8.Qariyalar yurak – qon tomir tizimi
60 yoshdan o’tgan odam yuragi og’irligi kamayadi, bo’shliqlari
kengayadi, endokard qalinlashadi, kardiomiotsitlar atrofiyaga uchraydi. Qon
tomirlarning ichki qavati qalinlashadi, elastikligi kamayadi. Yurak qisqarishlari
ritmi sekinlashadi, gemodinamika va kardiodinamika o’zgaradi.Miokardning
qisqarish qobiliyati va energetik jarayonning sustlashishi yurak
yetishmovchiligiga olib keladi. Qon aylanishining gipotalamik regulyasiyasining
buzilishi, qonda vazopressin miqdorining ortib ketishi, buyraklarda qon
aylanishining pasayishi arterial gipertenziyaga olib keladi. Koronar qon
tomirlarning sklerozi esa yurakning ishemik kasalliklariga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |