunday holda I va II shaxs ko’plikda kuzatiladi. M: bizning oila, sizning mahalla, bizning maktab (birlik sonda va III shaxs ko’plikda egalik qo’shimchasi hamma vaqt belgili ishlatiladi, tushib qolmaydi) e) kam hollarda qaratqich kelishigi ham, egalik qo’shimchasi ham belgisiz qo’llanishi mumkin; M: o’rik danak, yong’oq mag’iz Ba’zan she’riyatda vazn va uslub talabi bilan ham bunday holat yuz berishi mumkin. M: o’z yerni qo’yib Hind sori yuzlandi ( bunda o’z yerini – o’zimning yerimni ma’nosida) 6. Moslashuvli birikmada qaratqich kelishigi va egalik qo’shimchasi yuqoridagi 4 xil holatda qo’llanilar ekan, ular o’rtasida ma’lum bir mazmuniy va uslubiy farqlanish bo’ladi, ya’ni: - daftarning varag’I – varaq so’zlovchi va tinglovchi uchun aniq bo’lgan bitta daftarga tegishli; - daftar varag’i – varaq umuman daftarga tegishli; - bizning daftar – qaratqich I va II shaxs ko’plikdagi kishilik olmoshlari bilan ifodalanganda yuz berishi mumkin; - daftar varaq – bunday holat ko’proq so’zlashuv uslubi uchun xos. 7. Moslashuvli birikmada oldin tobe so’z, keyin hokim so’z keladi. Ba’zan she’riyatda ularning o’rni almashishi mumkin. Bunday o’rin almashtirish mazmun va sintaktik tuzilishga ta’sir qilmaydi, chunki Grammatik vositalar, ya’ni qaratqich kelishigi va egalik qo’shimchasi bor. M: Men sening bag’ringda o’sdim, yo’qdir armonim mening 8. Moslashuvli birikmada tobe so’z ham, hokim so’z ham asosan, ot, shuningdek, otlashgan so’zlar, ot xarakteridagi so’zlar bilan ifodalanadi, chunki qaratqich kelishigi otni otga bog’lash uchunxizmat qiladi; qaratqich kelishigi va egalikni olish ot, otlashgan va ot xarakteridagi so’zlar uchun xos. M: yaxshining so’zi birining orzusi adashganing armoni chiniqishning natijasi musichaning g’uv-g’uvi bolalarning aqllisi o’quvchilarning hammasi Demak, moslashuvli birikmada komponentlar, ya’ni tobe so’z va hokim so’z ismlar xarakterida bo’ladi. 9. Qaratqich kelishigi va tushum kelishigi qo’shimchalari shakl jihatdan bir-biriga yaqin, shuning uchun og’zaki so’zlashuvda qaratqich kelishigi o’rnida ko’pincha tushum kelishigi ishlatiladi. Bunday xatoning oldini olish uchun hokim so’zning ifodalanishiga e’tibor berish kerak:
- agar hokim bo’lak o’timli fe’l bilan ifodalanib, kimni? nimani? qayerni? so’roqlariga javob bo’luvchi so’z talab qilsa, tobe bo’lak tushum kelishigi shaklida; - agar hokim bo’lak egalik qo’shimchasini olgan ismlar bilan ifodalansa, tobe bo’lak qaratqich kelishigi shaklida bo’lishi kerak. 10. Moslashuvli birikmaning tobe so’zi gap tarkibida hamma vaqt qaratqich-aniqlovchi vazifasida keladi. Hokim so’z esa qaralmish sifatida turli gap bo’laklari vazifasida kelishi mumkin.

Download 31,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish