9. Qariyalar nafas olish tizimi
Nafas organlarining shilliq qavatlarida qarish jarayonida atrofik
o’zgarishlar paydo bo’ladi, bronx devorlarida distrofik sklerotik o’zgarishlar
paydo bo’ladi. O’pkada alveolalar shakli o’zgaradi, bazal membrana
qalinlashadi, alveolalar chuqurligi kamayadi, nafas olish ritmi tezlashib,
aritmiyalar vujudga keladi, o’pkaning xayotiy sig’imi kamayadi, bu esa bronx
o’tkazuvchanligining pasayishi, nafas mushaklari kuchining pasayishi, ko’krak
qafasi rigidligini oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |