98
xususiyatlarga ko’ra «o’rta» yosh deb qarash tavsiya qilinadi. Bu davrda odatda
turli endokrin o’zgarishlar kuzatilib, klimaks rivojlanishi
va qarilik jarayonlariga
ta'sir qilishi erkaklarga nisbatan ayollarda kuchliroq namoyon bo’ladi. Keksalik
yoshi, shuningdek ish qobiliyatining va faollik darajasining saqlanishi bilan xam
xarakterlanishi mumkin, bunda xayot siklining oxirgi etapi – fiziologik qarilik
75 yoshdan boshlanishi aniqlangan. Uzoq yashovchilar (90 yoshdan yuqori)
kechki fiziologik qarilik modeli sifatida qaraladi.
Gerontologiya adabiyotida “fiziologik“ va “vaqtidan oldingi” qarish
terminlari keng ishlatiladi. Fiziologik qarish deganda – qarilikdagi o’zgarishlarni
asta-sekin rivojlanishi va tabiiy boshlanishi tushunilib, organizmning tashqi
muxitga moslashish qobiliyatining cheklanishi tushuniladi.
Erta qarish – sog’lom odamlar yoshiga nisbatan turli o’zgarishlarni erta
paydo bo’lishi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda insonning biologik yoshi
(pasport yoshi) dan o’zib ketadi.
Insonning tez qarishga olib keluvchi turli patologik jarayonlar qarilikka
xos bo’lgan tashqi belgilarni yoshlikda erta paydo bo’lishi sabablari
klinisistlarga yaxshi ma'lum. Shuningdek qarilikning o’zi
xam insonni
bemorlarni o’zining yoshidan katta ko’rsatishiga sabab bo’ladi. Bunday
kasalliklarga ateroskleroz, yu.i.k., xafaqon kasalligi, qandli diabet, gipotireoz,
semizlikni kiritish mumkin.
Qarish jarayonida kanserogenez kuchayadi, autoimmun buzilishlar yuzaga
keladi, bu patologik xolatni yosh oshgan sari rivojlanishning kuchayishi bilan
asoslanadi. Qarilikka xos bo’lgan o’zgarishlarning
organizmda erta boshlanishi
kasallik kelib chiqishini kuchayishiga olib keladi. Bundan xulosa shuki, kasallik
qarishni tezlashtiradi.
Qarilik esa – kasallikni avj oldiradi. Demak, fiziologik qarish biologik
determinirlangan biologik jarayon xisoblanadi, erta qarish esa–turli omillar bilan
bog’liq bo’lgan tabiiy jarayon kechishni o’zgarishidir. Erta qarishga olib
keluvchi moyil omillar quyidagilar:
gipodinamiya, uzoq va tez-tez qaytariluvchi
99
asabiy-emotsional zo’riqish, tartibsiz ovqatlanish, surunkali kasalliklar, zararli
odatlar va nasliy moyillik (ota-onasi xayotining qisqa davomiyligi).
Organizmdagi chuqur anatomik va funksional o’zgarishlar qarilik involyusion
protsessi tushunchasini anglatadi va bu protsess uzoq davom etadi. Anatomik
o’zgarishlar qarilik atrofiyasi ko’rinishida sklerozga moyillik xolatida
xarakterlanadi, bu xolat moddalar almashinuvining boshqacha bo’lib qolishi,
shuningdek jinsiy bezlar funksiyasining
susayishiga xamda endokrin
muvozanatning buzilishiga, ya'ni yangilanish va yemirilish muvozanatining
buzilishiga olib keladi. Bunday xolatga yorqin misol,”anoreksiya” -ishtaxaning
pasayib ketishi, bu xolat to’qimalarning yashashi uchun zarur bo’lgan energiya
manbai, ozuqa moddalariga bo’lgan talabining pasayib ketishi ko’rinishida
namoyon bo’ladi. Qarilik atrofiyasi deganda xujayralarda yuz beradigan
regressiv o’zgarishlar yig’indisi, ya'ni xujayralar xajmining,
sonining kamayishi
va ular protoplazmasida fizikaviy va morfologik o’zgarishlar ro’y berishi
terining yupqalashuvida, suyak va tog’ay to’qimalarining mo’rtlashuvida, teri
osti yog’ qatlamining yo’qolishida namoyon bo'ladi. Ayollarda “mensis ”
tugaganidan keyin, ya'ni “ «klimaks» boshlanganidan keyin tuxumdonlar va
bachadon kichrayadi. Involyusion jarayonida bosh miya vazni xam kamayadi.
Nerv to’qimalarida pigmentli, yog’li degeneratsiya va atrofik o’zgarishlar
ro’y beradi.
Qon aylanish sistemasida-ateroskleroz xolati vazomotor o’zgarishlarga
sababchi bo’ladi. Bular odamning boshiga qon quyilib kelishi bilan ifodalanadi
arterial bosim ko’pincha kotariladi.
Yurakda – miofibroz qayd etiladi, bu esa yurak faoliyatini susaytiradi, qon
aylanish sistemasining yetishmovchiligiga va organlarning ozuqa moddalariga
va kislorod bilan to’yinmasligi ma'lum bir
klinik simptomlarga sababchi
bo’ladi, bular: bosh aylanishida, xotiraning pasayishida, uyquning buzilishida,
oyoq -qo’llarning kuchsizligida namoyon bo’ladi. Qarilik xar bir organizmda
individual rivojlanadi. Qarishning asosiy morfologik ko’rinishlari organ va
100
to’qimalarning atrofiyasi bo’lib, bu xujayralarning kamayishi xisobiga paydo
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: